#vazir_yoshlar_uchrashuvi
⚡️Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Singapurda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi
Muloqotda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan muammolar, erishilgan yutuqlari va oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdilar. Jumladan, vazirlik huzurida ekspert kengashini tuzish, yoshlarni xorijiy davlatlarga taʼlim olish uchun yuborishda konsalting xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalar rolini qaytadan koʻrib chiqish takliflari bildirildi. Sohani rivojlantirish, yoshlarni bilim olish va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasida ham fikr almashildi.
Oʻz navbatida, faol yoshlarning ilmiy, innovatsion faoliyatdagi yutuqlari eʼtirof etilib, 4 nafar talabaga Yoshlar akademiyasining aʼzolik sertifikati topshirildi. Akademiyaga aʼzolik ushbu yoshlar uchun startap gʻoyalarini rivojlantirish, ilmiy loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
@Ibrokhim_Abdurakhmonov