JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_Kadastr #Seminar

👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va ularning tuman (shahar) filiallarida geodeziya va kartografiya faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish hamda mutaxassislarni geodezik o‘lchov vositalaridan samarali foydalanishlari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan reja-grafik doirasida 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasida davra suhbati hamda o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💬Seminar davomida yig‘ilgan mutaxassislarga yangi texnologiyalar bo‘yicha tegishlicha maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurash

💬Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa📝

➡️Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil etildi.

💫Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A. Raxmatov, Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirqulov hamda Jizzax viloyati IIB TQX JQB xodimi A. Musurmonqulovlar ishtirok etgan seminarda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suiste’mol qilmasligi yana bir bor uqtirildi.

🟢Shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarni butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar#UzKad

💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni jamlash yuzasidan filial rahbarlari va mutaxassislarga “ZOOM” orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

🗣Zoom platformasida mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

➡️Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil etildi.

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov, 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirqulov hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari K.Kanibaev hamda L.Usmonovllar ishtirok etgan mazkur seminarda 2023- yil 9- avgustda 01/04-3225-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 2023 yilning avgust-dekabr oylariga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_targ’_ibot #seminar

➡️HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI BO'LIB O'TDI

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Sh.Yaxshiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-878-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Seminar

SEMINAR VIDEOSELEKTOR YIG'ILISHI MASALALARIGA BAG'ISHLANDI

▪️Ma’lumki, joriy yil 12-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

➡️Arnasoy tumanida sektor rahbarlari hamda boshqarma, tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar mazkur videoselektorda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar, rejalar ijrosi yuzasidan bo‘lib o‘tdi.

Videoselektorda ta'kidlanganidek, asosiy e’tibor qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratilgan ushbu seminarda aholiga yana 60 ming gektar yerlarni tarqatish, yoshlarni band qilish muhimligiga alohida urg'u berilib, dala madaniyatini yaxshilash, yashil makon dasturi doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekish, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishga oid tavsiyalar bildirilib, ilg'or tajribalar o'rtoqlashildi.

Mazkur seminarda 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov ishtirok etib, yoshlarga ajratiladigan yer maydonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_targ’_ibot #seminar

😄O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti Sh.Yaxshiyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (19.01.2024-y., O‘RQ-899-son), O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (1.02.2024-y., O‘RQ-901-son), O‘zbekiston Respublikasining “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi (2.02.2024-y., O‘RQ-903-son) Qonunlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Seminar

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun tizimda faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislarining bilimlarini oshirish va yangi salohiyatli kadrlarni jalb etish hamda bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminar davomida Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi o‘qituvchisi U. Karabekov “Kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida oliy ta'lim muassasalarining o‘rni” mavzusida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_targ’_ibot #seminar

➡️O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Sh.Yaxshiyev tomonidan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo’shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (19.02.2024-y., O‘RQ-909-son), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (20.02.2024-y., O‘RQ-910-son), “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi (22.02.2024-y., O‘RQ-911-son), “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (27.02.2024-y., O ‘RQ-915-son) Qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida (annotatsiya, slaydlardan foydalangan holda) o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Jizzax_kadastr
#Seminar

SEMINAR YER HISOBINI YURITISH YANGI TARTIB JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANDI

◼️Bugun Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, 🌏O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan🌟 Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov hamda boshqarma bosh mutaxassisi M. Xudoyqulovlar ishtirokida Jizzax viloyatida Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga tavsiya va ko'nikmalar berish maqsadida amaliy seminar yig‘ilish o'tkazildi.

◾️Seminar davomida Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yer hisobotini yurituvchi mutaxassislarga qaror mazmun-mohiyati va qaror bilan tasdiqlangan Nizom ilovasida belgilangan "Yer hisobot” AAT hisobot dasturi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

◾️Shuningdek, 2021-2023-yillar bo'yicha tuzilgan yer hisoboti hujjatlari va ularning arxiv holatida saqlanilishi o'rganildi. "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📃Shu bilan birga, Yer hisobini yuritish mutaxassislarining bilim, ko'nikma hamda malakalarini tekshirish maqsadida test sinovi o‘tkazildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni keng jamoatchilikka targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

🇺🇿 Seminar o'tkazilgan hududlar:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Toshkent shahri

#kadastr #seminar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda rahbariyat boshchiligida seminarlar


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O'RQ 937-son Qonuni yuzasidan targ'ibot seminarlari o'tkazib kelinmoqda.

🇺🇿 Ayni damda, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev Qashqadaryo viloyatida bo'lib, Muborak tumani hokimligida yig'ilgan Muborak, Koson, Kasbi va Mirishkor tumanlarining xodimlari e'tiboriga ushbu qonunning e'tiborli jihatlari, fuqarolarga uning mazmunini tushunarli talqin etish masalalarida tushunchalar berdi. Ayni shunday tadbir kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyati boshqarmasida ham o'tkazilgandi.

📃 Shuningdek, Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarni belgilash va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan huquqiy savodxonlik soatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda ham o'tkazildi:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM