Jasurbek Butaev Animation
733 subscribers
247 photos
255 videos
3 files
652 links
Download Telegram
Forwarded from ASTIR | official channel
Yangi talqindagi Zumrad va Qimmat!
Animatsion filmdagi voqealar xozirgi zamonda sodir bo'ladi. 1-iyun kuni bolalarga taqdim qilmoqchimiz!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 You tubej
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2
Forwarded from NOMOZOV DESIGN
AI SLop: kontent sanoatida yangi “ifloslanish” bosqichi

So‘nggi 1–2 yil ichida sun’iy intellekt kontent ishlab chiqarish tezligini keskin oshirdi. Video, rasm, animatsiya, barchasi endi bir necha soat ichida tayyor bo‘lishi mumkin. Bu texnologik inqilob edi.


Lekin har bir tezlikning o‘z narxi bor.

Bugun biz “AI slop” deb ataladigan hodisaga duch kelyapmiz. Bu minimal insoniy ishtirok bilan, maksimal hajmda ishlab chiqarilayotgan, lekin past qiymatga ega kontent oqimi.

Bu jarayonni uchta asosiy omil bilan tushuntirish mumkin:

Kirish to‘sig‘i yo‘qoldi
Oldin sifatli kontent qilish uchun texnik ko‘nikma kerak edi. Hozir esa har kim prompt yozib, vizual mahsulot chiqara oladi. Natijada ishlab chiqaruvchilar soni keskin oshdi, lekin ularning aksariyati kreativ yoki dramaturgik tayyorgarlikka ega emas.
Algoritmik rag‘bat noto‘g‘ri ishlayapti
Platformalar (YouTube, TikTok, Instagram) ko‘pincha hajm va retentionni mukofotlaydi. Bu esa mualliflarni sifatdan ko‘ra ko‘proq kontent chiqarishga majbur qiladi. AI bu modelni ekstremal darajaga olib chiqdi.
Kreativlikdan ko‘ra replika ustunlashdi
AI vositalari mavjud kontentga tayangan holda ishlaydi. Natijada yangi g‘oya yaratish o‘rniga mavjud trendlarning ko‘paytirilgan versiyalari paydo bo‘ladi. Bu esa kontent muhitida “vizual shovqin”ni kuchaytiradi.

Natija qanday?!

— Auditoriya charchaydi
— Kontentning o‘rtacha sifati tushadi
— Haqiqiy ijodkorlar fon ichida yo‘qolib ketishi mumkin


Lekin bu jarayonni faqat salbiy deb baholash noto‘g‘ri bo‘ladi.

Tarixda har safar yangi texnologiya kirib kelganda, dastlab “mass production” bosqichi kuzatilgan. Keyin esa filtratsiya boshlanadi: sifatsiz ishlab chiqaruvchilar yo‘qoladi, kuchlilar esa yangi standart o‘rnatadi.

AI ham bundan mustasno emas.

Yaqin kelajakda quyidagi o‘zgarishlar kutiladi:

— “Tez kontent” emas, “mazmunli kontent” ustunlashadi
— Shaxsiy uslub (style) asosiy farqlovchi omilga aylanadi
Storytelling va rejissura yana markazga qaytadi
.

Obuna bo'ling!
👍5
🔥 Yozgi "Tajriba oshirish markazi" endi ONLINE formatda!

Mentor: Rustam Pulatov

O'qish, ish yoki masofa sabab oflayn kelolmaydiganlar uchun ajoyib imkoniyat. Biz bilan o'z darajangizni yangi bosqichga olib chiqing!

💻 Asosiy yo'nalishlar:
▫️ 3D Modeling (Render + AI)
▫️ Arxitektura vizualizatsiyasi (+ AI)

🌟 Nima uchun bizni tanlashadi?
• Ustoz-shogird uslubi: Bu oddiy o'quv markazi yoki videokurs emas, har bir o'quvchi bilan individual ishlanadi.
• Qulaylik: Uydan chiqmasdan, o'z vaqtingizni moslashtirgan holda o'rganish.
• Sifat va Narx: Asosiy e'tibor yuqori sifatga qaratiladi, narxi esa oflaynga nisbatan ancha hamyonbop!

📌 Talablar:
✔️ 3ds Max bo'yicha boshlang'ich bilim
✔️ Shaxsiy kompyuter
✔️ O'z ustida ishlash uchun vaqt va ishtiyoq

👁 O'quvchilarimizning natijalari bu yerda: Pulatov CG School

📩 Qo'shimcha ma'lumot va yozilish uchun: @pulatov3d
👍4
CG sohasidagi hamkasblarimizga yangi taklif! 🚀 Siz o'zingiz ishingiz bo'lsa yoki freelancer bo'lib ishlasangiz, uydan ishlash yoqmasa, sizga coworking (ofisimizda oʻz ishingizni qilish) xizmatini taklif qilamiz.🤝💼 Murojaat uchun @JasurbekButaev
🔥7👏1
Forwarded from Sardor Jumaev Animation
Assalomu alaykum janob animatorlar!

🚀 3D Animatorlarni (Autodesk Maya) jamoamizga taklif etamiz!

Yangi va qiziqarli multfilm seriali ustida ishlash uchun o‘z mahoratini oshirishni istagan, sifatli animatsiyaga intiluvchi ijodkorlarni qidirmoqdamiz.

Bizda sizni nima kutmoqda? Biz shunchaki vazifa berib, natija kutib o‘tirmaymiz. Bizda ustoz-shogird an’anasi asosiy o‘rinda:

Review: Har bir sahnangiz Lead animator tomonidan batafsil ko‘rib chiqiladi. Berilgan feedbacklar orqali animatsiya darajangizni sezilarli darajada oshirasiz.
• Bilim almashinuvi: Vazifalarni qanday qilib sifatli va tez ishlash bo‘yicha ham ijodiy, ham texnik maslahatlar berib boriladi.
• O‘sish imkoniyati: Maya’dagi murakkab instrumentlar bilan ishlashni mukammallashtirib, portfoliongiz (Showreel) uchun xalqaro darajadagi sifatli kadrlar to‘playsiz.

Talablar:

Autodesk Maya dasturida ishlash ko‘nikmasi;
• Animatsiya prinsiplariga (12 principles) sodiqlik;
Review va Feedbackni (tanqid va maslahat) to‘g‘ri qabul qilish va o‘z ustida ishlashga tayyorlik;
• Vazifalarni belgilangan muddatda (deadline) topshirish.

Ish sharoiti:
• Loyiha turi: Multfilm serial;
• Ish formati: [Ofis / Masofaviy ( ONLINE );
• Maosh: Tajribangiz va test topshirig'i natijasiga ko'ra (kelishiladi).

📩 Bilimingizni biz bilan oshiring! Showreel va portfoliongizni quyidagi manzilga yuboring: 👉 @vladimir_inspired
👍5🔥4
Forwarded from Hamidjon Abdulhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Nigoh — 1-son

🎬 Mehmon: Jasurbek Butaev
🧠 15 yillik tajribaga ega 3D Animator
Bugun animatsiya sohasida eng ko‘p berilayotgan savol bitta:

🤖 AI — animatorlar uchun yordamchimi yoki sekin-asta raqibga aylanayaptimi?
Podkastda ochiq gaplashdik:
— AI animatsiya jarayonini qanday o‘zgartiryapti
— Qaysi ishlarni AI egallay olmaydi
— 3D animatorlar kelajagi qanday bo‘ladi
— Yangi boshlovchilar nimaga tayyor bo‘lishi kerak

🎥 1-son tizeri tayyor
🔥 Eng muhim fikrlar hali oldinda.
📺 Tez kunda to‘liq qismi
Hamidjon Abdulhamidov YouTube kanalida chiqadi 👇
Hamidjon Abdulhamidov YouTube kanali
📌 Savol ochiq:
AI animatsiyani o‘ldiryaptimi yoki kuchaytiryaptimi?
🔥11🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rigchilar uchun ajoyib yangilik. Sony Pictures riggeri Zhenggang Deng dan sovgʻa. Tekin plugin.
🎉6👍5🔥3
Forwarded from TMA (🆃🅴🅼🆄🆁)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“First time trying exposure therapy.”😬
🔥8👍3😍1
💪Javohir Parpiyevni 🎮Game Fest 2026 😎Best Character Animation yoʻnalishida gʻolib boʻlgani bilan tabriklaymiz.🎉
🎉7🔥6👍3👏3
Forwarded from Hamidjon Abdulhamidov
Kutilgan video YouTube tarmog'imizda!

🚀 Ustozimiz Jasurbek Butaev bilan bo'lib o'tgan podkastni YouTube tarmog'imizda ko'rishingiz mumkin.

⚡️ Albatta ushbu podkastdan olgan xulosalaringizni va taassurotlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

🎬 Loyihamizning keyingi sonlarida kimni ko'rmoqchi ekanligingizni ham aytish esdan chiqmasin 😉

Videoni ko'rish uchun havola 👇

https://youtu.be/MUSOtmS5RfQ
🔥11👍1👏1