IIV JIED | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
38.7K photos
3.68K videos
9 files
27.2K links
facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali

Jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga oid "Qonunchilik targ'iboti" kanali

Ulanish uchun @yuristjied
Download Telegram
Profayling - xavfsizlik va professionallik asosi

To‘rtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida "Profayling: shaxs xulq-atvorini tahlil qilish va amaliy qo‘llash" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida profaylingning xizmat faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati, fuqarolar bilan samarali muloqot madaniyati, shaxsning xulq-atvorini kuzatish hamda xavf omillarini barvaqt aniqlash usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

IIVJIED
"Komplayens va ma'naviy madaniyat oyligi" doirasida tarbiyaviy tadbir o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2026-yil 1-iyuldagi 207-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 1–31-iyul kunlari respublika miqyosida "Komplayens va ma'naviy madaniyat oyligi" o'tkazilmoqda.

Oylik doirasida ichki ishlar organlarida qonuniylikni ta'minlash, xodimlarda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Viloyat IIB hamda SHXBB rahbariyati tashabbusi bilan tergov hibsxonasida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda xodimlar shu yerda saqlanayotgan sobiq hamkasblari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida noqonuniy xatti-harakatlarning oqibatlari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jazoni ijro etish muassasalarida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi

IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Kogon tumanida joylashgan 1-son jazoni ijro etish koloniyasida "Yangi O‘zbekistonni yoshlar barpo etadi" mavzularida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Davra suhbati mahkumlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni turli yot g‘oyalar hamda salbiy ta'sirlardan asrash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hudud 17-son jazoni ijro etish koloniyasida huquqiy targ‘ibot va ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Buxoro viloyati mintaqaviy vakili hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi bo‘lim boshlig‘i ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yildagi 307-son qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash hamda yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Tadbirning ikkinchi qismida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qorovulbozor tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Sog‘lom hayotni tanla" mavzusida ma'rifat soati o‘tkazildi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jazoni ijro etish departamenti To'rtinchi mintaqaviy hudud 9-son tergov hibsxonasida tarbiyaviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

IIVJIED