Sohibaxon Xasanova | Islom Moliyasi
538 subscribers
18 photos
4 files
10 links
Islom moliyasi asoslari,
halol investitsiya va moliyaviy savodxonlik

πŸ“Š Amaliy bilimlar | πŸ“ˆ Tahlillar

Murojaat uchun: @S_Khasanova
Download Telegram
Sohibaxon Xasanova | Islom Moliyasi
AAOIFI Shariaa-Standards-ENG.pdf
Standardlarning to'liq ingliz tilidagi shakli
πŸ‘7❀2πŸ‘1πŸ•Š1
Bugun kitobni to'liq shaklini o'zbek va rus tillarida ham yuborishni reja qilayapmiz.
Sizlarga qiziqmi?
Anonymous Poll
94%
Ha albatta
15%
Inglizchasini o'zi yetarli
πŸ₯°5πŸ‘2πŸ”₯1πŸ•Š1
Sukuk oddiy obligatsiyadan nimasi bilan farq qiladi?

"Sukuk β€” Islomiy obligatsiya."


Bu ta'rifni ko'p uchratamiz. Qulay ta'rif, lekin to'liq emas. Chunki Sukuk va obligatsiya bir xil maqsadga xizmat qilsa-da, ularning huquqiy asoslari, daromad modeli va investorning o'rni keskin farqlanadi.

Keling, buni oddiy misolda ko'ramiz.

Sizda 100 million so'm bor.
Uni kompaniyaga qarz berdingiz. Bir yil o'tgach kompaniya asosiy summani ham, oldindan kelishilgan 15 foizlik daromadni ham qaytaradi.

Investor uchun natija oldindan ma'lum. Kompaniya foyda ko'rdimi yoki yo'qmi, bu daromad miqdorini o'zgartirmaydi.

Obligatsiya aynan shu tamoyil asosida ishlaydi.

Endi boshqa vaziyat.
Xuddi shu mablag' evaziga ofis binosi xarid qilindi va ijaraga berildi.

Investorning daromadi ijara tushumidan shakllanadi. Demak, pul emas, aktiv daromad keltiryapti.

Sukukning markazida ham aynan shu yondashuv turadi.

Bu farq investorning maqomida ham ko'rinadi.
Obligatsiya egasi β€” kreditor.

Sukuk egasi esa muayyan aktiv yoki loyiha bilan bog'liq manfaat egasi hisoblanadi.

Natijada moliyalashtirish real iqtisodiy faoliyat bilan bog'lanadi.

Sukukning turli tuzilmalari mavjud. Biroq ularni birlashtirib turadigan bitta umumiy qoida bor:

Daromad real iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga kelishi kerak.

Gap moliyani aktiv, ishlab chiqarish, xizmat va haqiqiy qiymat yaratish bilan bog'lashda.
πŸ”₯8❀5πŸ‘3πŸ‘3πŸ•Š1
Nega Islom moliyasida risk taqsimlanadi?

Islom moliyasining asosiy tamoyillaridan biri shuki:

Kim foyda olsa, riskni ham o'z zimmasiga olishi kerak.


Masalan, foizli qarzda kreditor daromadini oldindan kafolatlaydi. Biznes zarar ko'rsa ham, qarzdor foizni to'lashi kerak. Ya'ni, risk asosan bir tomonda qoladi.

Islom moliyasida esa sheriklik (musharaka) yoki investitsiya asosidagi bitimlarda foyda ham, risk ham tomonlar o'rtasida taqsimlanadi.

Agar loyiha muvaffaqiyatli bo'lsa β€” foyda bo'linadi, zarar bo'lsa β€” u ham kelishilgan qoidalar asosida taqsimlanadi.

Shuning uchun Islom moliyasi kafolatlangan daromadni emas, adolatli risk taqsimotini qo'llab-quvvatlaydi.

@IslamicFinancce
❀4πŸ”₯4πŸ•Š1
#yangilik

Openbank va First Abu Dhabi Bank o'rtasidagi korrespondent hisoblar nimani anglatadi?

O'zbekistonning Openbank'i BAAdagi First Abu Dhabi Bank bilan korrespondent hisoblar ochdi.

Xo'sh, bu nimani anglatadi?

Korrespondent hisob β€” bu ikki bankning xalqaro to'lovlar, valyuta hisob-kitoblari va savdo operatsiyalarini tezroq hamda ishonchliroq amalga oshirishiga xizmat qiladigan banklararo hamkorlikdir.

Agar ushbu hamkorlik Islom moliyasi mahsulotlarini ham qamrab olsa, bu O'zbekistonda:

β€” islom moliyasi infratuzilmasining rivojlanishi;
β€” xalqaro shariatga mos moliyaviy operatsiyalarning kengayishi;
β€” xorijiy investorlar bilan hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishi mumkin.

Albatta, korrespondent hisobning o'zi bankning to'liq Islom bankiga aylanganini anglatmaydi. Biroq bu xalqaro moliyaviy integratsiya va Islom moliyasi ekotizimi rivoji yo'lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanishi mumkin.

@IslamicFinancce
❀4πŸ”₯4⚑1πŸ‘1πŸ•Š1πŸ†1
Forwarded from Markaziy bank
Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi

πŸ”˜ Markaziy bankda Islomiy moliya faoliyati bilan bogΚ»liq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tashkil etildi. Kengash islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koβ€˜rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari, Omonatlarni kafolatlash agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning kollegial organi hisoblanadi.

πŸ”˜Kengash tarkibi Islom huquqi boΚ»yicha mutaxassis va texnik ekspert boβ€˜lgan 5 nafar a’zodan iborat.

Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

βœ… islomiy moliya standartlari loyihalarini islomiy moliya boΚ»yicha xalqaro standartlar va mahalliy kontekstni inobatga olgan holda ishlab chiqadi;

βœ… Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari yuzasidan xulosa va maslahatlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda koβ€˜maklashadi, sohada yuzaga keladigan nizolar hamda bahsli masalalar boβ€˜yicha tushuntirish va izohlar beradi;

βœ… banklar va mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya faoliyati bilan bogβ€˜liq tavsiyalar va koβ€˜rsatmalar beradi, ular bilan davriy maslahat uchrashuvlarini oβ€˜tkazadi;

βœ… AAOIFIning yigβ€˜ilishlarida Markaziy bank nomidan qatnashadi va zarur hollarda AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalariga oβ€˜z takliflari va munosabatlarini taqdim etadi.


Kengash har yili Markaziy bank boshqaruviga oΚ»z faoliyati boβ€˜yicha yillik hisobotni taqdim etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘6❀5⚑1πŸ‘1πŸ•Š1πŸ†1
🌍 Sukuk bozori 2026-yilda $280 milliardga yetishi mumkin

S&P Global Ratings 2026-yilda global Sukuk emissiyasi 270–280 milliard AQSH dollarini tashkil etishi haqidagi prognozini o'zgartirmadi.

Bu prognoz shuni anglatadiki, global investorlarning shariatga mos moliyaviy instrumentlarga bo'lgan qiziqishi yuqoriligicha qolmoqda.

Sukuk bozori o'sishini qo'llab-quvvatlayotgan asosiy omillar:

β€’ Fors ko'rfazi mamlakatlarida infratuzilma loyihalari;
β€’ Islom banklarining likvidlikka bo'lgan ehtiyoji;
β€’ Davlat va korporativ emitentlarning Sukuk orqali mablag' jalb qilishni davom ettirayotgani.

Bugungi kunda Sukuk bozori endi faqat musulmon davlatlarining moliyaviy vositasi emas, balki global kapital bozorining muhim segmentlaridan biriga aylanmoqda.

https://t.me/IslamicFinancce
πŸ”₯5πŸ‘1πŸŽ‰1πŸ•Š1πŸ†1
Openbank AJ Turkiyaning Aktif Bank bilan turk lirasi (TRY) valyutasida korrespondent hisob ochganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi.

Mazkur hamkorlik Openbank'ning xalqaro to'lov infratuzilmasini yanada rivojlantirib, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni tezkor, xavfsiz va samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, ushbu korrespondentlik aloqasi xalqaro hisob-kitoblar ko'lamini kengaytirish hamda ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

O'zbekistondagi birinchi to'liq raqamli va shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank sifatida Openbank xalqaro korrespondent banklar tarmog'ini izchil kengaytirish hamda mijozlari va hamkorlariga zamonaviy, ishonchli va yuqori sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etishni ustuvor yo'nalish sifatida belgilagan.

@IslamicFinancce
❀4πŸ‘3πŸ•Š2πŸ†2⚑1
Shariaa-Standards-rus.pdf
5.3 MB
πŸ‘5πŸ₯°2πŸ‘1πŸ•Š1πŸ†1
Sohibaxon Xasanova | Islom Moliyasi
Shariaa-Standards-rus.pdf
Standardlar rus tilda
πŸ”₯5πŸ‘1πŸ₯°1πŸ‘1πŸ•Š1
Islom Moliyasidan sertifikat olishni reja qilganlar bormi?
Anonymous Poll
80%
Ha topshirmoqchiman
20%
YoΚ»q, shunchaki qiziqaman
Islom Moliyasidan mutaxassislik boΚ»yicha xalqaro sertifikatlar quyidagilar:

CPSS – AAOIFI Shariat standartlarini bilishingizni tasdiqlovchi sertifikat.

CPAAGE – Islom moliyasida audit, boshqaruv va etikani qamrab oladi.

CPFAS – AAOIFI moliyaviy hisobot standartlari bo'yicha sertifikat.

CIPA – Islom moliyasi buxgalterlari uchun xalqaro professional kvalifikatsiya.

CSAA – Shariat maslahatchisi va Shariat auditori uchun sertifikat.

CSE – Islom moliyasida yuqori darajadagi Shariat eksperti sertifikati.

@IslamicFinancce
❀8πŸ”₯2πŸ•Š1
Tez orada sizlarga Islom Moliyasini o'rganishni osonlashtiradigan dastur taqdim etish ustida ishlayapmiz.

Sizlarga qiziqmi?
Anonymous Poll
99%
Ha albatta
1%
Unchalik emas
πŸ”₯3πŸ•Š3