Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.6K subscribers
5.45K photos
486 videos
52 files
1.69K links
Download Telegram
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Jizzax shahridagi Prezident maktabida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar natijalari eʼlon qilindi!

https://www.cambridgeinternational.org/Images/714400-results-jizzakh-grade-5.pdf
#imtihon_2024
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
📢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

😀Matematika;
😀Biologiya;
😀Ingliz tili;
😀Ikkinchi xorijiy til (Nemis, Koreys, Fransuz, Ispan, Italyan, Xitoy, Yapon, Turk tili);
😀Texnologiya (Informatika, Robototexnika);
😀San'at (Tasviriy san'at, Chizmachilik, Musiqa)

📁Kerakli hujjatlar:
- Obyektivka;
- Pasport nusxa;
- Diplom nusxa;
- Malaka toifa sertifikati;
- Til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📎Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

😀945774717
📞995500444

📍Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: “O‘zbekiston” mehmonxonasi

@ikki_qalb_izdoshlari
#imtihon_2024

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Ertaga, 27-iyul kuni Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ikkinchi bosqich test shaklida:

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📋 Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

@JizzaxPrezidentMaktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#natija_2024

🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗 https://portal.piima.uz/page/results

🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.

🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.

📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qo‘qon shahridagi 27-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Mazkur maktab binosining asosiy qismi 2012-2014-yillarda ta’limdan boshqa sohalarga berib yuborilgan edi.

Hozirda maktab to‘liq ta’lim tizimiga qaytarildi va Investisiya dasturi doirasida butunlay ta’mirlanmoqda.

Yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu ziyo maskani hudud maktablari uchun har jihatdan namuna bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida va chaqiriqgacha harbiy tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi:

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Harbiy sohada kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Ro'yxatdan o'tish❗️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#ishga_taklif

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi muhandis dasturchi lavozimiga tanlov e’lon qiladi:

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Muhandis dasturchilik sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Ro'yxatdan o'tish❗️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ishga_taklif

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi Oʻquv boʻlim uslubchisi lavozimiga tanlov e’lon qiladi:

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;