JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

❗️Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish

🔰 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚜️ O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
60-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
💠Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

🏗 obyektni qurish shartlari;

▫️ berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;
▫️ yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
▫️ yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
💠Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

🏗 obyektni qurish shartlari;

▫️ berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;
▫️ yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
▫️ yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Mulk huquqi sud ishlarida prokuror ishtiroki▫️

Ko‘chmas mulk huquqi va yer bo‘yicha sud ishlarida prokuror ishtiroki shart bo‘lishi

⚜️ Oliy sud 01 noyabr kuni yer masalasida qonun loyihasi kiritibdi. Fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasiga quyidagi o‘zgartirish taklif qilinmoqda:

⬜️"Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mulk huquqini tan olish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan huquqni belgilash, bunday yerlarni ijaraga berish majburiyatini yuklashga oid yer bilan bog‘liqda ishlarda yoki prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishi shart. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas".

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Huquqiy malumot▪️

⚜️ Hukumatning 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 4-bandiga ko‘ra, quyidagi hollarda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi.

▫️Infografikfoto shu haqda☝️

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💠Balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari

◼️Davlat mulki savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasida (ijara shartnomasi tarafi bo‘lmasada) balansda saqlovchining qonuniy manfaatlariga zarar yetmasligi uchun o‘zi orqali amalga oshiradigan huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda ijaraga beruvchi o‘zining shartnomaviy huquqlaridan balansda saqlovchi foydasiga voz kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan mulkka nisbatan ijaraga beruvchining xabardorligida o‘ziga berilgan shartnomaviy huquqlarini amalga oshiradi hamda majburiyatlarni bajaradi.

◼️Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararlarni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. O‘zaro kelishuvga erishilmaganda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan davlat mulkini ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchi ishtirokida shartnoma imzolangandan so‘ng ko‘pi bilan besh ish kuni ichida rasmiylashtirib topshirilishini va hech qanday tarzda to‘sqinliksiz undan foydalanishini ta’minlaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM