Tuproqqalʼa tumani "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi
144 subscribers
91 photos
38 videos
48 links
Download Telegram
#Yilsarhisobi2025

Yil davomida amalga oshirilgan islohot va tashabbuslar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz, qulay va to‘siqsiz muhit yaratish borasidagi yondashuvning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etdi.

Xususan:

🖋 Qurilish loyihalarida inklyuziv muhitni ta’minlash bo‘yicha majburiy ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shu orqali 7 mingga yaqin loyiha ko‘rib chiqilib, ularning 95 foizida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur talablar kiritildi.

👨‍🦽 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 300 ta umumta’lim maktablarida “to‘siqsiz muhit” yaratildi.

🚦Respublikada 784 ta ovozli svetofor o‘rnatildi, viloyat markazlarida odamlar serqatnov bo‘lgan joylarda chorrahalar moslashtirildi. 160 ta ko‘chada piyodalar yo‘laklari trotuarlar qayta jihozlanib, harakatlanish qulayligi oshirildi.

🚆Toshkent, Samarqand, Qo‘qon aeroportlari, shuningdek Markaziy va Janubiy temir yo‘l vokzallarida maxsus qulayliklar yaratildi.
Toshkent metrosining 16 ta bekatiga 45 ta ko‘tarish moslamasi, bekatlarda esa 21 ta maxsus lift o‘rnatildi.

🦽 Xitoydan keltirilgan 1 004 ta zamonaviy avtobus va elektrobus nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mos jihozlar bilan ta’minlandi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "Об утверждении Стратегии защиты детей от всех форм насилия на 2026–2030 годы"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Bandlik vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🎄 Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257- farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2026-yil boshida dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:
31-dekabr — qo‘shimcha dam olish kuni;
1-yanvar — Yangi yil bayrami;
2-yanvar — qo‘shimcha dam olish kuni;
3-yanvar (shanba) — 5 ish kunida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, 6 ish kunida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
4-yanvar (yakshanba) — barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni.

📢 Shu tariqa, Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish imkoniyati yaratiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol:

Nima sababdan yangi davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi?


Javob:

Bugungi kunga qadar kasallik va homiladorlik nafaqalari asosan ish beruvchilar zimmasida va ixtiyorida bo‘lib, ushbu holat xususiy sektorda ayollarni ishga olmaslik yoki ularni homiladorlik sababli ishdan bo‘shatish kabi holatlarni yuzaga keltirgan.

Endilikda fuqarolarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish kabi holatlar yuzaga kelganda ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqlari Qonun bilan mustahkamlandi.

Ushbu Qonun O‘zbekistonda moliyaviy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Yangi tizimga muvofiq mazkur nafaqalar barcha ishlovchilarga teng shartlar asosida Davlat ijtimoiy sug‘urta Jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi. Bu fuqaro uchun ham, ish beruvchi uchun ham barqaror, aniq qoidalarga asoslangan yangi tizimdir.
Forwarded from Tuproqqal'a.uz
#murojaatnoma

⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.

Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#YANGI 2026-YIL YUKSALISHLAR YILI BO‘LSIN!

Tuproqqal’a tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida “Yangi yil” bayram munosabati bilan  xodimlarga bayram sovg’alari topshirildi!

Yangi kirib kelayotgan 2026-yil fayzli barokotli, quvonchli va baxtli onlarga boy,ezguliklar yili bo’lsin!

🌺2026-yilda barcha hayirli ishlaringizda omad yor bo’lsin!

Tuproqqalʼa tumani “Inson”ijtimoiy xizmatlar markazi axborot xizmati

Kanalga abuna bo‘lish👇
@IHMATUPROQQALA
2
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan hujjat qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.


Mazkur Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri” va “Kambag‘al oilalar reestri” negizida yangi Ijtimoiy reestr joriy etiladi.

Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib quyidagi toifalarga ajratiladi:
davlat ta’minotidagi oila - mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan, har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;
kambag‘al oila - mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;
kambag‘allik chegarasidagi oila - bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan oilalar.

Yangi Ijtimoiy reestr davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamni manzilli, adolatli va ehtiyojga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
FIDOKORONA MEHNATGA EʼTIROF!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentigining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining davlat tomonidan kafolatnangan xizmat va yordamlarni olishda ko‘rsatgan fidokorona mehnati  uchun Tuproqqalʼa tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Allayarov Saburjon Baxtiyorovich  tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tuproqqalʼa tumani “Inson”ijtimoiy xizmatlar markazi axborot xizmati.

Kanalga abuna bo‘lish👇
@IHMATUPROQQALA
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 2025 yil: odamlar hayotini yaxshilash yo‘lida

2025 yil davomida Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan 100 dan ortiq ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi. Ularning barchasi bitta maqsadga qaratilgan — odamlar hayotini yaxshilash. Videorolikda esa ushbu loyihalarning faqat ayrimlari, katta va uzluksiz ishlarning bir qismigina aks ettirildi.

Har bir ijtimoiy loyiha, avvalo, g‘oyadan boshlanadi.
Insonga qanday yordam berish, qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinligi haqidagi fikrlar jamoa ichida shakllanadi va rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ana shu ishonch va hamjihatlik tufayli g‘oyalar hayotiy tashabbuslarga, tashabbuslar esa amaliy ishlarga aylanadi.

Keyin esa bu jarayonga Agentlik xodimlari qo‘shiladi, ijtimoiy xodimlarning roli esa alohida ahamiyatga ega. Aynan ular orqali ijtimoiy xizmatlar oddiy odamlarga yetib boradi. Ularning mehnati sababli odamlar og‘ir hayotiy vaziyatlardan chiqib, qo‘llab-quvvatlovni his qilib va hayotida yangi sahifa ochmoqda.

Ijtimoiy loyihalar - bu raqamlar yoki hisobotlar emas.
Bu - odamlar haqida.
Bu - ishonch va g‘amxo‘rlik haqida.
Bu - haqiqiy o‘zgarishlar haqida.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM