O‘zimga maslahat..!
40 subscribers
1 link
Qopdagi mayizdan olishga qo‘rqqan xalq bir mayizni qirq bo‘lib yeyishga mahkum.


https://t.me/+u9cOby2OMBU2MzQ6
Download Telegram
Qadr


Hammadan yordam kutish

Yaxshiliklarga javob so`rash

Bahonalar bilan vaqtincha ovunish




Hammaga yordam berish

Qadrlamaydiganlarga sarf bo`lish

Bahonalarni eshitish


***

Yuqoridagilar charchatadi.
Kamroq ish qiling.

@Islomjon_Uljayev
Amal qilmayapmanku deb o'rganmay qo'yish ham o'rganishga amal qilmaslikdir. @Islomjon_Uljayev
Iymoni zaif kishiga gunohlar zarurat tuyuladi. @Islomjon_Uljayev
Kibr_yo


O’qish yoki hunar o’rniga “juftlashish mavsumi”da kezib yurganlar

Ishonch o’rniga pulni ustun bilayotganlar

Ozginadan ko’zini yog’ bosayotganlar

O’tkinchi ishlardan obro’sini ko’z-ko’z qilayotganlar

So’zlari va amallari o’rniga boshqalar hayoti muhokamasida daydib yurganlar


Darbadarlar, sarson-sargardonlar.


Hali o’yin oxiriga yetmadi, deyarli boshlanmadi ham.

Yo’lda ko’rishamiz!

@Islomjon_Uljayev
Baxtsizlar baxt izlar



Ijtimoiy tarmoqlarda doimo faol

Profilida quvonchli kunlardan rasmlari bor

Hikoyalarida har yerdan sayohatlar;

mashina oldidagi surat, gullar quchib tushilgan surat, qimmat kofe ichayotganidan surat

Bloglari ham bor ularning, “shaxsiy”, sug’ur kuniga o’xshash hayotlarini bayon qilish uchun


Ular kinolardagi asosiy qahramondek e`tibor markazida bo`lishni istaydilar

Ularga doim qiziqishlarini, tan olinishni, sevilish, munosib ko`rilishni, taqdirlanishni hoxlaydilar

Diniy jumlalardan iqtibos joylaydilaru, insonlar ishqida yonib yashaydilar



Ular yolg`onchilar, baxtsizlar. Sevilishga arzimaydiganlar, munosib bo`lmaganlar aslida.


chunki,

Baxtli inson tongda turib, oynaga qarab, baxtli ekanligi haqida gapirib o`tirmaydi, chunki, u shundoq ham baxtli.
Mark Menson


@Islomjon_Uljayev
Sizdagilarni qadrlamaydigan inson sizni ham qadrlamaydi. @Islomjon_Uljayev
Ishqdan boshqa ishi yo`qlar, ishq bilan ishi yo`qlardir. @Islomjon_Uljayev
Tanlangan odam


Akasining istaklari uchun o’z hoxishlaridan voz kechgan, umrini tikkan ukalar ko’rinmaydi


Yetmay qolgani uchun shunchaki turmushga chiqishi kerak bo’lgan singillar ko’rinmaydi


Mazza qilib yashash o’rniga, yana farzandiga tikkan otalar ko’rinmaydi


Hammasini birdek sevsada, bittasini tanlashga majbur bo’lgan onalar ko’rinmaydi


Dorilari o’rniga nevarasiga oyoq kiyim olib bergan bobo-buvilar ko’rinmaydi



Ular- umidlarini bizga topshirganlar.


Ko’rinmaydiganlarni qadrlang!

@Islomjon_Uljayev
Birinchi yo’lni ko’rsat, ikkinchisidan yur. @Islomjon_Uljayev
Aytilmagan ishlarni qiling. Aytmaydiganlardan o’rganing. @Islomjon_Uljayev
Yolg’onlarimizga ko’nganimiz uchun do’stmiz. @Islomjon_Uljayev
Qilmaydiganlar kuchliroq



Topga chiqqanlarning aksari hayotiy prinsiplarini jamiyatga teskari qurishgan



Ular tongda barvaqt yoki kech turish mavzusida bosh qotirishmaydi, qachon uyg’onishsa ham ishlariga sho`ng`iydilar


Ishdan dam olish haqida o`ylamaydilar, ishini dam olishga aylantirishadi


Ko`proq pul topishni emas, kam sarflashni shakllantirishadi


Kamroq suhbatlar emas, maroqli suhbatlarni afzal bilishadi


O`rganish yoki o`rgatishdan birini tanlamaydilar, ikkisini ham qilishadi


Ishlamaydilar, ishlatishga intilishadi


Boy bo`lish haqida kitob o`qishmaydi, yozishmaydi ham. To`g`ri sarflashni o`rganishadi


Kutishni yomon ko`rishmaydi, kuttirmaslikka harakat qilishadi



O’zimizni so’roqqa tutish oson.
Shunchaki, barcha ishlarimizga shubha bilan nazar solish kifoya.

@Islomjon_Uljayev
Hamma bizni to’g’ri tushunaversa gunohlarimiz ko’payib ketar edi. @Islomjon_Uljayev
Kichik janjal katta janjaldan

Kichik musibat katta musibatdan

Kichik yo`qotish katta yo`qotishdan

saqlaydi;



Kichik yaxshilik katta yaxshiliklarga

Kichik mehr katta muhabbatlarga

Kichik fidoiylik katta rag'batlarga

olib boradi.


Kichiklarida e’tiborli bo`ling.

@Islomjon_Uljayev
Pul sababli yo‘qotilgan hurmatni pul bilan tiklab bo‘lmaydi. @Islomjon_Uljayev
Tushunib yetilgan xatolar insonning boyligidir. @Islomjon_Uljayev
Inson o‘ta og‘ir baxtsizlik davrida jasorat emas, balki o‘ta kuchli befarqlikni namoyon qiladi. @Islomjon_Uljayev
O‘z g‘ururing oldida javobsiz qolgandan ko'ra, o‘zgalarni javobsiz qoldirgan maqbul. @Islomjon_Uljayev
Sevgi - rozi bo'lishdir. @Islomjon_Uljayev