JIZZAX KADASTR
1.22K subscribers
12.9K photos
1.56K videos
5 files
7.48K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Yer_ kuni_ munosabati_ bilan
“22-aprel – Butunjahon yer kuni”ga bag‘ishlangan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari, shahar, tuman bo'limi va filiali xodimlari o’rtasida yugurish marafoni bilan boshlandi. Sportchilar Sh.Rashidov shox ko’chasidan (Asaka bank oldidan) boshlanib, “O’rda” ekologik bog’i hududigacha bo’lgan masofani bosib o’tishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur o‘tkazilgan marafon haqiqiy sport bayramiga aylandi. Ushbu marafondan ko‘zlangan maqsad kadastr xodimlarini ham sportga oshno qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yo‘llanma bo‘ldi.
Tadbirda qatnashadigan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun boshqarmaning maxsus kiyimlari (futbolka, kepka) tarqatildi.
Marafon natijalariga ko‘ra g‘oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr
#Yer_ kuni_ munosabati_ bilan
Tadbirning keyingi bosqichi Jizzax davlat pedagogika instituti maydonida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”ni bilan davom etdi. Jizzax politexnika hamda Jizzax davlat pedagogika institutlari talabalari uchun tashkil qilingan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Dastlab, talabalar uchun kadastr sohasi, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida davra suhbari va ko'rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada Jizzax politexnika hamda Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Talabalar sohaga oid qurilmalar va ularning qay tartibda foydalanilishi yuzasidan ham mukammal ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining shahar tuman bo‘lim va filiallari ishtirok etishib, talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr
#Yer_ kuni_ munosabati_ bilan
Yugurish marafoni, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, davra suhbati va ko'rgazmali chiqishdan so’ng Jizzax davlat pedagogika instituti zalida konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda savol-javob viktorinasini tashkil qilinib, g’olib talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi. Boshlovchilar va san’atkorlarning chiqishlari konsert dasturiga yanada fayz berdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 22-aprel - Butunjahon yer kuni 🌎

🌐 Mazkur kun tarixi o'tgan asrning 60-70-yillariga borib taqaladi. Aynan shu yillarda atrof-muhit muhofazasi uchun kurash harakatlari boshlangan edi. AQSHda talabalarning urushga qarshi namoyishlaridan ilhomlangan sobiq senator Geylord Nelson tashabbusi bilan 1970-yil 22-aprelda ilk marotaba Yer kuni nishonlangan.

🌐Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab Yer kunini nishonlaydigan davlatlar soni 184 taga yetdi. Ularning ko'pchiligi mazkur bayramni hafta davomida, ya'ni 16-apreldan 22-aprelgacha Yer kuni haftaligi sifatida nishonlaydi.

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🔹 Milliy matbuot markazida anjuman🔹

⚡️ Ayni dam, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati hamda Kadastr agentligi tizimida aholimizga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

⚡️ 22-aprel -Butunjahon yer kuni munosabati bilan Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan anjumanni jonli tarzda UzReport TV telekanali orqali kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yer_kuni #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Butunjahon yer kuni 🔹

🌎Kecha va bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining barcha tuzilma hamda, hududlarida tizim uchun ahamiyatli bo'lgan 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan marafon, seminar, ochiq eshiklar kuni va boshqa ko‘rinishdagi katta tadbirlar tashkil etildi.

🌎 Bir maqsad yo‘lida hududlararo hamjihatlikda tashkil etilgan yirik tadbirlar majmuini video va mazkur ssilkalar orqali kuzatishingiz mumkin:

⚡️Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari palatasi
⚡️Jizzax viloyati
⚡️Samarqand viloyati
⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasi
⚡️Toshkent viloyati
⚡️Buxoro viloyati
⚡️Namangan viloyati
⚡️Navoiy viloyati
⚡️ Andijon viloyati
⚡️Toshkent shahri
⚡️Farg'ona viloyati
⚡️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_kuni

22-aprel — “Butunjahon
yer kuni” tadbirlari

🌍 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax  viloyati boshqarmalari hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida oʻtkazilgan tadbir tafsiloti.

  “Jizzax” telekanalining “Zamin” axborot dasturida efirga uzatildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM