IIV JIED | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
38.7K photos
3.69K videos
9 files
27.2K links
facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali

Jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga oid "Qonunchilik targ'iboti" kanali

Ulanish uchun @yuristjied
Download Telegram
Mahallalarda xavfsizlik va obodlikni taʼminlash bosh mezon: Ichki ishlar vazirligida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilish, muhim vazifalar ijrosiga qaratildi

▶️ Batafsil
———
Маҳаллаларда хавфсизлик ва ободликни таъминлаш бош мезон: Ички ишлар вазирлигида ўтказилган навбатдаги йиғилиш, муҳим вазифалар ижросига қаратилди

▶️ Батафсил
———
Обеспечение безопасности и благоустройства в махаллях — главный критерий: очередное совещание в Министерстве внутренних дел было посвящено исполнению важных задач

▶️ Подробно

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boylik, xiyonat va panjaralar: Bir ayol hayotini barbod qilgan 30 milliard so'm

IIVJIED
Qorovulbozor tuman IIB xodimlari 17-sonli Jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdi
Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar o'rtasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni ta'minlash maqsadida "Komplayens va ma'naviy madaniyat oyligi" davom etmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida Qorovulbozor tumani Ichki ishlar bo'limi xodimlari uchun tumanda joylashgan 17-sonli Jazoni ijro etish muassasasiga maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.

Amaliy tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibni turli salbiy holatlardan asrash hamda ularning ma'naviy-axloqiy qiyofasini yuksaltirishdan iboratdir. Muassasadagi muhit va mahkumlarning saqlanish sharoitlari bilan tanishish jarayonida xodimlar erkinlikning qadr-qimmati va qasamyodga sadoqat nima ekanligini yanada chuqurroq anglab yetishdi.

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik o‘quv-seminar tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Uchinchi mintaqaviy hudud 30-son manzil koloniyasida shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbir Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mutaxassislari hamda Zafarobod tumani prokuraturasi mas’ullari hamkorligida o‘tkazildi.

Seminar davomida xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, xizmat faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart vaziyatlarda qonuniy, tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari ishtrokida Komplayens va ma’naviy-ma’rifiy oylik doirasida kompleks profilaktik tadbir tashkil etildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xodimlar bilan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Uchinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i tashabbusi bilan markaz tasarrufidagi muassasalarda xizmat qilayotgan tezkor xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Jizzax shahar "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarga zamonaviy kiberfiribgarlik usullari, soxta qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, phishing havolalari hamda zararli dasturlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga bank kartasi ma’lumotlarini sir saqlash, SMS orqali yuboriladigan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslik, noma’lum havolalar va ilovalarni yuklab olmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchsiz manbalarga kiritmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

IIVJIED
Mahkumlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi

Oltinchi mintaqaviy hudud 4-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi va Din ishlari qo'mitasining shahar bo'yicha bosh mutaxassisi hamda hibsxona mas’ul xodimlari tomonidan "Temurbek" nomli tarixiy qissasi taqdimoti o'tkazildi.

Mahkumlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, dunyoqarashini kengaytirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida hibsxonada o‘tkazilgan bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Farg‘ona shahrida joylashgan 10-son tergov hibsxonasida adashib jinoyat sodir etganlar ishtirokida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

IIVJIED