Sohaviy xizmat xodimlari uchun huquqiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil-koloniyasida Guliston tuman Adliya bo‘limi xodimlari hamda koloniya katta yuriskonsulti bilan hamkorlikda sohaviy xizmat xodimlari uchun huquqiy dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-noyabrda qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 207-son PF Farmonining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
IIVJIED

Xodimlarning jangovar shayligi oshirildi
Birinchi mintaqaviy hudud 24-son tarbiya koloniyasida xizmat olib borayotgan xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida PM jangovar qurolidan o‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlarning jangovar shayligi yanada oshirildi va zarur bo'lgan bilim ko'nikmlari berildi.

Xodimlar uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uchinchi mintaqaviy hudud 30-son manzil koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlar uchun Jizzax viloyati politexnika instituti malakali mutaxassis-o‘qituvchilari hamda institut profilaktika inspektorlari jalb etilgan holda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida joriy yilning 10-dekabr — “Madhiya qabul qilingan kun” munosabati bilan o‘qituvchilar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

“Texnika xavfsizligi” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
To‘rtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil-koloniyasi shaxsiy tarkibi bilan texnika xavfsizligi bo‘yicha profilaktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida muhandis ishtirokida xodimlarga foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarga mehnat jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma va tushuntirishlarni qanday hamda qay usulda berish lozimligi batafsil tushuntirildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish — barchamizning burchimiz
To‘rtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida shaxsiy tarkib bilan Qashqadaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda ekologiya bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Ochiq muloqot va savol-javob tarzida tashkil etilgan tadbir davomida xodimlar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlik masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

“Avto-reyd” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi
Birinchi mintaqaviy hududga qarashli 44-son manzil-koloniyasi xodimlari o‘rtasida qonuniylik hamda xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining mas’ul xodimi bilan hamkorlikda “Avto-reyd” profilaktik tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarmaslik, shuningdek, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan xushmuomala bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xodimlarning jangovar shaylik yo‘nalishi bo‘yicha kasb ko‘nikma va mahorati oshirildi
Birinchi mintaqaviy hudud 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada xizmat qilayotgan xodimlarning jangovar shayligini mustahkamlash va yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kasb mahoratini oshirish maqsadida “Maxsus rejalar” asosida Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi mas’ul xodimi bilan hamkorlikda maxsus texnika jalb etilgan holda nazariy hamda amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi xodimlarning jangovar shayligini oshirish, vaziyatni to‘g‘ri baholash va aniq qaror qabul qilish malakasini rivojlantirish, shuningdek, kuch va vositalarni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat edi.

Raxbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Birinchi mintaqaviy hudud 24-son tarbiya koloniyasida “Raxbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvga Toshkent Davlat tibbiyot universiteti talabalari taklif qilinib, koloniya rahbariyati tomonidan talabalarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va IIO xodimlari o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xodimlar bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi
Birinchi mintaqaviy hudud 48-son manzil koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Saf ko‘rigi davomida xodimlarning formali kiyim-boshlarini kiyib yurishi, xizmat guvohnomalari, farqlovchi belgilar va shaxsiy anjomlari tekshirildi.
Saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida esa xodimlarning safdan chiqish va safga qaytish amallari, rahbarlar oldiga kelish va ketish ko‘nikmalari chuqur o‘zlashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Voleybol sport musobaqasida xodimlarning g‘alabasi
Uchinchi mintaqaviy hududga qarashli 38-son manzil koloniya jamoasi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 6-dekabr kungi 206-sonli buyrug‘iga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida tashkil etilgan sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoa a’zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Korrupsiya — taraqqiyot dushmani
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibining huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilinishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotga Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari taklif etilib, xodimlarga viloyat hududida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar misollar bilan keltirilib, xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z ustida ishlash hamda bilim saviyasini doimiy oshirib borish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchinchi mintaqaviy hudud 37-son manzil-koloniyasida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida saf ko‘rigi tashkil etildi.
Saf ko‘rigi jarayonida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, kiyim-boshining tozaligi va ozodaligi, shuningdek, yonlarida bo‘lishi zarur bo‘lgan xizmat guvohnomasi, svistok, oynacha, taroq hamda temir muhr kabi xizmat anjomlari mavjudligi tekshirildi.

Xodimlar bilan “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi
Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasida xodimlar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati IIB, IIV huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari hamda hibsxona hodimlari taklif qilinib, ular bilan davra suhbati tashkil etildi.
Uzoq yillik xizmatga ega hodimlar yosh xodimlarning muammo va takliflarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashdilar.