꧁BEG'UBORIM꧂
220 subscribers
1.63K photos
653 videos
15 files
228 links
Download Telegram
Соғинмайман дейсиз... 
Алдаманг! 
Термуласиз суратимга жим! 
Йиғлаяпсиз..? 
Ҳижолат бўлманг, 
Йўқ кўрмади,кўрмади ҳеч 
ким... 

Қувманг бекор, 
Рости фойдасиз, 
Исмим кезар лабларингизда. 
Қайга борманг, қайси 
жойдасиз, 
Ҳаёлингиз ҳамиша МЕНДА...
 
Баджаҳилсиз.. 
Асаблар таранг, 
Ҳар нарсадан топасиз айб. 
Сиз кўзгуга яхшилаб қаранг, 
Кимдир қараб турар 
мунғайиб. 

Унутганман дейсиз... 
Афсуски, 
Бир лаҳзага ўчмади ёдим! 
Қулоғингиз остида мудом, 
"Кетманг!"-деган сўнгги 
фарёдим! 

Қайтмоқликка қўймайди 
ғурур, 
Истак билан қирпичоқ ҳар 
кун. 
Биламанку, соғинч нелигин, 
Бунга қандай чидамоқ 
мумкин...??! 

Ўтаяпди шунчаки умр.. 
Юрибсизда қисматга кўниб. 
Бу дунёда етмаса сабр, 
У дунёдан умидвор бўлиб!
@farishtam
Soginchingiz zalvorlari buncha ogir?
Sal egilsam togdek bosib qoladiya
Har yonganda tutab-tutab kuysa bagir,
“Sogindim” deb aytolmasam galatiya?

Sizsizlikning azoblari yomon ekan,
Har kelganda jonim yulib oladiya.
Qol uzatsam kongil yarim, dunyo bir kam,
Kaftingizdan tutolmasam galatiya?

Bosh qoygani bir joy istab, topsam qani,
Tegib ketsam tosh ham dod deb qonadiya.
Xaddim sigmas ismingizni chorlagani,
Umid boglab kutolmasam, galatiya?

Bir oh desam dunyolari yiglar aytib,
Unim chiqsa, osmondan oy quladiya.
Hech bolmasa tushlarimda sizga qaytib,
Yo ortimga ketolmasam galatiya.
@farishtam
O'zni topolmay es-xushlarimda ham,
Bir kunda ming marta yonib sevganman.
O'nggim qolib, ishon, tushlarimda ham,
Men seni farishtam deganman.

Goh gohi erkalik qilib turasan,
Ko'nglingga qarashim bilib turasan,
Noxaq urushsam ham kulib turasan,
Men seni farishtam deganman.

Ko'zingga dunyo tor bo'lganda agar,
Sabringni kosasi to'lganda agar,
Ishon so'nggi umid qolgunga qadar,
Men seni farishtam deganman

Asray, Meni xurmat qilganing uchun,
Ishonib qalbingni berganing uchun,
Sevaman demasdan sevganing uchun,
Men seni farishtam deganman.
@Farishtam
Sog'inch deganlari bunchalar azob,
Shunda ham sirimni boy berganim yo'q.
Dedim: axir u qiz seni unutdi,
Dedi: Men unitish-chun sevganim yo'q!
@Farishtam
Dengiz ko'rolmaydi mag'rur qoyani,
Nur ishqida ado bo'ldi soyani.
"Men baribir o'zganiki bo'laman"-
Kim o'rgatti senga bunday g'oyani?

Julietta emassan! Romeo menmas,
Hatto Tohir menmasu, Zuhro ham senmas.
Nega sevishganlar baxtli bo'lmaydi?
Ahir sevgimizga hech narsa tengmas.

Yulduzim olissan, masofa yiroq,
Kunduzning tafti ham solar goh titroq.
Yurak o'rtasa g'am meni eslagin,
Menikisan deymanu, lek, ammo, biroq...

Hayol o'ylayverar, armon qiynaydi,
Shirin orzu yana yaram tirnaydi.
Men o'zimcha orzu qilaveraman,
Lekin ichimdagin hech kim bilmaydi.

Nahotki orzu ham qilib bo'lmaydi?
@Farishtam
Firog'ingda yonar bo'ldim ko'rmasam seni,
Armon menga oysiz tunlar nurli ko'zlaring.
Raxm aylagin yongan dilim kuydurding yomon,
Izlaringni o'pay endi kelgin men tomon.
Sehrlading mehr bilan shirin so'z bilan,
Hijroningda qiynamagin farishtaginam.
Tanho seni sog'inaman mag'zun kechalar,
Asli tushda ko'rganimsan mening hayolim.
Meni oppoq bulutlarda kutgan Farishtam...
@Farishtam
Yerda yer sotilar, osmonda osmon,
Sotilar ko'chada qolib ketsa er.
Faqat, shoir zoti sotilmas oson,
Faqat, sotiladi shoir yozgan sher.
@Farishtam
Baxtimga baxt tiladim...
Qalbimga qadr...
Bittagina jonimga...
Bexisob sabr....
Yig‘latdilar...
Kuldirdilar...
Hatto...
O‘sha bittagina jonimdan to‘ydirdilar....
Xanjar sanchib ko‘ringlar endi...
Jonimning jon tomiriga...
Bir tomchi yosh qalqimaydi...
Ko‘zlarimda...
Oh faryod bo‘lmaydi...
So‘zlarimda...
Men o‘sha jonini ham UNUTGANMAN...

@Farishtam
Azal shundoq - topishmoq qiyin,
Abad shundoq - ajralmoq oson.
Mеn sеn bilan hayrlashaman
Endi yordam bеrmaydi osmon.

Ko'zlaringni unutdim mana,
Mеni xayol avradi zimdan.
Yillar hukmin o'tkazdi yana
O'chdi aziz siymong yodimdan.

Bildim, yana angladim oxir,
Ishq - bu nurdir, mеn nursiz ado.
Sеn sеvmasang qiyomatmi, ayt?
Axir, mеni sеvadi Xudo!

Endi mеnga aziz emassan,
Ko'rganida quvonmas ko'zim.
Sеnla borib bo'lmas Xudoga
Va qiblaga o'xshamas yuzing.
@Farishtam
Ertaga esimdan chiqib qolasiz,
Siz ham unutasiz meni ertaga.
Hozir ko'nglim uchun kunday kulasiz,
Kuygani qoladi dilni o'rtada...

Ertaga ezilmas yuraklarimiz,
Yurakni ezguvchi tuyg'ular tinar.
Hammadan yashirgan tilaklarimiz,
Tilakni toptagach taqdirga ko'nar.

Ertaga dunyodan, dunyo axtarib,
O'ylar aylaganda kiprigimni nam.
Sizni unutaman, siz ham unutib,
Hatto eslolmaysiz kimligimni ham...

Ertaga hammasi ertak bo'ladi...
@Farishtam
Qalbimda g'alati iztirob,
Mayliga yomg'irlar tinmasin.
Bu hayol, bu oddiy sarob,
Men uchun osmonlar yig'lasin.

G'am-anduh yukidan qulasa ko'ngil,
Bu haqda hech kimsa bilmasin.
Shundagina tortasan yengil,
Sen uchun osmonlar yig'lasin.

Yurak dardlaridan bo'shashi kerak,
Toki har lahzada chil-chil sinmasin,
Bilmaymiz na armon, na orzu tilak,
Biz uchun osmonlar yig'lasin.

Yulduzlar tunlarda yig'laydi yolg'iz,
Boshqalar seningdek yordan kechmasin.
Dunyoda qolsam-da bir o'zim sensiz,
Men uchun osmonlar yig'lasin...
@Farishtam
Siz meni eslamang, endi u menmas,
Rasmimga termulmang, yo'qman men unda.
G'urur, beparvolik otliq niqobdan,
Tashqariga faqat chiqaman tunda.

Siz meni eslamang, qaramang ortga,
Qulog'imga aytmang so'zlarni pinhon.
Uhlayapman ahir, osmon bolishim,
Oyog'im yerdan sal pastroqda qolgan.

Siz meni eslamang, men bir beparvo,
Sizning qadringizni qadrdonimas.
Tengingizni... Yana, tengsiz baxt toping,
Men esa sal chetroqda yashasam ham bas.

Siz meni eslamang, bu ohirgi so'z,
O'zim sizni eslab yana so'z bittim.
Bugun sherlarimni qilyapman ko'z ko'z,
Eslamasangiz ham o'zim eslattim...
@Farishtam
Shaytonsifat odamga teng kelolmayman
Shunchalar ojizman bir gapdan qoldim
Shunchalar kuchliman suyanganim bor
Dilimni og‘ritganni Hudoga soldim....


@Farishtam
Nahot kelolmaysan söroqlab,
Sensiz kunim tundan ham qora.
Ostonamda kirishni poylab,
Ming hil tashvish yotibdi qara.

Kelmaysanmi, haydamaysanmi?
Qalbimga chang solgan zog'larni.
Yomg'ir bölib siylamaysanmi,
Sensiz qurib qolgan bog'larni.

Yuragimda ulkan dard bilan,
Yashayapman g'amlaring suyib.
Kelsang edi dilim tirnagan,
Gap sözlarga nuqtalar qöyib.

Taskinlardan ta'nalari köp,
"U yöq! Telba bölma bunchalar"
Bir kun meni jannatga olib,
Ketishingni bilmaydi ular...

@Farishtam
Men hudbinman, Istaklarim ham,
Menikilar menga bo'lishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari o'ynab kulishsin.

Men hudbinman, Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yo'qligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga to'lsin.

Nigohiga sig'masin o'zga,
Ko'nglim menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.

Hudbinmana? Bilaman, ammo,
Chorasizman, Hayron turipman.
Shundayligim tufayli balki,
Qarang, hamon yolg'iz yuripman...
@Farishtam
Kutgim kelyapti kutganim sari
Quvonchdan yayrab bir jonim karaxt
Qalbimni  to‘ridan joy to‘shaymi a?
Kech kelsang ketib qolmaysanmi baxt?
@Farishtam
Nigohing sehrlab olgandi meni,
To'tiyo dilimga sinchalakaring.
Shu qadar sevardim seni, diloro,
Yoqar edi hatto kamchiliklaring.
@Farishtam
Biz umr dorida misoli dorboz
Azaliy meros goho qoqilmoq
Kecha bir shoir dardin eshitgan eding
«Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq»

Sen unga bergan taskinni bergin
Yurakka kerakmi g‘am ’’mix’’in qoqmoq?
Kecha bir shoir yuzin siypalagansan
«Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq»

’’Qorako‘z’’im qorako‘zing bo‘laman men ham
Taqdirmi menga ’’U’’ningsiz qolmoq
Kechagina bir shoirga bo‘lgansan hamroh
«Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq»

@Farishtam
Мен шундай кетайки, босган изимдан,
Оҳлар униб чиқсин, аламлар унсин.
Ортимдан термулган нигоҳларинга,
Соғинчлар ўргимчак инини қурсин.
Мен шундай кетайки, тоғдек ғуруринг,
Саҳрои Кабрга қумдек қўшилсин,
Менсиз кунларингда киприкларинга,
Пушаймон ёшлари тошдек осилсин.
Мен шундай кетайки жонинг чарҳ уриб,
Танангдан бир сокин маскан изласин,
Сенку кулиб юриб баҳтиёрман де,
Кўксингда муштдек гўшт тинмай бўзласин.
Мен шундай кетайки, қилган гуноҳинг,
Ҳар тун тушларинга кириб қийнасин.
Бир лаҳза ҳаловот топган заҳотинг,
Уволим чақалоқ бўлиб йиғласин.
Мен шундай кетайки, кейин афсуслар,
Изингдан эргашиб қуваверсинлар,
Юрсанг ҳам, турсанг ҳам кўзинг олдида,
Менинг қарашларим тураверсинлар...
@Farishtam
Kel Jaloliddin Ahmadaliyev
@use_headphones_uz