Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
524 subscribers
12K photos
2.01K videos
74 files
5.17K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Bilasizmi

💵 Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlanganda oilaning norasmiy daromadi qanday aniqlanadi?

🟢 Oilaning norasmiy mol-mulki yoki daromadini o‘rganish bo‘yicha yangi tizim joriy etilgan. Bunda, mahala raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi tomonidan nafaqa olayotgan oilaning yashash manziliga borib, o‘zga bir shaxsning nomiga rasmiylashtirib foydalanayotgan avtomashinasi, ko‘chmas mulki yoki uyidagi chorva mollari to‘g‘risida maʼlumotlarni monitoring qilish tizimi joriy etilgan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#bilasizmi

II-jahon urushi paytida boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari bo‘lgan 13 bola va urushdan so‘ng yana 3 bolani o‘z tarbiyalariga olishgan Shomahmudovlar oilasi haqidagi mashhur filmning nomi nima?
Anonymous Quiz
17%
Toshkent non shahri
2%
Berlin-Oqqoʻrgʻon
77%
Sen yetim emassan
3%
Shum bola
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog'liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo'lgan shaxslar sonidan qat'i nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so'mgacha) miqdorda bir martalik to'lov ajratiladi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#bilasizmi?

❗️Bugun 22-iyun yilning eng uzun kuni

Ya’ni quyosh eng erta chiqib eng kech botadi, bugun quyosh biz bilan 15 soatu 10 daqiqa bo‘ladi

Ertadan boshlab yana kunlar qisqara boshlaydi

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#bilasizmi

Jadidlar Turkistonda savodxon va mukammal kishilarni tarbiyalash borasida muhim deb hisoblagan fan bu …
Anonymous Quiz
4%
Texnika
46%
Adabiyot
30%
Falsafa
19%
Tarix
#Bilasizmi

Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:

🔹 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

🔹 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

🔹 5 yildan 10 yilgacha
ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

🔹 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

🔹 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari