Informatika va AT
9.82K subscribers
981 photos
548 videos
583 files
1.41K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Reklama: @Nursaidov_bot

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
O'zbekistonda #YaxshiAmaki va #YaxshiJiyan tahallusi ostida saytlarga xakerlik hujumlari soni kun sayin ortib bormoqda

Kuni kecha O'zbekistonda
saytlarga qilinayotgan xakerlik hujumlari bo'yicha o'z fikrlarimni aytgandim.
Shundan so'ng O'zkomnazorat ushbu xakerlik ishi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Ushbu bayonotdan so'ng, #YaxshiAmaki tahallusi ostidagi ish qilayotgan xaker "bizda faqat jazolash bilan ish qilinadi. Mening maqsadim O'zbekistonda sifatli saytlar soni ortishi tarafdoriman va xavfsizligi bo'yicha kamchiliklarni aytish xolos, endi bu ishlarni to'xtaman" deb murojaat qoldirgan.

Lekin, yaqindan boshlab
#YaxshiJiyan tahallusi ostida yana saytlarga xakerlik hujumlari davom ettirilmoqda. Ushbu xakerlik ishlari ushbu kanalda batafsil videolari bilan joylashtirilib borilmoqda.

Mening taklifim: Sayt tayyorlatmoqchi bo'lsangiz albatta uning xavfsizligini ham yaxshi mutaxassislarga ta'minlab berishlarini ham unutmang. Ushbu xizmat ozroq qimmatroq bo'lishi mumkin, lekin bunaqangi hujumlardan saytingizni himoyalab olasiz.

Yana qaytaraman: Bizga yaxshi kadrlar kerakmi? Unda hozirdan kerakli kadrlarga imkoniyat yaratishni boshlang.

ยฉ๏ธ Nurmuhammad Nursaidov

๐Ÿ‘‰ @informatika
http://xorazm-vxtb.uz/ - sayti buzilgan hamda quyidagi ma'lumotlar joylashtirilgan:

โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”-
Renaissance nima? Renaissance deb dalada 2 soatda 10 ta issiqxona qurishga aytiladi.

Barcha rahbarlarga Konstitutsiyani bir bor o
qib chiqishni, amal qilishni va ushbu videoni korishni maslahat beraman.

Biz Ozbekiston xalqining [eski], [yangi], [kemirilayotgan], [bolib olinayotgan] [korrupsiyadan holi], [MUSTAQIL] O`zbekistonda yashashini istaymiz.
โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”โ€”-

Demak saytni buzayotganlar hali ham topilmagan. Topa olishmasa ham kerak. Aytishlaricha buzilgan tashkilot saytlariga Tace.uz ( โ€œKiberxavfsizlik markaziโ€ davlat unitar korxonasi) dan ogohlantirish xati kelayotgan emish. Saytni xavfsizligini yaxshilash bo'yicha.

Ma'lumot uchun:

1. O'zbekistonda xakerlik xujumlari boshlangani haqida https://t.me/Informatika/2586

2. O'zbekistonda #YaxshiAmaki va #YaxshiJiyan tahallusi ostida saytlarga xakerlik hujumlari soni kun sayin ortib bormoqda
https://t.me/Informatika/2617

๐Ÿ‘‰ @informatika