IIV JIED | Rasmiy kanal
7.01K subscribers
15.9K photos
2.35K videos
6 files
9.26K links
facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
7-son tergov hibsxonasida mahkumlar bilan kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi

▶️Batafsil

IIVJIED
7-son tergov hibsxonasida turkum tarbiyachilar kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

▶️Batafsil

IIVJIED
Birinchi mintaqaviy hudud 24 -son tarbiya koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan yosh tarbiyalanuvchilar bilan “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi turi o‘tkazildi

Departamentning 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar 28/4-90-sonli “Yo‘l xarita” si ijrosi yuzasidan Ikkinchi mintaqaviy hudud 24-son Tarbiya koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tarbiyalanuvchilarning aqliy salohiyatini oshirish va fikrini teran qilish maqsadida navbatdagi tur “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan “Lochinlar”, “Ziyolilar”, “Bilimdonlar”, “Yosh kitobxon”, jamoalari o‘zaro bellashdi. Yakunda «Yosh kitobxon» jamoasi tur g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

IIVJIED
Uchinchi mintaqaviy hudud 29-son manzil-koloniyasida yosh mahkum va mahkumalarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda

▶️Batafsil

IIVJIED
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax shahar vakilligi “Usmonxoji” jome masjidi imom-xatibi Gaipov Anvar ishtirokida 29-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum va mahkumalarga “Sof islom dini tushunchasi, halol va haromning farqi, zino ishlarning gunohi, birovga tuhmat qilish, birovning huqqiga xiyonat qilish” mavzusida tarbiyaviy-profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida din ezgulik va poklik manbai hisoblanishi, inson zoti hayotlik davrida yaxshi ammalar qilib savobga erishishi, birovning haqqiga ko‘z olaytirib unga xiyonat qilmasligi va moddiy manfaatdorlikka erishib gunoh ish qilib yurganlar albatta o‘z jazolarini olishi, har bir inson har vaqt o‘zini harom ishlardan asrashi lozimligi Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan ota-onalar xolidan xabar olishi, eski gina-qudratlarni unutib, kechirimli bo‘lishi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

IIVJIED
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxona tarbiyaviy ishlar guruhi tomonidan Departamentining 2024 yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili"da jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar 28/4-90-sonli yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan yosh mahkumlar bilan tadbir tashkil etildi.

Shuningdek Farg‘ona shahridagi "Nur jome masjidi imom xatibi" Xalilo Oybekjon MONO markaz mutaxassisi G‘ulomov Begzodjon Farg‘ona gazetasi muxbiri Kaeimova Taniyaxon taklif etilib, hibsxonada saqlanayotgan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan Yosh mahkumlari eʼtiboriga "Halollik ortidan keladigan savoblar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek "Bugungi kunda Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati ongu tafakkuri yuksaltirishga qaratildi.

IIVJIED
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi tarbiyaviy ishlar guruhi katta psixologi leytenant E.Sharipov tomonidan Farg‘ona shahrida "Mehrjon ayollar va bolalar markazi" mutaxassis psixologlari G‘ofurova Marg‘ubaxon hamda amaliyotchi psixolog Afzalov Humoyun taklif etildi.

Shuningdek yosh ayol mahkumalar bilan qiziqarli "O‘z o‘zini boshqarish va ranglar bilan ishlash metodikasi" haqida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh mahkumalarni stress holatiga tushishini oldini olish va ularning ruhiy holatiga, ijobiy taʼsir ko‘rsatish, yoshlar ongida ijobiy xislatlarni shakllantirish, salbiy illatlardan ularni ongini tozalash, jinoyat olami doirasida fikrlashdan olib chiqish, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishga qaratildi.

IIVJIED
7-son tergov hibsxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qabulda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalarda 2 nafar fuqarolar murojaat qilishdi.

Yoshlarning har biriga qabul tartibi batafsil tushuntirib berildi.

IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hudud 4-son tergov hibsxonasi jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlari bilan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tazildi

▶️Batafsil

IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hudud 4-son tergov hibsxonasi xo‘jalik ishlarida jazo muddatini o‘tayotgan (yosh) mahkumlari bilan 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

▶️Batafsil

IIVJIED
Uzoq muddatli uchrashuvga kelgan mahkumning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazildi 

4-MH 9-son tergov hibsxonasida Departamentning 2024 yil 31 yanvar kunidagi 28/1-12-sonli ko‘rsatmasining tegishli bandlari ijrosi yuzasidan hibsxona xo‘jalik xizmatida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum A.P.ning yaqin qarindoshi Sh.U va voyaga yetmagan farzandi uzoq muddatli uchrashuvga kelganda hibsxona tarbiyaviy ishlar guruhi xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida hibsxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan narsa va buyumlar, afv berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berib o‘tildi. «VAQT-VREMYA» gazetasi bilan tanishish imkoniyati yaratib berildi hamda JIED telegram kanaliga aʼzo bo‘lib kuzatib borishlari bo‘yicha tushuntirib o‘tildi.   

IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hudud 11-son tergov hibsxonasida 30 iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan hibsxonadagi yosh mahkumlarga "Kitoblar To‘plami" topshirildi

Tadbir "Yoshlar kelajagimiz" Xorazm viloyati filiali bosh mutaxassisi Qodirberganov Surojiddin va hibsxona masʼul sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda mahkumlarga ozodlikka chiqqandan so‘ng beriladigan moddiy yordam pullari hamda ozodlikka chiqarilgan mahkumlarga yaratilayotgan imkoniyatlar imtiyozli kreditlar to‘g‘risida hibsxonada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masʼul xodim òZ maʼruzasini yetkazib, mahkumlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tadbir yakunida hibsxonada jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlarga "Kitoblar To‘plami" bosh mutaxassis S.Qodirberganov tomonidan topshirildi.

IIVJIED
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kunidagi PQ 2833-sonli qaroriga asosan 43-son manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan turli xil oqim va g‘oyalar taʼsiriga kirib qolishni oldini olish maqsadida "Biz yod g‘oyalarga qarshimizʼʼ deb nomlangan hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

IIVJIED
Mahkumlar bilan tarbiyaviy profilaktik tadbir tashkil etildi

30 iyun "Yoshlar kuni" doirasida hamda Departamentning 28/1-12-sonli ko‘rsatmasi hamda 2024 yil - “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar 28/4-90-sonli “Yo‘l xarita”si ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar ijtimoiy himoya markazi yuristi Sohibjon Abdumurodov ishtirokida  7-son tergov hibsxonasi xo‘jalik turkimda qoldirilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mahkumlarga ozodlikka chiqqandan so‘ng ularga davlatimiz tomonidan beriladigan imtiyozlar, ijtimoiy yordamlar ish bilan Taʼminlash bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek hibsxona tartibot bo‘limi boshlig‘i kapitan O.O'sarov tomonidan mahkumlarning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

IIVJIED
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi tarbiyaviy ishlar guruhi katta psixologi leytenant E.Sharipov tomonidan Farg‘ona sharhidagi "Mehrjon ayollar va bolalar markazi" mutaxassis psixologlari G‘ofurova Marg‘ubaxon hamda amaliyotchi psixolog Afzalov Humoyunjon taklif etildi.

Shuningdek yosh mahkumlar bilan qiziqarli "O‘z o‘zini boshqarish metodikasi va ranglar bilan ishlash metodikasi" haqida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, savollarga boy tarzda o‘tkazildi.

IIVJIED
“Profilaktika va intizom” haftaligi doirasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi

Departamentining 2024 yil 31 yanvar kunidagi 28/4-5-201-sonli ko‘rsatmasiga asosan, “Profilaktika va intizom” haftaligi doirasida, Ikkinchi mintaqaviy hudud, 7-son tergov hibsxonasi tarbiyaviy ishlar guruhi xodimlari tomonidan, xo‘jalik turkumida qoldirilgan mahkumlar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sport tadbirlari davomida mahkum Sh.M g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan mahkumlar rag‘batlantirish uchun tavsiya etildi.

IIVJIED