Informatika va AT
8.44K subscribers
1.15K photos
610 videos
600 files
1.54K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#tanlov #yutuq #senuchun
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika Yosh Olimlar Kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabr sanasi Respublikamiz Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan va mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlari oʻrtasida start-up, innovatsion va amaliy loyihalarini maqsadli qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

🇺🇿“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tadi:

🔶Ijtimoiy-gumanitar fanlar
🔶Tabiiy fanlar
🔶Aniq fanlar

Ushbu yoʻnalishlardagi innovatsion loyihalar 2018-yil 25-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahar, Qatortol koʻchasi, Maʼmuriy hudud binosi 60 B-uy “Respublika yosh olimlar Kengashi”da qabul qiladi.

🎁Grant loyihasi 6 oyga moʻljallanib, tanlov natijasiga koʻra har bir gʻoliblar 10 000 000 soʻm mablagʻ bilan taqdirlanadi.

👨‍💻 @informatika
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍3👏1

👍27😁5👌1