Informatika va AT
8.44K subscribers
1.15K photos
610 videos
600 files
1.55K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#savolga_javob #maqola
Xatoimizni to‘g‘rilaylik azizlar!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL+ ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

Buni yozishda yana quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- Probel tugmasi bir marta bosiladi va " belgisini bosish kifoya.
- TAB tugmasi bosilib " belgisi bosilsa ham bo'ladi.

#Savolga 500 dan ortiq kishi javob berishdi. Hali teng yarmini ochishga ham ulgurmadim. Kanal a'zolarini ismlarini yozardimu, lekin juda ko'pchilikda 😉. Hammaga rahmat. Keyingi beriladigan savollarga ham aktiv bo'lib turing!

Bu maqola uchun @itspecuz kanali adminiga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

👨‍💻 @informatika 👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from Informatika va AT

👍1