IIV JIED | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
38.7K photos
3.68K videos
9 files
27.2K links
facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali

Jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga oid "Qonunchilik targ'iboti" kanali

Ulanish uchun @yuristjied
Download Telegram
📢 Diqqat, eʼlon!

Joriy yilning 10-iyul (Juma) kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimi tasarrufida xizmat olib borayotgan xodimlarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida Departament boshlig‘i, polkovnik Azizxon Umarxonovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Xodimlarning sayyor qabulda shaxsan ishtirok etishlari, Departament boshlig‘i tomonidan ruxsat etilganligi haqida Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari hamda jazoni ijro etish koloniyalari, manzil-koloniyalari va tergov hibsxonalar rahbarlari xabardor ekanligini inobatga olib, xodimlarning Departamentga kelib-ketishlari tegishli buyruq talablari asosida amalga oshirilishida bevosita rahbarlari masʼul ekanligi eslatib o‘tiladi.

Manzil:Toshkent viloyati, Zangiota tumani, «Bog‘zor» qo‘rg‘oni, «Qorasuv» ko‘chasi 32-uy. (Jazoni ijro etish departamenti binosi).


Maʼlumot uchun: har oyning oxirgi juma kuni jazoni ijro etish tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning sayyor qabuli o‘tkaziladi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida "Xavfsiz va sog'lom yurt" oyligi doirasida mahkumlar bilan psixologik suhbat hamda trening mashg'ulotlari o'tkazildi

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

Yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadtda har hafta oʻtkazilayotgan "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida ichki ishlar organlari rahbarlari ham yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazib, ularning muammo va takliflarini oʻrganib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov ishtirokida Zafarobod tumanida tashkil etildi.

IIVJIED
Tergov hibsxonasida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o'tkazildi

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘ining 2026-yil 30-iyundagi 210-son farmoyishiga asosan, joriy yilning 1–31-iyul kunlari o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida 8-son tergov hibsxonasida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda hibsxona boshlig‘i, iste’fodagi xodim hamda shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarga xizmat faoliyatida yuksak mas’uliyat, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilish hamda kasbiy tajriba va fidoyilikning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida Jazoni ijto etish tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini malakali tibbiyot xodimlari bilan to‘ldirish hamda yosh mutaxassislarni tizimga jalb etish maqsadida targ'ibot tadbiri tashkil etildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasida "Xavfsiz va sog'lom yurt" oyligi doirasida profilaktik tadbir o'tkazildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi pushaymon: Moddiy manfaat ota-onalik masʼuliyatidan ustun qoʻyildi
———
Сўнгги пушаймон: Моддий манфаат ота-оналик масъулиятидан устун қўйилди


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi pushaymon: Qamoqxonadagi iqror — bir xatoning 14 yillik badali
———
Сўнгги пушаймон: Қамоқхонадаги иқрор — бир хатонинг 14 йиллик бадали

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi pushaymon. Harbiy boʻlish orzusidan panjara ortigacha
———
Сўнгги пушаймон. Ҳарбий бўлиш орзусидан панжара ортигача

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Jazoni ijro etish tizimi xodimlari hamda IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan davra suhbati o'tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq o‘quv bazasida tahsil olayotgan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari ishtirokida "Ichki ishlar organlari jazoni ijro etish xizmati xodimlarining xizmat faoliyati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda IIV Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasi mas'ul xodimlari shuningdek, fakultet Maxsus fanlar sikli o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida jazoni ijro etish xizmati xodimlarining xizmat faoliyatida uchraydigan savollar, ularning kelib chiqish sabablari, amaliyotda qo‘llanilayotgan samarali yechimlar hamda xizmat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beshinchi mintaqaviy hudud 5-son jazoni ijro etish koloniyasida "Xavfsiz va sog'lom yurt" oyligi doirasida profilaktik tadbir o'tkazildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt

Tovlamachilik va uning oqibati: Oson pul topish maqsadida jinoyatga qo'l urgan yigit qismati

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Ochiqlik va xalq bilan muloqot — asosiy mezon: Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan joriy yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha tahliliy hisobot” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida Vazir oʻrinbosari — Tergov departamenti rahbari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etadilar.

❗️Tadbir davomida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbiri ikkinchi bosqichining dastlabki oʻn kunligi sarhisobi taqdimot qilinadi.

🕖Oʻtkazish vaqti: 2026-yil 14-iyul (seshanba), soat 10.00

📌Manzil: IIV Madaniyat saroyi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 5

🎤 Matbuot anjumaniga barcha OAV va jamoatchilik vakillari taklif etiladi.

———
🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги томонидан «Очиқлик ва халқ билан мулоқот — асосий мезон: Ички ишлар органлари фаолияти юзасидан жорий йилнинг биринчи ярим йиллиги бўйича таҳлилий ҳисобот» мавзусида матбуот анжумани ўтказиш режалаштирилган.

Матбуот анжуманида Вазир ўринбосари - Тергов департаменти раҳбари полковник Рамазон Ашропов бошчилигида соҳавий хизмат раҳбарлари иштирок этадилар.

❗️Тадбир давомида «Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг кўламли тезкор-профилактик тадбири иккинчи босқичининг дастлабки ўн кунлиги сарҳисоби тақдимот қилинади.

🕖Ўтказиш вақти: 2026 йил 14 июль (сешанба), соат 10.00

📌Манзил: ИИВ Маданият саройи, Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Фидокор кўчаси, 5

🎤 Матбуот анжуманига барча ОАВ ва жамоатчилик вакиллари таклиф этилади.

———
🇺🇿Министерством внутренних дел Республики Узбекистан планируется проведение пресс-конференции на тему "Открытость и диалог с народом — главный принцип: аналитический отчет о деятельности органов внутренних дел за первое полугодие текущего года".

В пресс-конференции примут участие руководители отраслевых служб во главе с заместителем министра - начальником Следственного департамента полковником Рамазоном Ашроповым.

❗️В ходе мероприятия состоится презентация итогов первой декады второго этапа широкомасштабного оперативно-профилактического мероприятия "Безопасная и здоровая страна".

🕖Время проведения: 14 июля (вторник) 2026 года, 10:00.

📌Адрес: Дворец культуры МВД, город Ташкент, Мирабадский район, улица Фидокор, 5

🎤На пресс-конференцию приглашаются представители всех СМИ и общественности.


Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM