#Loyiha uchun ssenariy qabul qilish muddatini belgilaymiz. ⏱ So'rovnomada 32 kishi hikoya yozish istagini bildirgan edi. 🏆 Shulardan 2 kishi hikoyasini jo'natdi. Qolganlardan ham kutib qolamiz. 🎬 Ssenariylarni 1-iyulgacha qabul qilamiz.✍🏼
Telegram
Jasurbek Butaev Animation
Assalomu alaykum. Aziz ijodkorlar! Yangi qisqa animatsion film boshlash niyatidamiz. Bu ochiq (pul to'lanmaydigan) loyiha bo'lib, unda hohlagan kishi ishtirok etish mumkin. Siz ushbu loyihaga qatnashasizmi? (Bir necha javoblarni belgilashiz mumkin.)
Ha. (Animatorman)…
Ha. (Animatorman)…
👍5🎉1
Forwarded from Whiteline Animation
Multfilm tayyorlashning shariatdagi hukmlari.
🚀 Va nihoyat siz va biz kutgan Hasanxon Yahyo Abdulmajid domla bilan bo'lib o'tgan ma'ruzamizning 100% to'liq shakli YouTube sahifamizga joylandi.
👨💻 Ma'ruzani davomida ustoz Multfilm sohasining animatsiya, dasturlar bilan ishlash, modellar yasash kabi jabhalariga batafsil to'xtalib, javob berib o'tdilar.
😇 Ushbu ma'ruzamiz nasib etsa, barcha yoshlarimiz uchun manfaatli bo'ladi degan umiddamiz!
Videoni to'liq ko'rish:
https://youtu.be/CfKq9vKl3GI

👍7🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-kurs #Shogird larimiz ijodidan. 1, 2, 3-kurslarga qabul boshlandi. @jasurbekbutaev
👍20🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodimiz AnimSchooldagi o'qishimiz bugun nihoyasiga yetdi. Ustozimiz Ricky Rennadan behad minnatdormiz. Juda ko'p narsalarni o'rgandim. Barchaga chet el kurslariga o'qishni maslahat beraman.
👍47🔥6🤩5🎉2
#Info. Ochiq (tekin) darslar turkumini boshlaganimizga ham mana 1 yil bo'libdi. Vaqtni o'tishiga qarang. Birinchi tahlilimizni 2021 yil 30 iyunda qilgan ekanmiz. Shundan beri 47 ta tahlil, 9 ta dars va ko'plab mahorat darslari uyushtirdik. Darslarimiz haqida fikrlaringizni kutib qolamiz.
Telegram
Jasurbek Butaev Animation
#Elon. Assalomu alaykum. Animatsiya kurslarida hamma ham o'qish imkoniyati yo'g'ligini hisobga olib, ochiq (tekin) animatsiya maktabini ochishga qaror qildik. Endi animatsiyani hamma o'rganishi mumkin. Buning uchun qilingan animatsiyalarni quyidagi gruppaga…
👍7
Ochiq darslar haqida fikringiz qanday?
Anonymous Poll
94%
Yaxshi. Loyihani davom ettirish kerak
3%
Foydasiz. Loyihani yopsak ham bo'ladi
2%
Unchalik emas. O'zgartirish kiritish kerak
1%
Men animatsiyaga qiziqmayman
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi #ijodimiz boshlandi. Hozircha bu raskadrovka. Keyin 3d layout, animatsiya qilamiz.
🔥19👍6🤩6
#Loyiha uchun senariy tanlovini e'lon qilgandik. Unda 37 kishi qatnashish istagini bildirgan edi. Afuski, shundan faqat 3 kishi senariy yubordi. Usbu senariylarni jamoamiz bilan o'qib chiqib yaxshilash bo'yicha maslahatlar berdik. Ammo, bu senariylar sust bo'lganligi sababli ularni qilolmaymiz. Uning o'rniga kamina xodimingiz qalamiga mansub, ko'p yillardan beri yozilib kelayotgan senariy ustida ishlash hohishi tug'ildi. Hozir raskadrovka va animatik qilish bosqichidamiz. Bir qismi tayyor. Agar hohlovchilar bo'lsa, qatnashingiz mumkin. Hozirda rassomlarga ehtiyojimiz bor. Rassomlar, raskadrovkachilar, desaynerlar @jasurbekbutaev ga murojat qilishiz mumkin. Eslatib o'tamiz. Loyiha tekin. (pul to'lanmaydi) Hech qanday moliyaviy foyda ko'zlanmagan. Faqat portfolio uchun ishlaymiz.
Telegram
Jasurbek Butaev Animation
#Loyiha. Assalomu alaykum. Ovoz berish natijalaridan hayratda qoldik.😱 Buncha kishi qiziqish bildirib, yordam berishga tayyor deb, o'ylamagan edik. 💪Tartib bilan loyihamizni boshlaymiz. Alloh o'zi bu ishimizni barchamiz uchun foydali qilsin. 🤲
📃 Senariy…
📃 Senariy…
👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-kurs #Shogird larimiz ijodidan (Davomi). 1, 2, 3-kurslarga qabul boshlandi. @jasurbekbutaev
👍20🤩6🔥4
#Info #Challenge 3d Artistlar uchun musobaqa. 🎁 Sovrinlar: Tekin modellar, DaVinci Studio license, Wacom Pro, Rokoko Motion Capture tizimlari. Qatnashing. Bizdan ham chiqsin. 💪
https://youtu.be/D0OvHVJV_XU
https://youtu.be/D0OvHVJV_XU
YouTube
Moving Meditations 3D Community Challenge!
Challenge yourself this month and download the starter files: https://spaces.hightail.com/receive/W6tlKhjyWT
Stay updated on all things Moving Meditations: https://discord.gg/createwithclint
SUBMISSION YOUR ART:
https://submission.createwithclint.com/
Huge…
Stay updated on all things Moving Meditations: https://discord.gg/createwithclint
SUBMISSION YOUR ART:
https://submission.createwithclint.com/
Huge…
👍11
#Info. 🎉Bugun birinchi marta chet el kompaniyasidan shaxsiy hisob raqamimga pul tushurib, uni naqd 💲qilib oldim. 5 yil chet el bilan ishlagan boʻlsam, oldin buni iloji yoʻq edi. Yoki, man qilolmaganman. Chunki, oʻsha paytni qonunchiligiga koʻra, chetdan pul olmoqchi boʻgan kishi yuridik shaxs boʻlishi, soliqlarni otni kallasiday toʻlashi kerak edi. Yagona yoʻl Western Union, PayPal, Payoneer, WebMoney boʻlgan. Oʻzini hurmat qiladigan kompaniya bunday pul yubormasidi. Va nihoyat “Yangi Oʻzbekiston”da vaziyat oʻzgaribdi. Endi hammasi qonuniy mumkin. Quyida yoʻlini oʻrgataman. Million 💵 topsangiz ham qonuniy boʻladi. Soliqchilar bilan ham muammo boʻlmaydi.
1. Chet eldan ish topasiz. Busiz uyogʻdan pul olish qiyin. 😆
2. MyGov, Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan “Oʻz-oʻzini band qiluvchi” sifatida roʻyhatdan oʻtasiz.
3. Roʻyhatdan oʻtishda kasbingizni toʻgʻri tanlang. Bizga 62-yoʻnalish mos keladi: Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)
4. Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan ma’lumotnomani yuklab oling. Yoʻnalish notoʻgʻri ketib qolgan boʻlsa, uni oʻzgartirib boshqattan yuklab oling.
5. Endi Click, Payme yoki Soliq idorasi orqali har yilda bir marta toʻlanadigan soliqni toʻlang. Uning miqdori 1 BHM. Hozirgi kunda 300 ming soʻm. Har yil shu pulni toʻlab, toʻliq qonuniy daromad olasiz. Million 💲topsangiz ham, boshqa soliq yoki toʻlov qilmaysiz.
6. Bankdan borib xalqaro valyutada hisob raqam ochtirasiz.
7. Chet el kompaniyasi bilan kontraktda “oʻz-oʻzini band qiluvchi” deb oʻzizni yozasiz.
8. Ishizni yaxshilab bajaring. Boʻlmasa pul tushmaydi. 😂
9. Pul tushganda bankka ertalabdan oʻtuvrasiz. 2 soatlik navbatdan keyin, soqqani olib bizga yozuvring. Oshga boramiz. 😁

👍40😁16🎉1