Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
18.7K subscribers
1.72K photos
480 videos
509 files
3.19K links
@ILM_NUR_2020 - илм-фан ва тадқиқотларга оид маълумотлар билан танишиб боришингиз мумкин.

Биз билан алоқа учун - @Ilmga_yordam_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

💵 O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Хорижий олий таълим муассасаларини тамомлаган ёш мутахассисларнинг лавозим маошига қўшимча устамалар миқдори

Мисол учун:

✔️ АҚШнинг Stanford University QS рейтингида 3-ўринда туради. Мазкур университетнинг бакалавр босқичини битирган ёш мутахассисга БҲМнинг 30 баробарида устама тўланади.


✔️ Буюк Британиянинг University of Dundee Таймс рейтингида 250-ўринда туради. Мазкур университетда докторлик даражасини олган мутахассисга БҲМнинг 60 баробарида устама тўланади.

@ILM_NUR_2020
Ilmiy opponent kim? Uning asosiy vazifasi nima?

👨🏻‍🔬Ilmiy opponent — bu dissertatsiyani yoki ilmiy ishni baholash va tahlil qilish uchun tanlangan olim yoki mutaxassis.

Ilmiy opponentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹Ilmiy ishonchlilikni baholash: Opponent dissertatsiya yoki ilmiy ishda keltirilgan dalillar va xulosalarning ishonchliligini tahlil qiladi.

🔹Ishning yangiligi va ahamiyatini aniqlash: Ilmiy opponent ilmiy ishning mavzusining yangiligi va ilmiy jamoatchilik uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini baholaydi.

🔹Metodologiyani tekshirish: Opponent tadqiqotda qo'llanilgan metod va usullarning to'g'riligi va mosligini ko'rib chiqadi.

👉Batafsil👈

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Мен иккита урушдан, икки хотинимдан ва Гитлердан омон қолдим". Алберт Эйнштейн. 1939 йил ёзида Лонг-Айлендда олинган фотосурат. Нью-Йорк. АҚШ

Дунёда IQ даражаси юқори бўлган буюк физик олим — Эйнштейн бирон бир илмий масалани ечишда қийналган пайтларида скрипка чалишни одат қилиб олган. Унинг ўзи чолғу асбобини чалиш давомида кўплаб ғоялар пайдо бўлишини айтган. Эйнштейн ҳар доим ўз дастхати учун бир доллар сўрарди. Даъвогарлар ҳам кўп бўлиб, йиғилган пулни у хайрия ишларига сарфлаган.

♻️Navigator-1

♻️Navigator-2

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
#political_science

‼️Siyosatshunoslik bo'yicha magistratura, PhD va postdoktorantura uchun stipendiyalar va grantlar taqdim etuvchi ixtisoslashgan Top-5 sayt

International Political Science Association - IPSA siyosatshunoslik bo'yicha tadqiqot olib boruvchilarga turli xil grantlar va mukofotlarni taklif etadi.

American Political Science Association - tomonidan taqdim etilgan grantlar va stipendiyalar siyosatshunoslik sohasida ta'lim oluvchilarga mo'ljallangan.

Fulbright Program - siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun turli stipendiyalar va grantlarni taqdim etadi.

British Chevening Scholarships - Buyuk Britaniyada siyosatshunoslik bo'yicha magistratura darajasida ta'lim olish uchun xalqaro talabalarga to'liq moliyalashtiriladigan stipendiyalarni taklif etadi.

DAAD (German Academic Exchange Service) - Germaniyada siyosatshunoslik bo'yicha magistratura va PhD darajalari uchun turli stipendiyalar va grantlarni taklif etadi.

Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy maqolalar yozish uchun kerak bo‘ladigan eng muhim bazalar. Bu bazalarga kirish orqali siz qidirib yurgan tadqiqotlarni topasiz. Yoki o‘z sohangizdagi Yetakchi olimlarni tadqiqotlari bilan tanishishingiz mumkin.

1. Scopus: https://www.scopus.com
2. Web of Science: https://mjl.clarivate.com
3. Science Direct: https://www.sciencedirect.com
4. ORCID: https://orcid.org
5. Sci-Hub: https://www.sci-hub.se
6. Scimago: https://www.scimagojr.com
7. Overleaf: https://www.overleaf.com
8. TexStudio: https://www.texstudio.org
9. MikTex: https://miktex.org
10. Scribbr: https://www.scribbr.co.uk
11. QuillBot: https://quillbot.com
12. GrindEQ: https://www.grindeq.com
13. Preprint: https://www.preprints.org
14. Arxiv: https://arxiv.org
15. Grammarly: https://www.grammarly.com
16. Scispace: https://typeset.io
17. Consensus: https://consensus.app
18. Premium Plagium: https://premium.plagium.com
19. Mendeley: https://www.mendeley.com
20. ResearchGate: https://www.researchgate.net

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#economics

Iqtisodiyot bo'yicha magistratura, PhD va postdoktorantura uchun stipendiyalar va grantlar taqdim etuvchi TOP 5 sayt

1. INOMICS - https://inomics.com/

2. ScholarshipsAds - https://www.scholarshipsads.com/

3. Scholars4Dev - https://www.scholars4dev.com/

4. Top Universities - https://www.topuniversities.com/

5. FindAPhD - https://www.findaphd.com/



‼️Siyosatshunoslik bo'yicha link bu yerda

Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
Илмий унвон олиш учун даъвогарлар учун имтихон қачон ташкил қилинади?

Махсус имтиҳонни қабул қилиш сессия шаклида февраль, май, ноябрь ва декабрь ойларида белгиланган режа асосида ўтказилади.

Бунда махсус имтиҳонни қабул қиладиган муассасада муассаса раҳбарининг буйруғи билан ОАК билан келишилган ҳолда икки йил муддатга махсус имтиҳонни қабул қилиш комиссияси (бундан буён матнда комиссия деб юритилади) тузилади.

Комиссия илмий даражага эга бўлган камида етти нафар аъзодан иборат бўлади. Бунда комиссия аъзолари таркибининг ярмидан кўпини фан доктори илмий даражасига эга бўлган мутахассислар ташкил қилиши лозим.

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
🏆Munosib sovg'a.

1922-yilda daniyalik olim Nils Bor atom tuzilishi haqidagi tadqiqotlari va kvant mexanikasi sohasidagi ishlari uchun "Nobel" mukofotiga sazovor bo'ladi. Uning vatandoshlari bu yutuqdan juda xursand bo'lishadi hamda olimni sovg'alarga ko'mib tashlashadi. Ammo eng munosib sovg'ani "Carlsberg" pivo zavodi taqdim etadi.

Ular Nils Bor uchun fabrikadan uncha uzoq bo'lmagan joydan uy berishadi. Uyning ichida esa pivo zavodiga ulangan quvur mavjud edi — mazkur quvur orqali uyga 24/7 bepul pivo kelib turgan.

Ps: ma'lumotni boshqa ilmiy doiralarga ham jo‘natib qo‘ying!

24/7 rejimida qiziqarli ma'lumotlar o‘qish uchun kanalga ulaning - @ILM_NUR_2020
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Math

‼️Matematika bo'yicha magistratura, PhD va postdoktorantura uchun stipendiyalar va grantlar taqdim etuvchi Top - 5 sayt

MathPrograms.org - Ushbu sayt matematika sohasidagi stipendiyalar, grantlar va tadqiqot imkoniyatlarini izlash va ariza topshirish uchun ajoyib resurs hisoblanadi.

American Mathematical Society (AMS) - Graduate Fellowships - AMS talabalari va tadqiqotchilari uchun ko'plab stipendiyalar va grantlar taqdim etadi.

ScholarshipsAds - Bu sayt matematika sohasidagi to'liq va qisman moliyalashtiriladigan imkoniyatlarni taklif etadi.

FindAPhD - Ushbu sayt PhD va postdoktorantura dasturlari uchun, jumladan matematika sohasidagi, stipendiyalar va grantlarni taqdim etadi. Sayt PhD tadqiqot imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beradi.

Scholarships.com - Bu sayt magistratura va PhD darajalari uchun matematika sohasidagi stipendiyalarni taqdim etadi.



👨🏻‍🎓Siyosatshunoslik bo'yicha link bu yerda

👨🏾‍🎓Iqtisodiyot bo'yicha bo‘yicha link bu yerda

Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#тарихий_кадрлар

"Нисбийлик назарияси" ҳақида эшитгансиз!

Алберт Эйнштейннинг ушбу кашфиёти ўз даврида (балки ҳозир ҳам) кўпчилик учун мураккаблик қилган. Агар сиз ҳам бу назарияга (E=mc2 ) қийналсангиз, унда бу ҳақида жаноб Албертнинг ўзи сиз учун тушунтириб беради.

Эйнштейн ва Чаплин ҳақида бу ерда ўқинг

Каналга уланиш👇
@ILM_NUR_2020 🔗