Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
504 subscribers
13.2K photos
2.13K videos
75 files
5.38K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Bilasizmi

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o'limi) tez-tez ro'y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.

⚠️ Mazkur hududlar bo'yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg'oq bo'ylab cho'milishni taqiqlovchi belgilar o'rnatishi shart.

❗️Shuningdek, suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga taqiqlangan holatlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o'rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilangan.

✔️ Bunda, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ("Ayollar daftari" jamg'armasi) tashkil etilgan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

⚠️ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo'yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo'yicha doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

⚡️ Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 648 000 soʻm.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarining yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi 56 kalendar kun etib belgilangan.

📁Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔹1-o'rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so'm), o'qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so'm);

🔹2-o'rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so'm), o'qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so'm);

🔹3-o'rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so'm), o'qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so'm).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o'quv yili uchun direktor (rag'batlantirish) jamg'armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo'yicha tegishincha qo'shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari