Jaloliddin Masharipov: Asosiy maqsadimiz – kamida finalgacha yetib borish
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov murabbiy, yaratilgan sharoitlar va boshqa jihatlar haqidagi savollarga javob berib oʻtdi.
Kuperning uslubi
Ektor Kuper terma jamoamizda ish boshlagan vaqtda himoyaga asosiy eʼtiborni qaratishni maʼlum qilgandi. Keyin futbolchilarimizning, ayniqsa yarim himoyachilarimizning toʻp bilan yaxshi muomala qilishini koʻrgandan soʻng hujumkor futbol koʻrsatish imkoniyati borligini ham aytdi. Oʻzbek muxlislari ham hujumkor futbolni yaxshi koʻrishlarini tushundi. Antaliyadagi yigʻin davomida ham hujumkor futbolga eʼtibor qaratdik.
Murabbiyning individual texnikaga boʻlgan munosabati
U bunga juda yaxshi munosabatda. Mening 6 oylik diskvalifikatsiyam boʻlganligi sabab, u meni “Paxtakor”dagi oʻyinlarimni kuzatdi va shu orqali terma jamoaga chaqirdi. Milliy terma jamoada ham klubimdagi kabi oʻyin namoyish etishimni soʻradi. “Toʻp yoʻqotishdan qoʻrqmagin” deb aytdi. Bu, albatta, menda oʻzimga boʻlgan ishonchni koʻtardi. Ammo birinchi oʻyinda natija muhim boʻlgani sabab himoyaga ham yordam berib turdim.
Yaratilgan sharoitlar haqida
Bungacha terma jamoalarimizda koʻp oʻyin oʻtkazganman. U yoshlar jamoasi boʻladimi, milliy terma jamoa boʻladimi – hech qachon bunday jihatlardan nolimayman. Asosiy maqsadim – maydonga chiqib terma jamoaga yordam berishdir. Yoshligimda milliy terma jamoa oʻyinlarini koʻrib “hech boʻlmasa bir marotaba terma jamoa safida oʻynasam” degan oʻy hayolimdan oʻtardi. Shu yergacha yetib keldimmi, endi bahona qilish kerak emas. Maqsadim – maydonda terma jamoaga yordamim tegsin. Vitaminlardan foydalanmayman. Hali yoshman va organizmim joyida. Chekmayman, ichmayman. Liboslar haqida gapiradigan boʻlsam, bu katta ahamiyatga ega emas. Asosiysi men terma jamoa libosidaman va bundan juda xursandman. Shu sababdan, muxlislarga yoqadigan oʻyin koʻrsatgim keladi.
Ichki muhit, rejalar haqida
Milliy terma jamoadagi ichki muhit ajoyib. Biz bu yerda aka-ukadekmiz. Odil aka, Anzur aka, Ignat aka kabi bizdan katta futbolchilar yoshlarga doim yordam berishadi. Ular bizga doimo toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Asosiy maqsadimiz – kamida finalgacha yetib borish. Biz buni uddalay olamiz. Buning uchun barcha narsa yetarli, murabbiy ham tajribali. Munosabatlarimiz doʻstona, ortiqcha bosim yoʻq. Yaratilgan sharoit, muhit uchun OʻFAga, uning xodimlariga rahmat aytaman. Biz qoʻldan kelganicha harakat qilamiz va oʻz maqsadimizga erishamiz.
👇👇
https://t.me/JaloliddinMasharipov

Telegram
JaloliddinMasharipov⚽
🇺🇿O'zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning Pakhtakor klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ning Telegramdagi #Rasmiy fan sahifasi.
HP FOTO
O'zbekiston Futbol Asatsatsiyasi🇺🇿Hamda O'zbekiston Milliy terma #Rasmiy FotoMuxbiri Hasan Pirmuhammedovning Telegramdagi Rasmiy Kanali ochildi💪💝🇺🇿
Azo bòlish uchun Quyidagi👇
@HasanPirmuhamedovHP