Informatika va AT
8.66K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #klavish #vazifalari

πŸ‘¨β€πŸ’»Har kungi ish jarayonida kompyuter klaviaturasi tugmalari yordamida odatda foydalaniladigan buyruqlar kombinatsiyalarining vizual ko'rinishi.

❓Sizning ko'p foydalanadigan kombinatsiyangiz qanday? Quyida sharh yozib qoldirishingiz mumkinπŸ˜‰

πŸ‘‰ @informatika
​Foydalanilgan notebook sotib olgandan so'ng, ishni nimadan boshlash lozim?
#foydali

Ba'zan shoshilinchda, ba'zan mablag' tomondan tejash uchun foydalanilgan qurilma sotib olamiz.

Demak, tanish yoki beganadan foydalanilgan notebook sotib oldingiz, undan foydalanishdan oldin quyidagi amallarni bajaring:

1. Dezinfeksiya. Hozirgi zamon talabi, qurilmani tashqi qismini(ekranidan tashqari) biror spirtli suyuqlik bilan artib chiqing, har qalay ko'nglingiz xotirjam bo'ladi.

2. Ichki qismini tozalash. Bu majburiy ish emas, holatga qarab. Kompyuterni yoqib, unga yuklama bering va teshiklaridan chiqayotgan havo hajmiga e'tibor bering, agar havo qiynalib yoki kam miqdorda chiqsa, demak kuller va teshiklarni changdan tozalash lozim.

3. Termopasta. Haydalgan mashina olganingizdan so'ng, uni albatta moyini almashtirasiz, chunki qanday moy quyilgan, bu moy bilan qancha yurilgan bilmaysiz. Kompyuterlarda ham shunday, o'zining termopastasi qay holatda aniqlay olmaysiz, shu sababli har ehtimolga qarshi uni almashtirib qo'ying.
P.S. Termopasta, protsessor ustiga surtilgan issiqlikni tez o'tkazuvchi suyuqroq modda.

4. BIOS. Notebook'ni yoqing va BIOS'ga kiring, odatda yonish vaqtida F2, Del tugmalari orqali kiriladi. BIOS'ga kirish uchun parol o'rnatilgan bo'lsa, darhol bu parolni egasidan bilib oling, aks holda yangi Windows tizimini ham qo'ya olmaysiz.

5. Qaytadan tizim o'rnating. Odatda, foydalanilgan notebook'da tizim o'rnatilgan bo'ladi. Siz mavjud tizimdan foydalanmang, chunki bilmaysiz qanday sborkadagi tizim qo'yilgan, qanday dasturlar qo'yilgan, virus yo'qmi, drayverlar to'g'ri o'rnatilganmi vahakazo. Shu sabab, tizimni albatta yangilang.

6. Mavjud disklarni formatlang. Iloji bo'lsa, notebook'ga ulangan barcha disklarni yaxshilab formatlang, iloji bo'lsa, "БыстроС" format emas, balki sekin to'liq formatlang.

☝️Foydalanilgan notebook sotib oldingizmi, demak uning mavjud injiqliklariga ko'nishingiz kerak.

Muallif: Akmal Xudayberganov

πŸ‘‰ @informatika
#Foydali #Notebook

Notebook umrini qisqartiradigan xatolar.

πŸ‘‰ @informatika
#Diqqat #Foydali

Oβ€˜zbekiston boβ€˜ylab TikTok ishlamayapti!


Taxminlarga koβ€˜ra bloklangan boβ€˜lishi mumkin! Umid qilamizki butun umrga bloklanadi.

πŸ‘‰ @informatika
​​VPN degan tushuncha yana ommalashmoqda, uning vazifasini yaxshilab tushunib oling (1-qism)
#nazariya #foydali

Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.

VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday: bunday dastur orqali kirib bo'lmaydigan saytlarga kirish mumkin, hech kim man kirganimni bilmidi, tez ishlidi, hammani aldashim mumkin vahakazo.
Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?

VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:

1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.

Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.

☝️
Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.

Ishlash prinsipi:
VPN
server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol:
Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov

πŸ‘‰ @Informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov γ…€)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #darslik #foydali

Word dasturida kerakli matnni belgilab, matn boshidan har - xil turdagi belgilar qo'yish va ularni boshqa matnlardan ajralib turishi uchun markirovka usulidan foydalanamiz. Bu usulning avfzalligi foydalanuvchi kerakli matnni tezroq ilg'ab olishidadir.

πŸ‘‰ @informatika
#monitor #ekran #foydali

MONITOR haqida to'liq ma'lumot bitta rasmda.

Monitorning barcha turlari va qismlarini bilib oling!

Manba

πŸ‘‰ @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov γ…€)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #darslik #foydali

Word dasturida kerakli matnni belgilab, matn boshidan har - xil turdagi belgilar qo'yish va ularni boshqa matnlardan ajralib turishi uchun markirovka usulidan foydalanamiz. Bu usulning avfzalligi foydalanuvchi kerakli matnni tezroq ilg'ab olishidadir.

πŸ‘‰ @informatika
Forwarded from Informatika va AT (γ…€)
#Foydali #Notebook

Notebook umrini qisqartiradigan xatolar.

πŸ‘‰ @informatika
​​Microsoft Word dasturida matnlarni berkitamiz
#foydali #kerakli

Katta hajmli Word faylini ochdingiz, lekin ichida hech narsa yo'q, xujjat esa masalan 100MB hajmga ega. Bu degani fayl ichidagi matn to'liq berkitilgan. Bunday holatga tushgan odam, aniq bu virus yoki faylga virus tushib buzilibdi degan hayolga boradi.

Demak Word xujjat ichini to'liq berkitamiz:

1. Micrososft Word dasturini ishga tushiramiz(Win + R -> winword)
2. Ichiga matn, rasm va yana bir nimalar yozamiz yoki chizamiz.
3. CTRL + A orqali butun matn va rasmlarni belgilaymiz.
4. CTRL + D bosgan holda, "Π¨Ρ€ΠΈΡ„Ρ‚" menyusini ochamiz.
5. O'rta menyudagi "Π‘ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚Ρ‹ΠΉ" qismini belgilaymiz va OK.

Qarabsizki xujjat bo'm-bo'sh. Xujjatni saqlab, qayta ochsangiz ham hech narsa ko'rinmaydi.

Endi, ichidagilarni ko'rsatish uchun:
1. O'sha fayl ochiladi.
2. CTRL + A qilib bo'sh xujjat ichi belgilanadi.
3. CTRL + D orqali oyna ochilib "скрытый"dan belgilash olib tashlanadi.

Shu tariqa xujjat ichidagilarni to'liq yoki qisman berkitish mumkin, kerakli qismni belgilaysiz va berkitasiz.

☝️Micrososft Word 2016 va 2007 versiyalarda tekshirildi.
Akmal Xudoyberganov

πŸ‘‰ @informatika
​Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.

1. Win+R β†’ cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3.
Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4.
KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).
Akmal Xudoyberganov

πŸ‘‰ @informatika
​Ko'pchilik ishlatmaydigan - End tugmasi haqida
#foydali #qisqa_info

Klaviaturada doimiy ishlatiladigan tugmalardan tashqari, kam foydalaniladigan, lekin ancha vaqtni tejaydigan tugmalar ham bor, shulardan biri - End tugmasi.

Ko'pchilik bu tugmadan umuman foydalanmaydi, hatto borligini ham bilmaydi, lekin mani ko'p tanishlarim bu tugmadan faol foydalanishadi, ayniqsa dasturchilarning qalin do'sti).

Bu tugma standart klaviaturalarda "Delete" va "PageDown" tugmalari o'rtasida joylashadi, notebook'larda esa har xil joyda, o'qib topib olarsiz. Ba'zi Notebook'larda bu tugma o'z vazifasini bajarishi uchun Fn tugma bilan birga bosilishi ham mumkin.

Demak, bu tugma bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
β€” End. Kursorni darhol qator oxiriga o'tkazish. Kursor yurishi mumkin bo'lgan istalgan joyda ishlaydi: Word matn muharririda, notepad'da, hattoki brauzerning adres yozadigan joyida.
β€” Shift+End. Kursor turgan joydan, qator oxirigacha yozilgan barcha yozuvni belgilaydi.
β€” Ctrl+End. Biror matn muharririda(Word, Notepad), xujjatni oxiriga darhol tushiladi.

Shu ishlarni teskarisini "Home" tugmasi bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

πŸ‘‰ @informatika
​Fayllarni saqlash uchun TOP 6 bepul bulutli(cloud) xizmatlar
#foydali

Kerakli xujjatlarni uzoq vaqt saqlash uchun quyidagi saqlash jihozlari mavjud:
β€” Qattiq disklar(HDD);
β€” mikrosxemali disklar(SSD, fleshkalar, USB tashqi saqlash qurilmalari);
β€” lentalar;
β€” disklar(DVD, CD, Blu-Ray);

Bular uchun albatta harajat qilish lozim, lekin shunday xizmatlar borki sizga bepul joy beriladi, albatta bepul bo'lgandan so'ng, joy ham chegaralangan. Quyida fayllaringizni saqlash uchun chegaralangan joy taqdim etadigan bulutli xizmatlarni keltirib o'taman:

1. Google Disk(15 GB joy);
2. Yandex Disk(10 GB);
3. Apple iCloud(5 GB);
4. Microsoft OneDrive(5 GB);
5. Mega(50 GB);
6. Dropbox(2 GB);

☝️Bulardan tashqari yana juda ko'p bulutli xizmatlar mavjud, bular sizga joy beradi, lekin uzoq yil saqlab berishni kafolatlamaydi.

πŸ‘‰ @informatika
​O'chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo'linib, bloklar ko'rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o'chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo'shatiladi, tozalanmaydi, balki bo'sh deb belgilab qo'yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko'rsatib beradi. Agar o'chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma'lumot berib o'tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro'yxatini, o'zining rasmiy saytidan ko'chirib olishingiz mumkin bo'lgan havolasi bilan berib o'taman. Biror faylingizni, bilmay o'chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

▫️Recuva
▫️PhotoRec
▫️DMDE
▫️Disk Drill
▫️Puran File Recovery
▫️RecoveRx
▫️MiniTool Power Data Recovery
▫️Stellar Data Recovery
▫️Data Rescue

☝️Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o'chirib qo'ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo'ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o'zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko'p dasturlar bepul, ko'chirib olib, tekshirib ko'rishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

πŸ‘‰ @informatika
​​Serverlarni, biz ishlatayotgan kompyuterlardan nima farqi bor?
#foydali

Ko'p eshitib qolamiz: Sayt serverini buzishibdi, terminal ishlamayapti server bilan aloqa yo'q ekan, sizning to'lovingiz bizning serverga tushmadi(ayniqsa kommunal to'lovlarda) vahakazo.

Server o'zi nima?
Server ham, siz ishlatayotgan kompyuterga o'xshash temir, uning ham o'z qattiq disklari(HDD), tezkor xotiralari(RAM), protsessorlari(CPU) mavjud. Unga ham Windows, Linux tizimlarini o'rnatishingiz, office dasturlari bilan ishlashingiz, hattoki o'yinlar o'ynashingiz ham mumkin.

Shu yergacha, demak server ham oddiy kompyuter ekan degan xulosaga keldingiz, to'g'rimi?

Davom etamiz, shunday ekan, ular nega kompyuter deyilmasdan aynan server deyiladi, oddiy kompyuterdan nima farqi bor? shu savollarga quyida qisqa-qisqa qilib javob berib o'taman.

Serverlarni, oddiy kompyuterlardan quyidagi asosiy farqlari mavjud:
1.Ko'p protsessorli. Serverlarga bir nechta protsessorlar o'rnatish mumkin, ularning chastotasi, yadrosi, sovutish tizimi oddiy kompyuterlarga qaraganda kattaroq va chidamliroq.
2. Tezkor xotiralar(RAM) soni va sifati ancha yaxshi. Ulanish plankalari 16, 24 ta va undan ko'p bo'lishi mumkin, undan tashqari, server tezkor xotiralari o'z-o'zini to'g'irlash, bufferizatsiya kabi qo'shimcha funksiyalarga ega bo'ladi, ular ancha ishonchli hisoblanadi.
3. Qattiq disklar soni va sifati. Bitta serverga har xil turdagi qattiq disklar ulash mumkin, misol uchun:SATA, SAS, SSD vahakazo. Ularning soni server hajmiga bog'liq bo'ladi: 16,24,48...
4. Blok pitaniya. Serverlar uzoq vaqt o'chmasdan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab, ularga bir nechta blok pitaniyalar o'rnatiladi, biri buzilsa ikkinchisi ishlayveradi.
5. Tashqi tuzilishi. Serverlar hajm jihatidan kattaroq va pishiqroq bo'ladi. Chunki uning ichiga ancha-muncha resurslarni joylash lozim.
6. Sovutish tizimi. Tinimsiz ishlaganligi sababli, serverlarda acha-muncha kullerlar bo'ladi, men ko'rgan serverlarda 8-10 ta kullerlar mavjud edi.
7. RAID Controller. Serverdagi ma'lumotlar juda kerakli bo'lgani uchun, qattiq disklarni nusxalash talab etiladi, bu ishni qilishda serverlardagi RAID kontroller degan mikrosxema yordam beradi.
8. Xizmat ko'rsatish. Serverlarni to'xtatmaslik uchun, ularga ishlab turganda xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan, misol uchun: buzilgan blok pitaniyani almashtirish, ishdan chiqqan vinchesterlarni serverni o'chirmasdan almashtirish vahakazo.
9. Boshqarish. Serverlar sovuq xonalarga joylashtirilganligi uchun, ularni o'sha honalarda boshqarmaslik maqsadida, masofadan turib boshqarish imkoniyatlari mavjud.
10. Tarmoq uchun katta imkoniyat. Serverlar bir nechta tarmoqlar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab ularga bir nechta tarmoq kartalari, optik kartalar ulanadi.

Bu farqlar asosiylari, ulardan tashqari boshqa kichik-kichik farqlari ham bor. Narxlarini o'zingiz tassavur qilavering: 2 ta protsessor, 16 ta tezkor xotira, 24 ta qattiq disk, 8 ta kuller, 2 ta blok pitaniya...

☝️Bu yerda serverlarni umumiy tarzda, biroz bo'lsa ham tushuncha bo'lishi uchun qisqa qilib yozib o'tdim. Qiziq bo'lsa, keyinroq shu mavzuni yana yoritaman.

πŸ‘‰ @informatika