Jasurbek Butaev Animation
741 subscribers
247 photos
257 videos
3 files
654 links
Download Telegram
#Info. Ochiq (tekin) darslar turkumini boshlaganimizga ham mana 1 yil bo'libdi. Vaqtni o'tishiga qarang. Birinchi tahlilimizni 2021 yil 30 iyunda qilgan ekanmiz. Shundan beri 47 ta tahlil, 9 ta dars va ko'plab mahorat darslari uyushtirdik. Darslarimiz haqida fikrlaringizni kutib qolamiz.
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi #ijodimiz boshlandi. Hozircha bu raskadrovka. Keyin 3d layout, animatsiya qilamiz.
🔥19👍6🤩6
#Loyiha uchun senariy tanlovini e'lon qilgandik. Unda 37 kishi qatnashish istagini bildirgan edi. Afuski, shundan faqat 3 kishi senariy yubordi. Usbu senariylarni jamoamiz bilan o'qib chiqib yaxshilash bo'yicha maslahatlar berdik. Ammo, bu senariylar sust bo'lganligi sababli ularni qilolmaymiz. Uning o'rniga kamina xodimingiz qalamiga mansub, ko'p yillardan beri yozilib kelayotgan senariy ustida ishlash hohishi tug'ildi. Hozir raskadrovka va animatik qilish bosqichidamiz. Bir qismi tayyor. Agar hohlovchilar bo'lsa, qatnashingiz mumkin. Hozirda rassomlarga ehtiyojimiz bor. Rassomlar, raskadrovkachilar, desaynerlar @jasurbekbutaev ga murojat qilishiz mumkin. Eslatib o'tamiz. Loyiha tekin. (pul to'lanmaydi) Hech qanday moliyaviy foyda ko'zlanmagan. Faqat portfolio uchun ishlaymiz.
👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-kurs #Shogird larimiz ijodidan (Davomi). 1, 2, 3-kurslarga qabul boshlandi. @jasurbekbutaev
👍20🤩6🔥4
#Info. 🎉Bugun birinchi marta chet el kompaniyasidan shaxsiy hisob raqamimga pul tushurib, uni naqd 💲qilib oldim. 5 yil chet el bilan ishlagan boʻlsam, oldin buni iloji yoʻq edi. Yoki, man qilolmaganman. Chunki, oʻsha paytni qonunchiligiga koʻra, chetdan pul olmoqchi boʻgan kishi yuridik shaxs boʻlishi, soliqlarni otni kallasiday toʻlashi kerak edi. Yagona yoʻl Western Union, PayPal, Payoneer, WebMoney boʻlgan. Oʻzini hurmat qiladigan kompaniya bunday pul yubormasidi. Va nihoyat “Yangi Oʻzbekiston”da vaziyat oʻzgaribdi. Endi hammasi qonuniy mumkin. Quyida yoʻlini oʻrgataman. Million 💵 topsangiz ham qonuniy boʻladi. Soliqchilar bilan ham muammo boʻlmaydi.

1. Chet eldan ish topasiz. Busiz uyogʻdan pul olish qiyin. 😆

2. MyGov, Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan “Oʻz-oʻzini band qiluvchi” sifatida roʻyhatdan oʻtasiz.

3. Roʻyhatdan oʻtishda kasbingizni toʻgʻri tanlang. Bizga 62-yoʻnalish mos keladi: Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

4. Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan ma’lumotnomani yuklab oling. Yoʻnalish notoʻgʻri ketib qolgan boʻlsa, uni oʻzgartirib boshqattan yuklab oling.

5. Endi Click, Payme yoki Soliq idorasi orqali har yilda bir marta toʻlanadigan soliqni toʻlang. Uning miqdori 1 BHM. Hozirgi kunda 300 ming soʻm. Har yil shu pulni toʻlab, toʻliq qonuniy daromad olasiz. Million 💲topsangiz ham, boshqa soliq yoki toʻlov qilmaysiz.

6. Bankdan borib xalqaro valyutada hisob raqam ochtirasiz.

7. Chet el kompaniyasi bilan kontraktda “oʻz-oʻzini band qiluvchi” deb oʻzizni yozasiz.

8. Ishizni yaxshilab bajaring. Boʻlmasa pul tushmaydi. 😂

9. Pul tushganda bankka ertalabdan oʻtuvrasiz. 2 soatlik navbatdan keyin, soqqani olib bizga yozuvring. Oshga boramiz. 😁
👍40😁16🎉1
Yarim yillik ortda qoldi. Keyingi haftadan boshlab "Texnika va Avto" mavzularimizni boshlaymiz, inshaalloh.

Murojaat uchun: @pulatov3d
.....................................
@zeropoint_cgschool 👈 subscribe
👍7🔥1
Forwarded from PULΛTOV CGI Studio (Rustam Pulatov 3D Artist)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elon Bugun "Texnika 3D modeling" kursimizning birinchi kuni. Shu munosabati bilan, birinchi darsni ochiq qilishga qaror qildik. Strim kech soat 22:00da youtube platformasida bo'lib o'tadi inshaalloh.
@pulatov3design
👍8😁6
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda Amir Temur haqida animatsion film yaratiladi

Yangi loyiha doirasida 30 dan ortiq animatsion film ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Batafsil — http://dy.uz/jWM6t

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
👍10🤩4
#MasterClass. #Suhbat. Barchangizni 18 avgust soat 21:00 da bo'ladigan online mahorat darsiga taklif qilamiz. Unda animatsiyada aktyorlik usullari, personaj yaratish, qavatma-qavat ishlash tizimini o'rganish mumkin. Suhbat oxirida o'zingiz qiziqtirgan savollarga javob olishiz mumkin.

https://youtu.be/IAY-EkbrsnY
👍10🤩4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-kurs (Animatsiya asoslari) #Shogird larimiz ijodidan (Yakuniy kurs ishlari). 1, 2, 3-kurslarga qabul davom etmoqda. @jasurbekbutaev ga yozing.
👍22🔥9🤩2🎉1
#Info. “Tana mexanikasi” (2-daraja) va “Murakkab tana mexanikasi” (3-daraja) kurslarimiz 19-sentyabrdan boshlanadi. InshaAlloh. @jasurbekbutaev
👍12🔥3
#Elon. Wacom Cintiq 22 qalamli (Pro Pen 3d) Ekran sotiladi. Holati yangi. 1 oygina bo'sh vaqtda foydalanilgan. Animatorlar, Rassomlar, 3d modelchilar, Teksturachilar, Raskadrovkachilar, umuman 3d chilar uchun juda kerakli ish quroli. O'zim bir necha yildan beri wacom ekranlarini ishlataman. Ijodingizni yangi darajaga chiqishiga yordam beradi. Narxi 1550$. Sotib olish uchun @jasurbekbutaev ga yozuvrasilar.
🤩8😁4👍3