Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
534 subscribers
14.1K photos
2.24K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

Bugun, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Uchqun Boymonov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu: Tumanda ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
.

Qo‘shrabot tumanida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar jami 57 561 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha va maktab ta’limiga qamrov darajasi 35 387 nafar (61,4%).

Bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar soni chin yetimlar 40 nafar, voyaga yetmagan ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 188 nafar, nogironligi bo‘lgan bolalar soni 834 nafar, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi bolalar 79 nafar, to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar 409 nafar, ota-onasi xorijiy mamlakatlarga (migrant) ishlashga, o‘qishga yoki boshqa maqsadlarda ketgan bolalar 72 nafarni tashkil etadi.

👉Batafsil

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#matbuot_anjumani

Bugun, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi rahbari Shavkat Ziyaddinov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qo‘shrabot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Batafsil:👉https://telegra.ph/Matbuot-anjumani-04-23

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#Matbuot_anjumani

Qo'shrabot tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi bosh mutaxissisi Elyor Salimov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Mavzu: Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishhlar to'g'risida.

Batafsil: https://telegra.ph/Qoshrabot-tumani-Ekologiya-atrof-muhitni-muhofaza-qilish-va-iqlim-ozgarishi-bolimi-bosh-mutaxissisi-Elyor-Salimov-ishtirokida-ma-05-10

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#Matbuot_anjumani

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni auksion savdolariga chiqarish mavzusi yuzasidan tuman kadastr palatasi boshlig‘i Shaxobiddin Turdiyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qo‘shrabot tumani bo‘yicha Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarildi.
Xususan:
Tuman qurilish bo‘limi bilan birgalikda bo‘sh yer uchastkalarini aniqlab, “Yerelektron” AATga jami: 450 ta (11,4 gektar) yer uchastkasi kiritilib, auksion savdosiga 134 ta (4,9 gektar) lot chiqarildi. Qolgan 243 ta yer uchastka tashkilotlar muhokamasida va 52 ta yer uchastka tegishli tashkilotlar tomonidan rad etilgan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Matbuot_anjumani

Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Bekzod Siddiqov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu: O‘zboshimchalik holatlariga chek qo‘yish borasida olib borilgan ishlar.

O‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etilishi yuzasidan yer qonunbuzilishi holatini sodir etgan fuqarolarga nisbatan bo‘lim tomonidan yozma ko‘rsatma va ogohlantirishlar berilishi natijasida 111 ta holatda 10,121 ga yer maydonlaridagi o‘zboshimchalik holatlari ixtiyoriy bartaraf etilib, dastlabki holatiga qaytarilishi ta’minlandi.

Berilgan ogohlantirish va tegishli ko‘rsatmalardan tegishli xulosa chiqarmasdan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini o‘z holiga qaytarilmaganligi yuzasidan 26 ta holatda 12,16 ga yer maydondagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli sud idoralariga noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonlarini yer egalari ixtiyoriga qaytarilishi to‘g‘risida da’vo arizalar kiritildi.

👉Batafsil:

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Matbuot_anjumani

Suyultirilgan gaz taʼminotidagi ID kartalardan foydanish tartibi haqida “Qo‘shrabottumangaz” taʼminoti boshlig‘i Akmal Egamqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan suyultirilgan gaz ta’minotida avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgach xarid uchun iste’molchidan naqd pul qabul qilishga chek qo‘yildi. Hozir iste’molchi gaz ballon olganida unga taqdim qilingan ID-kartadan 32 000 so‘m yechiladi. Abonentlarga berilgan ID-kartalar “Ye-gaz” onlayn tizimiga ulangan bo‘lib, ID-kartada iste’molchining oxirgi marta qachon gaz ballon bilan ta’minlanganligi “Ye-gaz” onlayn tizimida ko‘rinib turadi.

Bitta xo‘jalikka faqat bir dona gaz ballon beriladi. Iste’molchilarning suyultirilgan gaz ta’minoti uchun “Ye-gaz” tizimini faollashtirishda aloqa xizmati yaxshi bo‘lgan hududlarda “online”, aloqa yaxshi bo‘lmagan hududlarda “ofline” tizim yo‘lga qo‘yilgan.

👉Batafsil:

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Matbuot_anjumani

Qo‘shrabot tumani hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida olib borilayotgan laboratoriya tekshiruvlari to‘g‘risida Qo‘shrabot tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Abbos Narzullayev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

👉Batafsil:

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari