Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
536 subscribers
14.1K photos
2.23K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

⚡️ Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 648 000 soʻm.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarining yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi 56 kalendar kun etib belgilangan.

📁Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔹1-o'rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so'm), o'qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so'm);

🔹2-o'rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so'm), o'qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so'm);

🔹3-o'rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so'm), o'qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so'm).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o'quv yili uchun direktor (rag'batlantirish) jamg'armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo'yicha tegishincha qo'shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotiga daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan daromad solig‘i olinmaydi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari