Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
534 subscribers
14.1K photos
2.24K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Bu_kun

1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
#bu_kun

30 yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan
kun

Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan. O‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlab, muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklarini qo‘lga kiritdi. 1991-yil 29-dekabrdagi birinchi umumxalq saylovida O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etdi va Samarqandga dafn etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, har yili 30-yanvar kuni keng nishonlanadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

Bugun, 30-yanvar – Oʻzbekiston Xalq Artisti Ortiq Otajonov tugʻilgan kun

O.Otajonov 1947- yil 30-yanvar kuni Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini va Toshkent madaniyat institutini tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov, shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

3-fevral - Iste'dodli adib Tog‘ay Murod tavallud topgan
kun(1948-2003).

 Iste'dodli adib Tog‘ay Murod adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida kirib kelgan. Uning asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lib,   Tog‘ay   Murod   adabiy   taxallusidir. U 1948-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xo‘ja Soat qishlog‘ida dunyoga kelgan.
1976 yilga kelib Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» degan ilk qissasi «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgach, kitobxonlar og‘ziga tushadi. Ketma-ket adibning «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980) va «Momo Yer qo‘shig‘i» (1985) kabi o‘zbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keladi. Ular ham yuksak baholanib, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining  Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#BU_KUN

2-mart - Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlgan kun

Bu bundan roppa-rosa 32 yil avval amalga oshirilgan edi. 1992-yil 2-martda BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/vol

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

17-aprel – Matematik va astronom Ali Qushchi tavallud topgan kun.

Ali Qushchi 1403-yili 17- aprel Samarqandda tavallud topgan. Uning asl ismi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy. Ali Qushchi Ulug’bek saroyida qushlarga qarovchi Muhammad ismli kishining o’g’li bo’lganligi uchun unga Qushchi laqabi berilgan. Mirzo Ulug’bek vafotidan so’ngra rasadxona ishlari to’liq Ali Qushchinig zimmasiga tushgan.Ali Qushchi 1472-yilda Istanbuldagi Ayya Sofiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlangan.U shundan so’ng riyoziyot, falakkiyot, adabiyot, musiqa va boshqa fanlardan risolalar yozadi.Qisqa vaqt ichida ko’plab shogirdlar yetishtirib chiqaradi. Uning “Risolai qusur”(“Kasirlar risolasi”), “Sharqi Miftoh al-ulumi Taftazoniy”(“Taftazoniyning “Miftohal-ulum”ining sharxi”),  “Risola dar ilmi hay’at”(“Astranomiya ilmi haqida risola”) kabi asarlari matematika, astranomiya fanlarining rivojida katta ahamiyat kasb etadi.Ali Qushchi  1474-yili Turkiyada vafot etadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan.

Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi.

Botir Zokirov 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi. U kuylagan opera ariyalari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari, xorij shlyagerlari oʻz davrida dunyo boʻylab tarqaldi. Xonandaning repertuaridan milliy qoʻshiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qoʻshiqlar ham joy olgan.

Oʻzbek estrada sanʼatining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bogʻliqligini taʼkidlash oʻrinli. Shuningdek, B.Zokirov tasviriy sanʼat, rejissura sanʼatlarida ham iqtidorli boʻlgan.

Xonanda 1985-yil 23-yanvarda olamdan oʻtgan. Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni
.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

4-may – Xalqaro oʻt oʻchiruvchilar kuni


Bu kun 1999-yilda Xalqaro oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar assotsiatsiyasi (CTIF) kongressida tashkil etilgan boʻlib, oʻt oʻchiruvchilarning jamiyatdagi muhim rolini nishonlashga moʻljallangan.

O‘t o‘chiruvchilar shahar va qishloqlarimiz hayoti va mulkini himoya qiluvchi insonlardir. Ular nafaqat yong'inlarda, balki favqulodda vaziyatlarda, yoʻl-transport hodisalarida, zilzilalarda va boshqa ofatlarda ham ishlaydi.

Oʻt oʻchiruvchilar kunida biz boshqalar uchun oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyishga tayyor bo'lgan bu jasur odamlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirishimiz mumkin.

Shunday ekan, bu kunda yongʻin xavfsizligi xizmatlari tufayli o‘zimizni uylarimizda, ko‘chalarda yanada himoyalangan va xavfsiz his qilayotganimizni unutmasligimiz kerak.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

12-may — Xalqaro hamshiralar kuni


Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

Bugun, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.

🔹Har yili 5-iyunda o‘tkaziladigan Atrof-muhitni muhofaza kuni BMTning butun jahon jamiyati e'tiborini atrof muhitni muhofaza muammolariga jalb qilishdan iborat.

🔹Bu bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muhofaza qilish  bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi.  

🔹Bu kunning nishonlanishi har bir insonni atrof-muhitni muhofaza qilish uchun o‘z hissasini qo‘shishga undaydi.

🔹Bu kun butun dunyoda ananaga aylangan bo‘lib, bu kunda ko‘chalarda mitinglar, velosipedchilarning paradlari, ochiq maydonlarda konsertlar, maktablarda turli ko‘rik tanlovlar  va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi, shuningdek bu kunda daraxtlar, gullar ekiladi, maydonlar tozalanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#bu_kun

13 avgust – Usmon Azim tug‘ilgan kun.

Usmon Azimni xalqimiz sevimli shoir, ardoqli dramaturg, yozuvchi, kinosenariychi, yuksak badiiy mahoratli tarjimon sifatida yaxshi biladi va hamisha qadrlaydi.
Usmon Azim 1982-yili shoirlarning xalqaro bellushuvida Gruziyaning Viladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shundan so‘ng O‘zbekiston radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976-1988), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988-1989), O‘zbekiston Prezidenti devonida (1991-1994), “Savdogar” gazetasida (1995-1999) turli vazifalarda ishladi. 2003 yildan O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida adabiy bo‘lim mudiri vazifasida xizmat qilmoqda.
Shoir 1979 yilda chop etilgan “Insonni tushunish” ilk she’riy kitobi bilan adabiy jamoatchilik e’tiborini qozondi. Shundan so‘ng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Ko‘zgu” (1983), “Surat parchalari”, “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “Gʻaroyib ajdarho” (1990), “Uyg‘onish azobi” (1991), “Gʻussa”, “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yo‘q ekan” (1995), “Kuz” (2001), “Fonus” (2007), “Yurak” (2009) kabi she’riy kitoblari, “Jodu” (2003) nasriy to‘plami, “Adibning umri” (2011), “Jimlik” (2012) dramatik asarlari bosildi.
“Saylanma” (1995), "Tanlangan asarlar" (2021) hamda ko‘p jildlik she’riy kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. “Kuz” va boshqa o‘nlab to‘plamiga kirgan betakror she’rlari, dostonlari kitobxon qalbidan joy egalladi.
Usmon Azim jahonning Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vasiyetis, Marsinkyavichyus kabi o‘nlab shoirlari ijodidan namunalarni ona tilimizga yuksak badiiy mahorat bilan o‘girdi. O‘z navbatida o‘zining she’rlari ham fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilindi. Ko‘plab she’rlari elimizning sevimli hofiz va xonandalari tomonidan ijro etib kelinadi.
Radiodramaturgiya sohasida “Baxtli bo‘laylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” asarlarini yaratganidan so‘ng drama janrida “Kunduzsiz kechalar” (1998), “Alpomishning qaytishi” (2000), “Bir qadam yo‘l” (2002), “O‘tgan zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005) nomli pyesalari sahnalashtirildi. Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda o‘tgan xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. “Alpomishning qaytishi” asari uchun 1999 yilning “Eng yaxshi dramaturg”i deb e’tirof etildi. Ssenariylari asosida “Sevgi” (1998), ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) nomli badiiy filmlar suratga olindi. “Alpomish”ning kinotalqini uchun Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotga loyiq ko‘rildi.
Usmon Azimning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O‘zbekiston xalq shoiri” (2000) faxriy unvoni, “Do‘stlik” (1997), "El-yurt hurmati" (2020) ordenlari bilan mukofotlandi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari