JIZZAX KADASTR
1.48K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▪️Rasmiy munosabat▪️

Bugun, 2022 yil 29 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda kadastr xodimlarining ish vaqtida kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirgani haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlari tarqaldi.
Xabarda aholida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishga qaratilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar aks ettirilgan.

Tezkor o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur voqea Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani filialida 2021 yil 22-avgust yakshanba kuni bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Xodimlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilgan obodonlashtirish hasharidan so‘ng, 22 avgust yakshanba soat 20:00lar atrofida o‘zaro kelishgan holda kompyuter o‘yinlarini o‘ynashgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, xodimlar ish vaqtlarida kelayotgan fuqarolarni, murojaatchilarni kuttirib qo‘yishgani noto‘g‘ri ma’lumotdir. Buni fotosuratda ko‘rishingiz ham mumkin.
Biz yakshanba kuni ish joyida kompyuter o‘yinlari o‘ynash mumkin demoqchi emasmiz. Bu holat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, xodimlardan tushuntirish xatlari olingan hamda tegishli choralar ko‘rilgan.

Yurtimiz aholisi va blogerlardan, vaqtlari va voqealari asoslanmagan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda ЗАМОН ЗЎРНИКИМИ? – ФОРИШДАГИ ФЕРМЕРНИНГ ФАРЁДИ sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi. Holat o‘rganilib yakunlari bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat

“Масала холис ва ҳаққоний ўрганилса деймиз...” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmog‘i orqali qilingan murojaat o‘rganib chiqilib quyidagilar aniqlandi:

R A S M I Y M U N O S A B A T

➡️Batafsil: (“Масала холис ва ҳаққоний ўрганилса деймиз...” sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan:

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat

Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro D. Shahobovaning ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Muallif o‘z murojaatida II-guruh nogironi ekanligi, boquvchisi yo‘qligi, yashab turgan uy-joyining kadastr hujjatlari noqonuniy bo‘lganligi va mazkur hujjatni qonuniylashtirish yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.

👉Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat

Do‘stlik tumanida yashovchi fuqaro I. Sh.ning ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Muallif o‘z murojaatida kim oshdi savdosi orqali yutib olgan yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtira olmayotganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.

👉Batafsil

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat

SANGZOR.uz Jizzax axborot portal orqali e'lon qilingan "Жиззах шаҳар кадастрда ғалати ишлар бўлмоқда"nomli murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Muallif o‘z murojaatida: “Hozirda uning yashash xonadoni onasi (III-guruh nogironi) nomida bo‘lib, Jizzax shahar hokimining 1999-yildagi qarori bilan rasmiylashtirib berilgan. Keyinchalik o‘sha vaqtdagi “MBTI” MCHJ tomonidan ushbu hujjat ro‘yxatga olingan. Oradan qariyb 25 yil o‘tib ushbu hujjat tan olinmasdan fuqaro yo‘q joydan, MJTKning 681-moddasi bilan javobgar bo‘lib qoldi. …Mulk javobgar onaning nomida bo‘lishiga qaramasdan, uning ishtirokisiz va nomidan tilxat yozdirib olinib, dalolatnoma tuzilgan. Ya’ni mulkdorning farzandi nomidan tilxat noqonuniy yozdirib olingan”, deyilgan.

Aniqlanishicha, 2024-yil 16-sentabr kuni fuqaro S. O. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax shahar filialiga kelib, yashab kelayotgan uy-joyiga onasi K. S. nomiga kadastr hujjati rasmiylashtirishni so‘ragan va o‘zida mavjud Jizzax shahar hokimining 1999-yil 4-martdagi qarori va “MBTI” MCHJ tomonidan rasmiylashtirilgan uy-joy hujjatlarini taqdim etgan.
O‘rganish davomida fuqaro S. O. taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra uy-joyga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lsada, shu kunga qadar uy-joy belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi sababli Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektori S.A. tomonidan fuqaro O.S. ga onasi K.S. ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68¹-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishini ma’lum qilgan. Fuqaro O. S. onasi III-guruh nogironi ekanligini, uyiga borib uni bezovta qilmasligini, onasining nomidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlarning barchasiga o‘zi imzo qo‘yib tasdiqlab berishini bildirgach, uning onasi K. S. ning ishtirokisiz uning o‘g‘li ishtirokida holat bo‘yicha tushuntirish xati olingan. So’ngra shu kunning o‘zida fuqaro K. S. nomiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68¹-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektorining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra uning harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qilamiz.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM