IIV JIED | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
38.7K photos
3.69K videos
9 files
27.2K links
facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali

Jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga oid "Qonunchilik targ'iboti" kanali

Ulanish uchun @yuristjied
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi

IIVJIED
Jazoni ijro etish tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan tushuntirish-profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–10-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2026-yil 13-iyundagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Jazoni ijro etish departamentida tushuntirish-profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Unda Departament boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan joriy yilning 23–27-iyun kunlari IIV Akademiyasida o‘tkaziladigan o‘quv yig‘inlarida ishtirok etuvchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari mas’ul xodimlari hamda muassasa boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga qonuniylik va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilish hamda belgilangan kun tartibiga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон терма жамоасининг жаҳон чемпионатидаги баҳси жазони ижро этиш муассасаларида ҳам катта қизиқиш билан кузатилмоқда.

Турли тақдирлар, турли инсонлар, аммо бир мақсад — Ватан жамоасини қўллаб-қувватлаш.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim sari muhim qadam: jazoni ijro etish tizimida faoliyat yuritadigan xodimlar farzandlariga tavsiyanomalar berildi

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tomonidan “Sog‘lom oila, barqaror xizmat, ahil jamoa” shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar vazirligi tizimida murojaatlar bilan ishlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida brifing
———
Ички ишлар вазирлиги тизимида мурожаатлар билан ишлаш йўналишида амалга оширилган ишлар тўғрисида брифинг


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon mahkumlarga jazo muddatini qisqartirish imkoniyati berilmoqda

IIVJIED
Xodimlarning farzandlariga oliy ta’limga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar topshirildi

Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tizim xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasi hamda 30-son manzil-koloniyalarida xizmat olib borayotgan xodimlarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda Ichki ishlar vazirligining me’yoriy hujjatlariga muvofiq berildi.

Ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik tizim xodimlari hamda ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kelgusida Vatanga munosib xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son jazoni ijro etish koloniyasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi

IIVJIED
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

IIVJIED
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жиззах шаҳридаги 29-сон манзил-колониясида Ўзбекистон Республикасининг жорий йил 11 июнь куни қабул қилинган "Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ёки уларнинг аналогларининг ва кучли таъсир қилувчи моддаларнинг қонунга хилоф муомаласи учун жавобгарликни такомиллаштиришга қаратилган қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида" ги Қонуни мазмун-моҳиятини тушунтиришга қаратилган ҳуқуқий тарғибот тадбири ўтказилди.

Унда дастлаб муассасада жазо ўтаётган маҳкумларга озодликка чиққандан сўнг яна хатога йўл қўймаслик ва янги қатъий чекловлар ҳаётий мисоллар билан тушунтирилган бўлса, сўнгра колония ходимлари учун янги нормаларни хизмат фаолиятида тўғри татбиқ этиш бўйича ўқув семинари ташкил этилди.

IIVJIED
Jazoni ijro etish tizimi xodimlari tomonidan bitiruvchi talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

Birinchi mintaqaviy hudud 44-son manzil-koloniyasida mavjud bo‘sh safdorlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan jamlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Islom Karimov nomidagi Olmaliq davlat texnika institutining mashinasozlik va muhandislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar bilan tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari, tizimda yaratilgan xizmat va ijtimoiy sharoitlar, shuningdek, xodimlar uchun belgilangan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarilib, xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

IIVJIED