BookDragon
17 subscribers
14 photos
3 videos
60 links
- Bookworm? Please I'm a BookDragon!
Download Telegram
New Day
David Garrett
Skripka. Klassika. Go'zallik.

https://t.me/IBookDragon
VOQEA...

🔹Universitetdan chiqqach odatdagidek avtobusda uyga qaytayotgandim. Toza va kamtarona kiyingan bir bobo avtobusga chiqdi. Biroz vaqt o'tgach, cho'ntagidan deyarli yangi va chiroyli smartfonni chiqarib, Internetini yoqdi - yu, dasturlardan foydalanishni boshladi.

🔻Bilasizmi, keksa avlod vakillarining so'nggi texnologiyalardan to'g'ri hamda unumli foydalanishni o'rganib, yangi hayot bilan hamnafas yashashga intilayotganini ko'rsam, juda mamnun bo'laman. "Qaridim" demaydi, "aqlim yetmaydi" demaydi. "Beshikdan to qabrgacha ilm izla" deganlari shu bo'lsa kerak.

Darvoqe, suratdagi bobo telefonida Qur'oni Karimni o'qiyotgan edi.

https://www.instagram.com/p/CLKeHhznh5t/?utm_medium=share_sheet

@IBookDragon
​​#negalar

- Nega meni ikkinchi ismim "palaxmonning toshi"?
- Nega men o'z uyimda mehmonman?
- Nega o'smirlik davrimdanoq yetti uxlab tushimga ham kirmagan "qaynonam"dan qo'rqishni boshlashim kerak?
- Nega endi har bir qilayotgan ishim unga manzur bo'ladimi yo'qmi deb hamisha bosh qotirib o'tirishim kerak?
- Nega bolaligimdan turmushga chiqish missiyasiga meni alohida tayyorlab kelishadi?
- Nega mening odob - axloq darajam "uyda o'tirganlik" bilan o'lchanadi?
- Nega 20 yoshga to'lmayoq har bir qo'shni - yu qarindoshga qachon turmushga chiqishim haqida tezkor ma'lumotlarni berib turishim kerak?
- Nega 18 dan keyin mendan qutulish tadorigi boshlanadi?
- Nega erim ichsa ham, cheksa ham va albatta, yursa ham chidashim kerak? O'rtada farzandlar borligi uchun xolosmi? Yoki mahalla - ko'yning g'iybati baridan ustunmi?
- Nega men uchun eng muqobil kasblar - o'qituvchilik, shifokorlik va tikuvchilik?
- Nega erim bilan ajrashsam, hamma ayb menda?

Javob - ayol jinsida tug'ilganimiz uchunmi? Yo O'zbekistonda yashashimiz bunga sababmi? Yoki mening dunyoga kelishimdan asosiy maqsad shularni bajarishdami? Negalarni cheksiz davom ettirish mumkin. Biz qizlarni kichkinaligimizdanoq shunaqa tagi sayoz, lekin tikanlari ko'p gap - so'zlar bilan ulg'aytirishadi. Har bir qadamimizni birovga yoqish uchun qo'yishga majbur bo'lamiz.
Ota - onalar, buvijonlarimizninig fikr va qarashlarini o'zgartirish mening qo'limdan kelmaydi. Ammo kun kelib qiz farzandli bo'lsangiz, uni SOG'LOM FEMINISTIK ruhda tarbiyalang. Yuqoridagi negalar bilan miyyasidagi mayda qon tomirlarigacha ezg'ilab tashlamang. Sog'lom feminizm oqibatida hech bir qiz IMONSIZ, HAYOSIZ, ITOATSIZ yo XIYONATKOR bo'lib qolmaydi. Bu bilan patriarxat kuchini yo'qotib, matriarxat ham qaytib kelmaydi. Qarama - qarshi jins vakillari ham diskriminatsiyaga uchramaydi.

Yillar o'tib "o'zbekona mentalitet" imizning qurt bosgan shu kabi negalari tag tomiri bilan uzilib ketishiga umid qilib qolaman.

@IBookDragon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​Viktor amakiga Toshkentni ko'rsatib yuribman.
Mutolaada men bilan o'sha mashhur Notr - Dam de Pari myuzikliga asos bo'lgan Gyugoning "Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi" nomli tarixiy romani.
Siz qaysi kitobni o'qiyapsiz?

@IBookDragon
Mohammadreza Shajarian Tasnife Morghe Khosh Khan [BibakMusic.com]
Mohammadreza Shajarian [BibakMusic.com]
Adashgan Yusuf Kan'onga yana qaytajak, g'am chekma.
Hijron kulbasi kun kelib gulzorga aylangay, g'am chekma.
Ey alam - qayg'uga botgan yurak, ahvoling, albat, yaxshilangay, siqilma (bemehr bo'lib qolma).
Muammo - yu, xavotirga to'lgan bosh ham bir kun orom - u tinchlikka yetishgay, g'am chekma.
G'am yema...
Hofiz Sheroziy
(C)

@IBookDragon
​​"Ayrimlarga kulgi va ermak bo'lmay turib boshqalar uchun qadrli va muhim insonga aylana olmaysiz. Buning iloji yo'q. Binobarin, ziddiyat hamisha mavjuddir. Hamisha. Bir matalda aytilganidek, qayerga borma — manzil o'sha - o'sha. Bu qiyinchilik va omadsizliklarga ham tegishli. Qayerga bormang yoki qayerda bo'lmang, muammolardan qochib qutula olmaysiz. Va bu odatiy hodisadir. Maqsad muammolardan qochish emas, balki o'zingizga yoqqan muammoni topishdir".

@IBookDragon
​​🔸"Yaxshilik nima?
Tashvishlarimizdan ortib, bir inson ko'ngilini shod qila olganimizmi? Yoki bir kichik chumoliga rahm qilib bosmay o'tganimizmi? Yoki g'ussalarga ko'milgan dil g'uborini aritish uchun bir og'izgina aytgan tasalli so'zimizmi? Yohud hech kimga yomonlik qilmaganimizning o'zi bizning yaxshiligimizmikan? Balki, birovlarni yomonlamay, ular haqida yaxshi gapirib, ezgulik yo'lini tutganimizning o'zi eng katta yaxshilikdir?"

🔸Yaqinlarimiz bizga yaxshilik - u yomonlik, halol va harom nimaligini bolaligimizdanoq tushuntirib kelishadi. Lekin odam bolasi ulg'ayib, tobora ijtimoiy munosabatlarga kirishib borar ekan nafaqat yeyish - ichishi, balki, har bir aytayotgan so'zi va qilayotgan amalidagi halol, haromning farqiga borishga muhtoj bo'lib qolaveradi. Bilasizmi, "katta bo'lish" - "katta orzum" edi. Ammo voyaga yetib mustaqil hayot kechira boshlaganingdan so'ng turli moddiy va ruhiy muammolaring yuzaga chiqib boraveradi. Va afsuski, aksariyatimizning beg'ubor qalbimizni ayni shu to'qnashuvlar zada qilib, rahmsiz shaxsga aylanib qolamiz. Bora - bora vijdon kuchdan qolib, yaxshilik qilgimiz kelmay qoladi. Nafrat va nomaqbul egoyimiz (xudbinlik) bizni boshqarishga kirishadi. Yaxshiliklarimizni qizg'onamiz. Ishonchsizlik, gumonlar, nomardlik, yolg'on gap - so'zlar, farosatsizlik va kibr kabi illatlar imonimizni kuchsizlantiradi. Odamiylik yo'qoladi.

🔸Kitobni ancha yillar oldin do'stim sovg'a qilgan. Dilim xira tortib, amallarimda illat nafasini sezsam, qayta o'qiyman.

🔸 Muallif inson amallari tahlilini qilar ekan mumtoz adabiyot namunalaridan qissalar, Qur’oni Karimdan oyatlar va albatta, Payg'ambar hadislaridan ham keltiradi. Buyuk insonlar fikr - qarashlari bilan ham bo'lishadi. Siz ham o'qib ko'ring. Balki, amallaringizning yana - da halollik bilan boyishiga sababchi bo'lar.

💬Iqtibos:
"Odamlarga ko'p yaxshilik qila olmay bu dunyodan o'tib ketishdan ogoh bo'ling" .

@IBookDragon
​​Fariduddin Attor shunday yozadi:

با حقارت سوی خود منگر بسی
زانکه ممکن نیست بیش از تو کسی
چون در آید وقت رفعتهای کل
از برای تست خلعتهای گل
هرچه چندانی ملایک کرده‌اند
از برای تو فذلک کرده اند
جملهٔ طاعات ایشان کردگار
بر تو خواهد کرد جاویدان نثار

🔸Ya'ni: "O’zingga hadeb kamsitish, haqorat - u tahqir ko‘zi bilan qarayverma, chunki sendan afzalroq maxluqot yo‘qdir. Kullning (jon, ruh nazarda tutilgan) yuksalish vaqti kelganda esa sen uchun gul rang - barang kiyimlar kiyadi. (Har ishning o'z ro'yobga chiqish vaqti borligi, ayni o'sha ondagina go'zal bo'lishi haqida). Farishtalarning barcha ishlari — faoliyati seni deb amalga oshadi. Ularning barcha toatini Parvardigor senga tuhfa etishni istaydi".

🔸Ba'zi insonlar o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholay olmaydilar. Kibr - la ortiqcha kerilish noo'rin harakat bo'lishi barobarida o'ziga ishonmaslik, o'z ilmi yoki kuchini haddan ziyod past deb bilish va tavakkaldan qochib yashash ham achinarli holdir.

🔸Fitratimizda yashiringan beqiyos kuchni topa bilish, neki bo'lmasin Yaratgan rahmatidan noumid bo'lmaslik, yon - atrofga mehr va ziyraklik ko'zi bilan qaray olish kerak.

🔸Iqtidor va kuchingizni hech qachon uvol qilmang. O'y - fikr, hissiyot hamda qobiliyatlaringizni hurmat qiling. (Bari aynan sizniki bo'lgani uchun ham aziz). Ulardan oqilona foydalaning toki, avvalo, o'zingiz va so'ng boshqalarga foyda keltira olsin.

@IBookDragon
​​"Shuni umutmangki, bu yo'lda ko'rish uchun na ko'zlarga, eshitish uchun na quloqlarga, gapirish uchun na lablarga ehtiyojingiz bor, bu yo'lda faqat "Allohim" desangiz kifoya".

🔸Zaynab ota - onasining chizgan chizig'idan chiqmagan, chekka bir hududdan shaharga o'qishga kelib, umr bo'yi yashagan qafasidan ozod etilgach qay tarafga uchishini bilmay dovdirab, har ko'chaga boshini suqib chiqayotgan qushchaga o'xshaydi.
🔸Zaynab tortinchoq, odamlar bilan tez til topishib ketolmaydi, ammo ularga ishonadigan soddadil qizaloq.
🔸Zaynab "universitetga kirgunga qadar hech kimga qalbining hatto darchasini ham ochmagan, ammo yo'lda uchragan birinchi (uni haromga boshlagan) otliqqa ko'ngil bergan" o'z ertaklarida yashagan malika.
🔸Zaynab "dunyo uchun yashaydigan, oxirat mavzusi ko'tarilganda esa "Alhamdulillah, musulmonman" deb takrorlaydigan" , haromga qo'l urib, so'ng oylar nafsini so'roqqa tutgan banda.
🔸Zaynab barglar to'kilishi - yu bir tomchigina suv og'ushida Allohning 99 ismini o'qiy olgan soliha. Harom zanjirlarni batamom uzib, Yaratgan rahmatidan noumid bo'lmay ibodatda bardavom bo'lolgan muslima.
🔸Tasattur neligini tushungan, joynamozda asl baxtini topgan, gunohlar sahrosiga fidoyilik urug'ini ekib, undan mustahkam imon nishini undirolgan Alfido...
🔹Ba'zida gunohlarimiz shu darajada ortib ketadiki, "Alloh endi meni kechirmaydi" deb noumid bo'lib qolamiz. Bilmaymizki, agar Unga chin ma'noda qaytolsak, rahmati barcha chirkinliklarimizni yuvib ketishga qodir. Musulmon deymiz-ku, birovning dilini og'ritishdan tab tortmaymiz. Bu qanday imon bo'ldiki, sohibini haromdan saqlolmasa, nafsini nazorat qilib, boshini sajdaga olib borolmasa? "Bu imon unga oxiratda qanday naf keltiroladi?"
Asarda Zaynab obrazi ostida har bir inson o'z nafsi bilan suhbat quradi, imonining darajasini o'lchaydi, haromdan tiyilib, Haqqa qaytish ichki xotirjamlik va nurli oxirat kafolati ekanligini teran anglaydi.

Iqtibos:
Allohning huzuriga pokiza holda bormasam, qattiq uyatga qolaman. Bu dunyodagi hech bir xijolatpazlik Robbimning huzurida xijolatda qolishga teng kelolmaydi. Axir inson sevganiga xijolatli alpozda yo'liqishni xohlarmidi...

@IBookDragon
​​🔸Kun kelib mehribon va rahmli Alloh Taolo siz yashab o'tmog'ingiz mumkin bo'lgan go'zal hayot filmini qo'yib berib, shunday deydi: "Jahannam haqida o'ylama. Kel, shunchaki qanday chiroyli hayot kechirishing mumkin edi - shuni tomosha qilaylik. Nimalar qilding o'zi? Borlig'ingni keraksiz odamlar uchun baxsh etding. Bebaho vaqtingni o'zgalar hayotini taftish - u tanqid etishga sarflading. Kim gunohkor - u, kim begunoh - senga faqat shulargina qiziq edi. O'zing o'ylab ko'r, ginalar - u alamlardan qanchalik yiroqda erkin yashay olar eding? Tabassum qilishing, nafas olayotgan har bir daqiqang uchun shukr qilib, ichki xotirjamligingni saqlagan holda, atrofga mehr ulashib umrguzaronlik qila olarding - ku? Biroq faqat va faqat noliding, afsuslanding. Asl jahannaming shu emasmidi? Betakror umringni sovuq havoga sovurganing - do'zaxning o'zginasi".

🔸Ko'z ochib yumguncha o'tib ketadigan qisqa umrimizni hech ham jirkanchliklar, nolish va tagi sayoz afsuslar bilan o'tkazmaylik.

🔸Borlig'ingizni ajoyibot va haqiqiy go'zalliklar uchun baxsh eting. Bu mittigina yuragimiz, fitratimizdagi ozgina energiya manbaini gina - kudurat, agressiya, nafrat - u hasad kabi illatlar uchun sarf etmog'imiz juda ham bema'ni va achinarli. Kuchli bo'ling. Hayotdan ijobiy zavq olishni o'rganing. Hozirgi mavjud holat sizni qoniqtirmayaptimi - sabri jamil bilan uni o'zgartiring. Asosiysi, O'Z hayotingizni o'zingiz istagandek munosib yashab o'ta oling.

P. S. Suratni xattot chizib berganlar.

@IBookDragon
Uyingizda o'zingiz holi qoladigan bir joyingiz bo'lsin.
Unda kitob satrlari ila suhbat quring va fikr ummoniga chuqur cho'king.

Shayx Abdurahmon ibn Javziy Rohimahulloh.

Ilm ko'zdir, ko'zsiz inson na ravon yura oladi va na manzilga yetadi...
​​🔸Turgenevning "Otalar va bolalar" romanini oxirgi marta bundan besh yilcha oldin o'qigandim. Hajmi u qadar katta emas. Tez va yengil o'qiladi, ammo shunga qaramay muallif ko'plab muammolarni o'rtaga tashlay olgan. Bosh mavzu esa otalar va farzandlar o'rtasidagi tushunmovchiliklar, ya'ni yosh avlodning doim ham kattalarning fikr - qarashlarini yoqlayvermasligi, stereotiplarni tan olmaslik, hurfikrlilik hamda yangiliklar tomon intilishi haqida.
Ilk marta o'qiganimda Bazarov menda o'zgacha ajoyib taassurot qoldirgandi: aqlli yigit, ikkiyuzlamachilik - u ortiqcha mulozamatlarga hushi yo'q o'taketgan haqiqatparast, biroz hazilkash, o'ziga qattiq ishongan, bosiq inson va iqtidorli shifokor, shu bilan birga oddiygina odam. Bu safar esa unga juda achindim. Vafot etishini istamadim. Qaniydi hayotidagi kichik hodisalardan ham go'zallik topib, baxtli yashab ketolsaydi.. His - tuyg'ularini o'zidan tamomila itarmay qabul qilolsaydi.. Yo'q, Yevgeniy nihoyatda mag'rur. U na san'at, na tabiat go'zalligi, na turmush va na mavjud siyosiy tuzumni tan oladi. Qisqa hayotini har qanday qarashni inkor etib, konservant g'oyalarga qarshi turuvchi nigilist sifatida yashab o'tdi. Bu obrazning dunyoqarashi kitobxonni ham o'ziga jalb etadi, ham o'zidan uzoqlashtiradi.

(Nigilist hech qanday obro'li zot oldida bosh egmaydi, hurmatga sazovor har qanday qarashni ham e'tiqod tarzida qabul qilmaydi).

🌿Iqtiboslar:
1. Har kim o'z qo'li bilan ovqat topib yeyishi kerak, birovlarga ishonib o'tirish yaramaydi.

2. - Men ko'ngilda bor gapni nima uchun aytish mumkin emasligiga hayronman.
- O'zingiz - chi, aytib berolasizmi?
- Ha.
- Siz mendan baxtliroq ekansiz.

@IBookDragon
📌Mening instagramdagi kichkina blogim:

https://instagram.com/elsaglyuk_?utm_medium=copy_link

Tarjima hamda taqrizlarni shu yerga joylayapman.👆
Kitob o'qishni odatga aylantirishga qiynalayotgan insonlarga kichik lifehack. Ko'p insonlar kitob o'qishni boshlaganida uyqisi keladi yoki zerikib qoladi.

Birinchi marta kitob o'qishni boshlaganizda aynan zerikkan vaqtizgacha kitob o'qing va to'xtating. Farqi yo'q 1 varoqmi 10 varoqmi.

Ertasi kuni kechagiga nisbatan 1 varoq ko'proq o'qiysiz. Shu tarzda oz-ozdan qo'shib borasiz. Vaqti kelib bu odatga ayladi. Unutmang qancha o'qiganingiz muhim emas, eng muhimi davomiylikni saqlang, yani har kuni kitob o'qing
!

@Koreyalik_yigit