Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
☝️ Power Point dasturida lazer ko'rsatkich
#lifehack #powerpoint

Siz biror joyda Power Point dasturida yaratgan prezentatsiyangizni namoyish qilmoqchisiz, lekin lazer ko'rsatkich uyda(указатель) qolib ketibdi, shunda vaziyatdan qanday chiqish mumkin?

Sichqoncha(мышка)ni lazer ko'rsatkich qilish imkoniyati mavjud, uning uchun prezentatsiyangizni F5 tugmasi orqali boshlaysiz va CTRL tugmasini bosib ushlab turgan holda, sichqonchani chap tugmasini bosib yurgizasiz, qarabsizki siz lazer ko'rsatkich ishlatayotganday bo'lasiz.

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
☝️ Microsoft Word dasturining siz bilmagan funksiyalari
#Microsoft #Word #lifehack

📒 Word dasturida, matn yozish jarayonida, avtomat sana va vaqtni yozib ketish mumkin. Sanani yozish uchun kerakli joyda SHIFT+ALT+D , vaqtni chiqarish uchun esa SHIFT+ALT+T tugmalari bosiladi.

📒 Matnlarni avtomat katta yoki kichik harflarga o'tkazish funksiyasi. Agar adashib katta harfda yozish kerak bo'lgan matnni kichik harfda yoki aksini yozib qo'ysangiz, bu xatolikni avtomat to'g'irlash mumkin.
Buning uchun kerakli so'zni yoki gapni belgilaysiz va SHIFT+F3 tugmalarini bosasiz. Bunda, matnning har bir so'zi katta harf yoki hammasi kichik harf yoki hammasi katta harflarga almashadi.

📒 Word dasturi buffer xotiradan kengroq foydalanadi, siz biror yozuvni nusxalasangiz buffer xotiraga tushadi, keyin boshqasini nusxalasangiz oldingi nusxalangan yozuvingiz ko'pchilik o'ylaganday o'chib ketmaydi, buffer xotirada saqlanadi. Nusxalangan barcha yozuvlarni(buffer xotirani) ko'rish uchun, Word dasturida "Главная" vkladkasida, "Буфер обмена" degan joyi bor shuni yonidagi strelkani bossangiz bufferda saqlanayotgan nusxalarni ko'rishingiz mumkin.

📒 Microsoft Word dasturida uzundan uzun so'zlarni yossangiz, matn oxirida joylar qolib ketadi, bu biroz xunuk ko'rinadi. Word buni ham yo'lini qilib qo'ygan, lekin ko'pchilik buni ishlatmaydi.
Matnni avtomat tarzda bir tekis qilish uchun "Разметка страницы" vkladkasidagi "Расстановка переносов" yozuvini bosib, "Авто" qo'yib qo'yish yetarli bo'ladi. Bu funksiya odatda o'chiq bo'ladi.
Davomi bor...

Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Windows 10: Kompyuterni o'chirish uchun slayd
#lifehack

Kompyuterni o'chirish uchun zamonaviy va eng yengil usul mavjud, sizga slayd taqdim etiladi, slaydni yuqoriga kutarsangiz ishlashda davom etasiz, pastga tushirsangiz, kompyuter o'chadi.
Buning uchun biz "ярлык" hosil qilishimiz kerak bo'ladi:

1. Kompyuter ish stolida kontekst menyu(sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz) ochamiz va "Создать" -> "Ярлык".
2. Hosil bo'lgan oynaga, mana bu qatorni yozamiz
%windir%\System32\SlideToShutDown.exe
va "Далее"
3. Istalgan nom beramiz, misol uchun "KompShutDown" va "Готово".

Ish stolida KompShutDown degan fayl hosil bo'ladi, shu faylni ishga tushirsak, ekran ikkiga bo'lingan holda slayd paydo bo'ladi, strelkadan ushlab pastga tortsak, kompyuter o'chadi.

☝️ Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
☝️ Microsoft Word dasturining siz bilmagan funksiyalari
#Microsoft #Word #lifehack

📒 Word dasturida, matn yozish jarayonida, avtomat sana va vaqtni yozib ketish mumkin. Sanani yozish uchun kerakli joyda SHIFT+ALT+D , vaqtni chiqarish uchun esa SHIFT+ALT+T tugmalari bosiladi.

📒 Matnlarni avtomat katta yoki kichik harflarga o'tkazish funksiyasi. Agar adashib katta harfda yozish kerak bo'lgan matnni kichik harfda yoki aksini yozib qo'ysangiz, bu xatolikni avtomat to'g'irlash mumkin.
Buning uchun kerakli so'zni yoki gapni belgilaysiz va SHIFT+F3 tugmalarini bosasiz. Bunda, matnning har bir so'zi katta harf yoki hammasi kichik harf yoki hammasi katta harflarga almashadi.

📒 Word dasturi buffer xotiradan kengroq foydalanadi, siz biror yozuvni nusxalasangiz buffer xotiraga tushadi, keyin boshqasini nusxalasangiz oldingi nusxalangan yozuvingiz ko'pchilik o'ylaganday o'chib ketmaydi, buffer xotirada saqlanadi. Nusxalangan barcha yozuvlarni(buffer xotirani) ko'rish uchun, Word dasturida "Главная" vkladkasida, "Буфер обмена" degan joyi bor shuni yonidagi strelkani bossangiz bufferda saqlanayotgan nusxalarni ko'rishingiz mumkin.

📒 Microsoft Word dasturida uzundan uzun so'zlarni yossangiz, matn oxirida joylar qolib ketadi, bu biroz xunuk ko'rinadi. Word buni ham yo'lini qilib qo'ygan, lekin ko'pchilik buni ishlatmaydi.
Matnni avtomat tarzda bir tekis qilish uchun "Разметка страницы" vkladkasidagi "Расстановка переносов" yozuvini bosib, "Авто" qo'yib qo'yish yetarli bo'ladi. Bu funksiya odatda o'chiq bo'ladi.
Davomi bor...

👉 @informatika
Windows uchun foydali 9 tugma

1. ALT + Backspace
Bilmasdan o'chirib yuborilgan matn qismini tiklash(bloknot)

2. CTRL + SHIFT + N
Ish stolida yangi papka ochish. Brauzerda esa inkognito rejimida yangi oyna ochadi.

3. CTRL + T
Istalgan brauzerda yangi vkladka ochadi.

4. F2
Papka yoki faylni belgilab bossa, uni nomini o'zgartiradi.

5. Win + M
Barcha oynalarni berkitadi.

6. Win + L
Windows oynasidan chiqib ketadi, bloklaydi. Biror ish bilan kompyuterdan uzoqlashganingizda shu orqali bloklash qulay.

7. CTRL + SHIFT + Esc
"Диспетчер задач" oynasini ochadi. Qotib qolgan xizmatlarni ochirish uchun juda qulay.

8. Win + E
"Мой компьютер" Oynasini ochadi.

9. ALT + F4
Aktiv oynani yopish.
#lifehack
© Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Word dasturida tez ro'yxat hosil qilish
#lifehack

Odatda, Word dasturida ro'yxat hosil qilish uchun, 2 usulni biridan foydalaniladi:
- Word dasturining yuqori qismidagi "Главная" menyusidan ro'yxat belgisi tanlanadi;
- sichqonchani o'ng tomonini bosgan holda, "Маркеры" bo'limi tanlanadi.

Bu usullarning noqulay tomoni shundaki, ikkalasida ham sichqoncha ishlatiladi. Bu esa, katta hajmdagi matnlarni terishda noqulaylik tug'diradi, ko'p matn teradiganlar bu holni yaxshi bilishadi, klaviaturada yoz, sichqonchaga o't, terayotgan matnga qara, yana klaviaturaga o't...

Sichqoncha ishlatmasdan, ro'yxat hosil qilish uchun, qator boshida * belgisi yoziladi va "пробел" tugmasi bosilsa, dumaloq shakldagi ro'yxat paydo bo'ladi va Enter bosgan sari avtomat ro'yxat hosil qilinaveradi.

☝️Foydali ish koeffitsentini oshirish uchun, matn teriladigan dasturlarda(Word, Excel, notepad,...), iloji boricha sichqonchadan foydalanishni kamaytirish lozim.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
#lifehack

Smartfonni maksimal darajada tezlashtiramiz.

Bilasizmi? Smartfoningiz quvvatini faqatgina faol dasturlar emas, fondagi dasturlar ham isteʼmol qiladi. Siz ularni yopgan boʻlsangiz ham, ular ishlashdan toʻxtamaydi. Bu holatda oddiy zanjir: koʻplab fondagi dasturlar > koʻp batareya quvvatining sarflanishi > sekin ishlaydigan smartfon.

Androidʼda fondagi dasturlarni qanday cheklash mumkin:

1. “Настройки“ (sozlamalar) ga oʻtamiz.

2. “Для разработчиков“ (Ishlab chiquvchilar uchun) boʻlimini tanlaymiz.

3. “Лимит фоновых процессов“ (fon jarayonini cheklash) tugmasini bosamiz va qancha fondagi jarayonni cheklash kerakligini tanlaymiz.

iPhoneʼda ham jarayon deyarli bir xil:

“Настройки“ (Sozlamalar) → “Основные“ (Umumiy) → “Обновить фоновое приложение“ (Fon dasturini yangilash).

Endi smartfoningiz xuddi raketadek ishlaydi, sinab koʻramiz 😊

👉 @informatika
​​Microsoft Word dasturining 2 ta juda foydali imkoniyati + Bonus
#lifehack

O'sha gap, dasturlarni ishlatishda klaviaturadan foydalanish ancha samarali hisoblanadi, sababi yaxshigina vaqt tejaladi. Ayniqsa bu vaqt Word bilan ishlaganda bilinadi.
Mazza qilib, matn terish jarayoningizda qandaydir manipulyatisya qilish kerak bo'lsa, sichqoncha bilan shu ishni qilish, hayolingizni buzadi va vaqtingizni oladi, shu sabab oddiy ishlarni klaviaturada bajarishga odatlaning.

Demak, Word bilan ishlashda 2 ta zo'r imkoniyat:

1. So'zlarni ketma-ket belgilash. Shu ham muammomi, sichqoncha yordamida bu ishni qilish mumkin, lekin yuqoridagi gapga asosan, klaviatura orqali bajaramiz. Kursorni kerakli joyga olib borib, CTRL+Shift va ➡️ yoki ⬅️ tugmalarni bosamiz, shunda qaysi tomonligiga qarab, so'zma so'z belgilash amalga oshiriladi.

2. Belgilangan so'z, gap qatnashgan abzasni yuqori yoki pastga tushirish.  Bu ham ancha foydali "фича". Biror so'z yoki gapni belgiladingiz, shu so'z yoki gap qatnashgan abzasni ALT+Shift va ⬆️ yoki ⬇️ tugmalar orqali, mos ravishda yuqori va pastga tushirish mumkin.

Ishoning shu usul yordamida, sichqonchada bajarganga nisbatan tez amalga oshirasiz. Postni o'qiysiz, ha shunaqekan deb o'tib ketmang, bu imkoniyatni qog'ozga yozib, stolingiz ustiga qo'yib qo'ying va kerak paytda foydalaning, 3 yoki 4 martta foydalansangiz, qog'ozning ham keragi bo'lmay qoladi, avtomat bajaradigan bo'lasiz.

Bonus: Word dasturida keyingi varroqqa o'tish uchun, bir necha marotada Enter tugmasini bosmang, hozirgi paytda bu "уже" kulguli holat, CTRL+Enter tugmasidan foydalaning, bir qator yozib, qolganini keyingi varoqqa yozmoqchi bo'lsangiz, o'ylayabsizmi qancha Enter tugmasini bosishingiz kerak.

☝️Micrososft Word 2010 va 2016 dasturlarida tekshirildi, qolganlarida ham ishlaydi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar smartfoningizning zaryadlovchi simi kaltalik qilsa...
#lifehack

👉
@informatika
​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorga yozish
#lifehack

Hozirgi paytda Word dasturi bilan ko'pchilik ishlaydi, rasmiy xujjatlardan tortib, dissertatsiyalar, diplomlar hattoki oddiy ta'tilga chiqish uchun yoziladigan arizalar ham shu dastur orqali yozilmoqda, shu sababli bu dasturdan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham postlar yozib turaman.

Ko'pchilik, xat yoki biror xujjat yozayotganda, bir qatorda yozilishi kerak bo'lgan so'zlarni, ikki qator qilib yozib yuboradi, chunki qator oxiriga kelganda, Word probeldan keyin keladigan so'zni keyingi qatorga o'tkazadi, bizga esa, birinchi qator oxiridagi so'z va keyingi qatordagi birinchi so'z bir qatorda yozilishi kerak.
Misol uchun, familiya ism yozayotganda yoki biror ajratilib yozilishi xunuk ko'rinadigan so'zlarda (va hakazo).

Kimgadur bu imkoniyat oddiy tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilik shu imkoniyatdan foydalanmaydi va xujjatlarni savodsiz ko'rinishda yozadi.

Yuqoridagi holat bo'lmasligi uchun, kerakli so'zdan so'ng, probel emas, balki CTRL+Shift+probel tugmalari bosish kifoyda qiladi.
Shunda, bu tugmalar bosilishidan oldingi kelgan so'z va keyin keladigan so'z, keyingi qatorga o'tib, bir qatorda yoziladi(agar tushunarsiz bo'lsa, ilovadagi rasmga qarang).

☝️Kompyuterni o'rganishni Word dasturidan boshlang, zero hozirda istalgan ishga kirishda bu dasturni bilish muhim!

👉 @informatika