🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
170 subscribers
4.36K photos
1K videos
104 files
2.35K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident nomidan qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi:
-Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Muhtaram faxriylar!

Mehnat mavsumi oxirlab, sohadagi ishlar sarhisob qilinayotgan mana shu qutlug‘ damlarda siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi kasb bayramingiz—
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Biz sizlarning timsolingizda har qanday murakkab sharoitda ham o‘z kasbi va burchiga sodiq qolib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan zahmatkash, mard va oliyjanob insonlarni ko‘ramiz.

Ushbu shukuhli ayyomda avvalo, halol peshona teri, fidokorona mehnati bilan yerdan noz-neʼmat undirib, hayotimizga qut-baraka, fayzu quvonch olib kiradigan mirishkor dehqonlarimiz, sohaning barcha xodimlariga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Doimo mehnatingiz rohatini ko‘rib yuring!

WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM
Forwarded from KASBI – ILM BULOG‘I (Axmad Xudoyberdiyev Kasbi tuman Ma'naviyat bo'linmasi rahbari.)
#Oʻzbekiston_Qahramoni
#Gʻaybulla_Rahmonov
#Kasbi_tumani

#Paxtachilik, g'allachilikni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan. 80-yillardan boshlab uning jamoasi 50 sentnerchi sifatida dovrug' taratgan.

#Gʻaybulla_Rahmonov 1940-yil 11-sentabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo'jahayron qishlog'ida tug'ilgan. Kechki maktabni tugallab, haydovchilik kasbini egallagan. 1971-yildan tumandagi jamoa xo'jaligi paxtachilik brigadasi boshlig'i bo'lib ish boshlaydi.

#Qishloq xo'jalgi sohasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Mustaqillik yillari fermerlik harakatining faol a'zosiga aylandi. Mustaqillik yillarida ularning faoliyatiga yangi mazmun kirdi, mehnatlarining samarasi o'z xalqi, Vatani manfaatlari uchun asqotishini anglab, yangicha ruh va ishtiyoq bilan harakat qilishdi.

1994-yilda
#Gʻaybulla_Rahmonov boshliq brigada a'zolari 52 gektar yerga chigit qadab, har gektardan 39 sentnerdan paxta yig'ishtirib olishdi. Mohir dehqon dalasining paxta va g'alladan hosili yil sayin yuksak darajaga chiqib bordi va #Gʻaybulla_Rahmonovning nomi ilg'orlar safida tilga olinadigan bo'ldi.

#1999_yilda "O'zbekiston Qahramoni" unvoni berildi.

#Qishlog'ining faxriga aylangan, ibratli hayoti bilan ko'plarga namuna bo'lgan mehnatkash inson, dala fidoyisi, #Gʻaybulla_Rahmonov 2004-yilda 64 yoshida vafot etdi.

Hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lib, foniy dunyodan rihlat qilgan #Gʻaybulla_Rahmonov xotirasi butun kasbiliklar qalbiga mangu yashaydi.

Zero xotira muqaddas-inson qadri azizdir!


Kanalga ulaning
👉https://t.me/RMMM_Kasbi_tuman