Informatika va AT
8.44K subscribers
1.15K photos
610 videos
600 files
1.54K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#MUROJAAT

BU JUDA MUHIM
E’tiborsiz va loqayd bo’lmang!


Assalomu alaykum “Informatika va AT” kanali foydalanuvchilari!

Kanalimizda Informatika va Axborot texnologiyalari bo'yicha kerakli ma'lumotlarni joylashtirib bormoqdamiz. Foydalanuvchilar har kuni har xil masalalarda murojaat qilib turishadi. Imkon qadar yordam berib turibmiz. Afsuski, ba’zilariga vaqtimiz tig'izligi tufayli ko’maklashishning imkoni bo’lmayapti. Buni to'g'ri tushunasizlar degan umiddamiz.

Endi asosiy maqsadga o'tsak.

Bugun Axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Buni Maktabgacha ta'limda tortib, Maktab, Kollej, Litsey, Oliy ta'lim muassasalaridagi o'zgarishlardan ham bilib olishimiz mumkin. Hozirgi kunda Dasturlash tili, Robotexnikaga qiziqadigan yoshlar juda ko'payib bormoqda. Ularni qo'llab-quvvatlash, shart-sharoitlar yaratish va rag'batlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan Yoshlar Ittifoqi tashkil qilindi.

Yoshlar Ittifoqining asosiy vazifasi – O'zbekistonning barcha shahar va qishloqlaridagi qiziquvchan yoshlarni topish, ularga shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

Lekin, afsuski, bu tashkilot o'z vazifalarini vijdonan bajarmayapti. Buning isboti sifatida bizga maktab o'quvchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni keltirishimiz mumkin. To'g'risi, nima deyishni ham bilmay qoldik. Bir maktab bo'yicha 1 nafar o'quvchi (afsuski shunday) dasturlashga qiziqib, o'zi o'rganib (o'qituvchi qayerdan ham bilsin) dasturlar yaratsa-yu, lekin butun boshli maktab bir o'quvchiga bir dona kompyuter ajrata olmasa?!

Yuqoridagilarni hisobga olib O'zbekistondagi maktab hamda Oliy o'quv yurtlaridagi Informatika va axborot texnologiyalari xonasida yaratilgan va yaratilmagan sharoitlarni rasmga olib, bizga jo'natsangiz, biz kanalga joylashtirib boramiz. Sharoitlari yo'qlar ham bemalol muammolarini aytishlari mumkin. Kanalda barchasini yoritib boramiz. Dastur tuzayotgan hamda bilimga chanqoq o'quvchilar, ularning yutuqlari haqida ham yozsangiz, xursand bo’lardik. Bundan maqsad – barcha maktab va Oliy o'quv yurtlaridagi Informatika xonasining qanday sharoitdaligini keng jamoatchilikka oshkor qilib, muammolarga mutasaddilarning e’tiborini jalb qilish va birgalikda yechim izlashdir.

(Ma'lumotlarni qisqa matn va suratlar shaklida jo'natsangiz bo’ladi. Masalan, 3 tagacha rasm, maktab yoki oliy o'quv yurti manzili va h.k)

Ushbu murojaat haqida takliflar, e’tirozlar va ma’lumotlarnilarni @Nursaidov yoki @Nursaidov_bot orqali jo'natishingiz mumkin.

O'zbekiston kelajagi yoshlarimiz qo'lida ekanligini unutmaylik, aziz yurtdoshlar!

Kanalimizga barcha Informatika va Axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassis-o'qituvchilarni hamkorlikka chorlab qolamiz.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#maktab #uquvchi #murojaat

Navoiylik maktab o'quvchisining murojaati. Tahrirsiz joylashtirildi

Salom men Navoiydanman
Men uzimdi maktabimda 8sinfda uqiyman.8sinf bulishimga qaramay informatika fanini maktabda 2-eng zor biladigan uquvchisiman desamam boladi menda sharoid yoq .xattoki maktabdagi kompyuterlarda enternet ishlamiydi.men kelajakda nasib qilsa informatika va axborot tehnologiyalari kollejiga topshiraman. Men yana robototehnikagayam qiziqaman
Uzim juda kop narsalarni yasashni tuzatishni bilaman
Robocapga bormochixam boldim ammo unga borish uchun. Robot kerak robotga tehnik qismlari kerak unga meni umuman sharoitim yoqq
Yoshlar ittifoqimi azgina yordam berborsa zor bolardi

@informatika
#Maktab #Termiz #murojaat

Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi 9-maktab o'quvchisidan murojaat. Tahrirsiz joylashtirildi.

Assalomu-alekum kanal adminlari.Endi bizning maktabimizga kelsak maktabimiz Surxondaryo Termiz shaxridagi 9-maktab.
Bu yerda sharoitlar yaxshi tok ham internet ham mavjud ammo YoshlarbIttifoqi masalasiga kelsak quruq tadbir òtqazishdan boshqa narsa emas yiĝinlar òtqazib yoshlarni bòsh qoldirmaslik haqida soatlab maruza òqiladi ammo bir amal yòq.
Masalan men ham dasturlashga qiziqaman Viloyat bòyicha 3-òrinni olganman ustoImning hizmatlari bn albatta lekin yozda dasturlash tògaragini qidirib Yoshlar markaziga va kòp joylarga bordim hech qayerdan topa olmadim (kompyuter savodxonligi bor deyishdi menga u kk emas) lekin faqat 5 tawabusda unaqa qilyapmiz bunaqa qilyapmiz deb televizorda bong urishadi.
Iloji bòsa Termiz shaxrida bitta dasturlash va robotatexnika tògaragi ochilsa men va menga òxshagan bollar albatta borishadi. Bizlarni tinglaganingiz va muammolarni olib chiqganingiz un katta raxmat.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
👍1