IT-shaharcha
480 subscribers
20 photos
2 videos
18 links
Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar loyihasi
Download Telegram
“IT-shaharcha” oʻquvchilari til bilish sertifikatlarini qoʻlga kiritmoqda

🖥Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanidagi “IT-shaharcha” o‘quvchilari ingliz tili bo‘yicha CEFR imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

⬇️Sertifikat olgan o‘quvchilar bilan tanishing:
➡️Rayhona Mirzaabdullayeva - B2
➡️Masumaxon Davlatova - B2
➡️Muhammadali Odiljonov - B2
➡️Ro‘zixon Mahamatjonova - B2
➡️Dilnavoz Mahamatjonova - B2
➡️Abdurazzoq Yodgorjonov - B1
➡️Charosxon Nazarova - B1


🔗Ma'lumot uchun, so‘nggi bir yil davomida Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanidagi “IT-shaharcha”da 44 nafar o‘quvchi til bilish sertifikatini qo‘lga kiritdi.

⚜️Siz ham ingliz tilini o‘rganib, til bilish sertifikatini qo‘lga kiritishni istasangiz, o‘zingizga yaqin “IT-shaharcha”da tahsil olish uchun ariza qoldiring!

@IT_shaharcha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥72
O'zingizni sinab ko'rishga tayyormisiz?

⚡️Bugun Kompyuter savodxonligi bo'yicha bilimlaringizni tekshirib ko’ramiz.

✔️O'zingizni sinab ko'ring va natijangizni izohlarda yozishni unutmang!

@IT_shaharcha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1💯1
Kompyuterning “miyasi” qaysi qurilma hisoblanadi?
Anonymous Quiz
4%
Monitor
21%
perativ xotira (RAM)
55%
Protsessor (CPU)
20%
Qattiq disk (HDD/SSD)
1
Kompyuterda o'chirilgan fayllar odatda qayerga tushadi?
Anonymous Quiz
14%
Downloads
12%
Documents
23%
Desktop
50%
Recycle Bin
Microsoft Word dasturining asosiy vazifasi nima?
Anonymous Quiz
4%
Video montaj qilish
4%
Internetga kirish
87%
Matnli hujjatlar yaratish
4%
Rasmlar chizish
Ctrl + Z tugmalar birikmasi qanday vazifani bajaradi?
Anonymous Quiz
9%
Nusxalash
5%
Saqlash
77%
Oxirgi amalni bekor qilish
10%
Chop etish
Siz nechta savolga to'g'ri javob berdingiz?

🏆5-5 — Haqiqiy AT bilimdoni!
🔥4–5 ta — Juda yaxshi natija!
👏3–5 ta — Yaxshi, lekin yana biroz mashq qilish kerak.
💡0–2/5 ta — Xavotir olmang, bu faqat boshlanishi!


✔️Kompyuter savodxonligi va dasturlash asoslarini yanada chuqurroq o'rganishni istasangiz, "IT-shaharcha"da siz uchun barcha imkoniyatlar mavjud

@IT_shaharcha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🤩1💯1
“IT-shaharcha” o‘quvchilari Hackathon musobaqasida ishtirok etdi

Joriy yilning 8-iyul kuni Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanidagi “IT-shaharcha” faoliyatining 1 yilligi munosabati bilan tuman miqyosida Hackathon musobaqasi tashkil etildi.

📈Musobaqada 200 nafardan ortiq o‘quvchi 3 kishilik jamoalar tarkibida ishtirok etdi. “IT-shaharcha”dan qatnashgan 15 nafar o‘quvchi orasidan bir jamoa faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, Toshloq tumani hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

⚜️O'quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz!

@IT_shaharcha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩21👍1🔥1👏1
Data center nima va nega ular butun dunyoda ko‘paymoqda?

📌Forbes nashrining xabar berishicha, sun'iy intellekt, bulutli xizmatlar (Cloud) va raqamli texnologiyalarga talab oshgani sari dunyo bo'ylab data centerlar soni ham tez sur'atlarda ortmoqda.

🔗Data center - internet, mobil ilovalar, sun'iy intellekt va bulutli xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan serverlar joylashgan texnologik markazdir. Siz video tomosha qilganingizda, fayl yuklaganingizda yoki ChatGPTdan javob olganingizda, aslida aynan shu data centerlardagi serverlar ishlayotgan bo'ladi.


📊Shu sababli bugungi kunda data centerlar, cloud texnologiyalari va sun'iy intellekt bilan ishlashni biladigan mutaxassislarga talab ham tobora ortib bormoqda.

📑Data Center, Cloud va Sun'iy intellekt bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantirishni istasangiz, “5 million sun'iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi aileaders.uz platformasida taqdim etilgan Coursera, Oracle va Huawei ta'lim dasturlari asosidagi bepul kurslardan foydalanishingiz mumkin.

⚜️Egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni IT-Istedod.uz sayti orqali xalqaro AT sertifikatlari bilan tasdiqlang hamda sertifikat olish uchun sarflagan xarajatingizni my.gov.uz portali orqali kompensatsiya qilib oling.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1👏1👌1
Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ
Sun’iy intellekt assistenti va agenti farqi nimada?

Bugungi kunda ko‘plab ilova va xizmatlarda sun’iy intellekt assistentlari hamda agentlaridan foydalanilmoqda. Ular bir-biriga o‘xshash ko‘rinsa-da, vazifalari va imkoniyatlari jihatidan sezilarli farq qiladi.

➡️Sun’iy intellekt assistenti – foydalanuvchining savollariga javob beradi, matn yozadi, ma’lumot izlaydi va tavsiyalar beradi. ChatGPT, Gemini hamda Claude bunga misol bo‘la oladi.

➡️Sun’iy intellekt agenti – foydalanuvchi qo‘ygan maqsadni tushunadi, reja tuzadi va zarur bo‘lsa, vazifani bir necha bosqichda mustaqil bajaradi.


❗️Soddaroq aytganda, assistent savolingizga javob beruvchi yordamchi bo‘lsa, agent topshiriqni boshidan oxirigacha mustaqil bajaruvchi raqamli ijrochidir.

⚡️Siz ham sun’iy intellekt assistentlari va agentlari hamda boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq aileaders.uz platformasiga tashrif buyuring. Kurslarda tahsil oling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from StartupBase
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi!

AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan biri bilan sinab ko‘rishni istaysizmi?

🟢 StartupBase platformasida mamlakatning yetakchi agroklasterlaridan biri tomonidan 7ta Gov Challenge e’lon qilindi.

Ochiq yo‘nalishlar:
🟢Agri EdTech platformasi
🟢 Agrologistika platformasi
🟢 Agromarketpleys
🟢 Aqlli fermani boshqarish uchun ERP tizimi
🟢 AgriFinTech platformasi
🟢 Aqlli qishloq xo‘jaligi uchun IoT platformasi
🟢 Innovatsion AgriTech yechimlari

Tanlab olingan startaplar:

🟢 yirik agroklaster bilan pilot loyihani ishga tushirish;
🟢 mahsulotni amaliy sharoitda sinovdan o‘tkazish;
🟢 yirik korporativ buyurtmachi bilan ishlash;
🟢 mijozlar bazasini kengaytirish;
🟢 uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar 30-iyulgacha qabul qilinadi.
📖 Vazifalar bilan tanishing va ariza topshiring

AgriTech startapingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylaning!

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English


LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1