Iymonli QalblaR
140 subscribers
3.89K photos
2.56K videos
66 files
7.33K links
🤲Дуолар
📿Зикрлар
۞ Оятлар
📜Ҳадислар
📚Ҳикоялар
🔖Ҳикматлар
👉Насиҳатлар

Муаллифлик ҳуқуқларига риоя қилинг
Матн ва мақолаларни линкимиз билан улашинг

🕋

📆 10.04.2018 yil
Download Telegram
DIN YO’LIDAN TO’SMANG QIZLARINGIZNI!!!

Yumib dindan tamom 
ko’zlaringizni, 
Nahot is bosibdir yuzlaringizni. 
Haqqingiz yo’q aslo ota- 
onalar!!! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz 
lo’q, 
Go’yo u dunyodan ko’ngil 
tamom to’q. 
Insof qiling endi o’zingizda 
yo’q, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Ro’molda kulsa gar kula olingiz, 
Loaqal dinidan to’la olingiz, 
Hijobiga hijob bo’la olingiz, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Shukur qiling gaplar otmayapti- 
ku, 
Gunohlar qariga botmayapti- 
ku, 
Ko’chada tanasin sotmayapti- 
ku, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Islom deganida yuraklar 
yumshab, 
Qachon tura olasiz chaponni 
to’shab?! 
Bechora jin chalgan telbaga 
o’hshab, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Shunda yo’qlik sari ravo 
bo’lmaysiz, 
Behayo qizlarga momo 
bo’lmaysiz, 
Johil avlodlarga bobo 
bo’lmaysiz, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi, 
Malaklar xizmatda chopib 
turadi, 
Ro’moli dinini yopiq turadi, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Hursand bo’lmaysizmi hilm 
istasa?! 
Nafsingiz buncha ham zulm 
istasa?! 
Boshingiz egilsin ilm istasa!... 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib 
yurmas, 
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas, 
Hamma nigohlarga ov bo’lib 
yurmas, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Vaxshiy tuyg’ulardan asrab 
avaylang! 
Qalbiga ilohiy amrni joylang! 
Musulmonsiz ahir, iltifot 
aylang! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Uchramas folbin-u ham 
kinnalarga, 
Qalbini itarmas cho’g’ 
o’rnalarga, 
Yo taqlid qilsinmi, 
Madonnalarga?! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 

Sizga suyaniblar turgisi kelar, 
Asri saodatni ko’rgisi kelar, 
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Atrofga bir boqing fahshiy 
og’izlar, 
Erkaklardan battar shaddoda 
qizlar, 
Yalang’och dunyoga yetar be 
xislar, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Tosh ham xayron qolgan 
murg’ak boshimi, 
Toboro ezmoqda tana bosimi, 
Erlarga buyursin erkakning 
shimi, 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Avlodlar dastidan 
ohlamaysizmi?! 
Zolimlar yetishsa 
choxlamaysizmi?! 
Buxoriy chiqishin 
hohlamaysizmi?! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaingizni!!! 


Eski jaholatni dildan o’piring! 
Muqaddas tuyg’udan endi 
shopiring! 
Sobiq sho’rolarning tusin 
tupuring! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 

Ko’p ham zulm bermang bu 
ko’cha tordir! 
Alarming duosi maqbulu 
yordir! 
Ojizalarning ham Robbisi 
bordir! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Ohirgi ulushim din ilhomidin, 
Oliblar tugatgum ko’ngil 
shomidan, 
Tik turib so’rayman ummat 
nomidan! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 
Din yo’lidan to’smang 
qizlaringizni!!! 


Qaytarib oling bad 
so’zlaringizni! 
Qiyomat kunida rasvo holatda, 
Ko’rmayin desangiz 
yuzlaringizni!!!

DIN YO’LIDAN TO’SMANG QIZLARINGIZNI!!!

♻️Улашинг

👉🏻 #Muslimа