Invoice yangiliklari
523 subscribers
3 photos
1 video
5 files
16 links
Download Telegram
invoice.uzasbo.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtda koʻrsatilgan login va parolni esdan chiqargan boʻlsangiz, tizimga quyidagi tartibda kirish mumkin:

- 1-usul. Imzo bilan kirish tugmasi bosiladi va tashkilotga tegishli elektron raqamli imzo kaliti tanlanib kiriladi.

- 2-usul. Parolni esdan chiqardingizmi tugmasi bosiladi (bu funksiyadan foydalanish uchun loginni bilish zarur) va login kiritiladi. Soʻngra shu foydalanuvchi biriktirilgan tashkilot STIR ekranda chiqadi, roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan telefon raqamning dastlabki uchta raqami koʻrinadi, qolgan toʻrtta raqami qoʻlda kiritiladi va SMS yuborish tugmasi bosiladi. SMS tarzida kelgan tasdiqlash kodi tegishli joyga kiritiladi va yangi parol yaratiladi.

Tizimga kirgandan soʻng ham login va parolni, telefon raqamni almashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun chap tomonda Tashkilot nomli menyu topiladi va undan Foydalanuvchilar qismiga kiriladi. Shu yerda tashkilotda ochilgan foydalanuvchilarning loginlari roʻyxati koʻrinib turadi. Tegishli loginning soʻnggidagi tahrirlash tugmasi bosiladi va ochilgan oynada yangi parol o'rnatish imkoniyati mavjud.

Agar maʼlum bir hisobvaraq-fakturalar boshqa operatorlarda koʻrinib, invoice.uzasbo.uz da koʻrinmayotgan boʻlsa, unda oʻng tomondagi Hujjatlarni sinxronizatsiyalash tugmasidan foydalanish kerak boʻladi.

👇 Shuningdek, tizimda ishlash bilan bog'liq quyidagi manzillarda ham tegishli ma'lumotlar qo'yilgan (bunga deyarli bir yil bo'lyapti):

invoice.uzasbo.uz - elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimida ro'yxatdan o'tish tartibi

invoice
.uzasbo.uz - elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimida hisobvaraq-fakturalarni gʻaznachilik organlariga joʻnatish tartibi.

invoice
.uzasbo.uz - elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimida ishonchnomalarni elektron joʻnatish tartibi.
Forwarded from Pro Bux | Life hacks |
Invoice.uzasbo.uz-2.doc
7.6 MB
электрон счет фактуралар бўйича қўлланма
Invoice.uzasbo.рус-2.docx
7.8 MB
инструкция по электронному счету-фактуре‼️
Forwarded from Никита
invoice_uzasbo_uz_da_ishonchnoma_tuzish_va_jo'natish_tartibi.avi
20.7 MB
invoice.uzasbo.uz da ishonchnoma tuzish va jo'natish tartibi (Узбек тилида)
Заполнение_и_отправка_доверенностей_в_invoice_uzasbo_uz.avi
20.9 MB
Пошаговое руководство по заполнению и отправке доверенностей в invoice.uzasbo.uz
Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha yangi imkoniyatlar.

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) tizimi yashirin iqtisodiyotning oldini olishda eng faol tizimlardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur tizim realizatsiya qilinayotgan tovarlar real hajmini to‘laqonli nazorat qilish, iqtisodiy jarayonlarni onlayn kuzatish, tahlil qilishga zamin yaratmoqda.
Tizim, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlari va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonini ham soddalashtirib tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda.
https://invoice.uzasbo.uz/ axborot tizimida qilingan eng oxirgi qo‘shimcha va o‘zgarishlar

1. Asosiy oynada korxona holati – aylanmadan olinadigan soliq (AOS) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi ekanligi aks ettiriladi.
Bunda QQS guvohnomasi faol yoki nofaolligi, shuningdek bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. Kontragentlar holati haqidagi xuddi shu kabi maʼlumotlar ham ko‘rinib turadi. Ushbu imkoniyat tashkilotning EHF ni yaratish jarayonida ham aks ettiriladi shu bilan birgalikda xaridorning ham joriy holati aks ettirib turiladi.

2. Bosh sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar;
2) “0 stavka”da realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar;
3) Imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar;
4) “0 stavka”da xarid qilish huquqiga ega korxonalar.

3. Tovar uchun identifikatsiya kod (MXIK) tanlanganda bozorning barcha ishtirokchilari uchun mahsulot nomi bir xil bo‘lishi taʼminlandi. Yaʼni tovar nomi o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, MXIKka mos o‘lchov birligini massiv sifatida tanlash imkoni ham yaratildi. Yaʼni tovar hajmini, masalan, og‘irligini gramm, kilogramm yoki tonnada aniq ko‘rsatish mumkin.
EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satr) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 483-sonli qarori asosan
tovar-transport yukxatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimi yaratildi.
5. Excel orqali fayllar yuklash tezligi hamda ommaviy tarzda fayllarni ERI kaliti orqali imzolab jo’natish tezligi karrasiga oshirildi. Endilikda 1000 birlikdagi EHFlarni bemalol 1.5-2 daqiqa ichida imzolab jo’natish imkoniyati mavjud. Bunda har bir Tovar yoki ish xizmatning MXIK kodi bilan mos kelishi kerakligi hamda Rouming operatoriga uzatilayotgan tovar pozisiyalari bo’yicha ma’lumotlar alohida algoritm orqali ishlab chiqildi. Fayllar importida yuborilmay qolgan fayllar protokolini (fayllar logini) ko’rish imkoniyati yaratildi.
Forwarded from San'at Xazratkulov
📢Kontragentlarni tanlash chog‘ida soliq organlarida mavjud bo‘lgan maʼlumotlarni qo‘shimcha ravishda berish maqsadida, EHFda yetkazib beruvchi va xaridor rekvizitlarining tagida ularning soliq uzilishlari koeffitsiyenti (0,00 dan 1,00 gacha) to‘g‘risidagi maʼlumotlar beriladi.

Bunda, koeffitsiyentlar:

🟩0,00 dan 0,20 gacha bo‘lganda “yashil” rangda (rgba: 143,212,70,.7);
🟧0,21 dan 0,40 gacha bo‘lganda “apelsin” rangda (rgba: 253,164,1,.7);
🟥0,41 dan 0,60 gacha bo‘lganda “och qizil” rangda (rgba: 239,69,68,.7);
🛢0,61 dan 1,0 gacha bo‘lganda “to‘q qizil” rangda (rgba: 138,1,1,.7) aks ettiriladi.

⚡️Soliq uzilishi bu budjetga QQS to‘lamagan yoki o‘zaro operatsiyalarini EHFda aks ettirmagan yoxud soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan ushbu kontragentlardan olingan EHFlar asosida hisobga olinadigan QQS summalarini o‘zining soliq hisobotida aks ettirish tushuniladi.
Forwarded from San'at Xazratkulov
* faktura tipi dop va summasi 0 bolsa kaznaga yuborish qismini ishlatmasdan qabul qilish mexanizmi qo'shildi.
* QQS to‘lovchi guvohnomasi bekor qilingan (to‘xtatilgan) sanadan boshlab EHF yozish
imkoniyatini cheklash qo'shildi.
* Soliq to'lovchilar haqida qo'shimcha ma'lumotlar bo'limiga quyidagilar qo'shildi :
- Hisobga olinmaydigan tovarlar.
- Qoplanadigan xizmatlar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
invoice.uzasbo.uz Ishonchnoma (JSHSHIR orqali) jo'natish tartibi. https://t.me/Invoicenew
invoice.uzasbo.uz da quyidagi o'zgarishlar kiritildi:

YTTga ishonchnoma va hisobvaraq-faktura yuborishda uning JSHSHIRni tanlab bo'lmasdi, avtomatik tarzda STIR asosida chiqib qolardi. Shu holat to'g'rilandi.

Ishonchnomani ro'yxatdan tanlab emas, uni ochib jo'natishda ham ekranda chiqadigan kompyuterda mavjud ERI kalitlarini qidiruv berib topish imkoni qilindi

Agar shartnoma bo'yicha xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar nomi birdan ortiq bo'lsa, unga nisbatan hisobvaraq-faktura tuzishda esa faqat ma'lum bir tovar (ish, xizmat)largina qoldirilib, qolganlari o'chirib yuborilsa, mazkur hujjatni g'aznachilik organlarida ro'yxatdan o'tkazib bo'lmayotgandi. Chunki shu vaqtgacha tovar (sih, xizmat)ning shartnomadagi tartib raqami bo'yicha ma'lumotlar o'zaro almashinilmasdi. Shu holat to'g'rilandi va endi avvalgidek hisobvaraq-faktura tuzishda ro'yxatda chiqayotgan tovar (ish, xizmat)larni aslida olinmagan bo'lsada ro'yxatda miqdorini 0 qilib qoldirish talab etilmaydi.

Hisobvaraq-faktura va ishonchnoma tuzishda lot raqami ko'rsatiladi va bunda shu paytgacha tegishli savdo maydoni turi birinchi tanlanardi va undan keyin lot raqami terilardi. Natijada qaysi savdo maydoni ekanligini tanlashda tushunmovchiliklar kelib chiqardi. Endilikda lot raqami birinchi kiritiladi va unga tegishli savdo maydonini tizim o'zi avtomatik tarzda chiqarib beradi.

Qurilish hisobvaraq-fakturasining hisob-kitob jadvali va qurilish hisobvaraq-fakturasi ma'lumoti qo'shildi.

Ba'zi hisobvaraq-fakturalarni qabul qilishda uning statusi xato ekanligi bo'yicha ogohlantirish chiqib, qabul qilish imkoniyati bo'lmasdi. Endilikda hisobvaraq-faktura oynasida mazkur hujjatning my.soliq.uz tizimidagi joriy holatini yangilash bo'yicha tegishli tugma qo'shildi va bu orqali o'sha hujjatning holati my.soliq.uz dagi bilab bir xil qilib olinadi va ma'lum vaziyatlarda chiqayotgan xatoliklarning asl sababi to'g'risida xulosa qilish mumkin bo'ladi.

Katalogga yangi ma'lumot qo'shishda shu vaqtgacha qidiruv berilsa, ekranda tegishli sinf nomi va MXIK kodinigina ko'rsatardi va uning aslida nima ekanligini bilib bo'lmasdi. Endilikda esa pozitsiya osti nomi, brend nomi va atribut kabi ma'lumotlar ham chiqadigan qilindi va mazkur ma'lumotlar u katalogga qo'shilgandan keyin ham ko'rinib turadi.

@uzasboyangiliklari
https://t.me/Invoicenew
Forwarded from mf_bot
“UzASBO” dasturiy majmuasi faoliyati yuzasidan Moliya vazirligi tomonidan rasmiy munosabat
❗️invoice.uzasbo.uz 20.10.2023 dagi TAKOMILLASHTIRISHLAR❗️

🇺🇿 Hurmatli foydalanuvchilar, sizga bajarilgan yangilanish va takomillashtirishlar ro'yxatini taqdim etamiz:

- 🤵🏼‍♂️ Rahbarni o'zgartirish batafsil

- 📈 Hujjatlarni holati batafsil

- 📢 Ajoyib yangilik batafsil