Ilğor tadqiqotlar instituti
41 subscribers
84 photos
1 video
33 links
“Yangi Özbekiston” universiteti huzuridagi Ilğor tadqiqotlar instituti

Veb-sayt: ias.newuu.uz
Elektron pochta: ias@newuu.uz
Manzil: Movarounnahr köçasi, 1, Mirzo-Uluğbek tumani, Toşkent
Download Telegram
Ilg‘or tadqiqotlar institutida fan doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

2026-yil 1-iyul kuni “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar institutida 03.00.12 – “Biotexnologiya” va 02.00.10 – “Bioorganik kimyo” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/12.05.2026.B/K/T.192.03 raqamli Ilmiy kengash huzurida dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish doirasida Eshboyev Farhod Bakir o‘g‘lining “Dorivor o‘simliklar va endofit zamburug‘lardan ajratilgan ikkilamchi metabolitlarning biologik faolliklarini tadqiq etish: genom va metabolom tahlillarini qo‘llash” mavzusidagi fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoya qilindi.

Ilmiy maslahatchi:

Azimova Shaxnoz Sadikovna
biologiya fanlari doktori, professor

Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/12.05.2026.B/K/T.192.03 raqamli Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasi natijalarini ma’qullab, Eshboyev Farhod Bakir o‘g‘liga biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berishga qaror qildi.

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
2026-yilning birinchi yarim yilligida Ilg‘or tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari tomonidan Scopus bazasida indekslangan 29 ta ilmiy maqola chop etildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida Scopus xalqaro ilmiy bazasida indekslangan 29 ta ilmiy maqola chop etildi.

Mazkur maqolalar The Astrophysical Journal, Journal of Cosmology and Astroparticle Physics (JCAP), European Physical Journal C, Physics Letters B, Physics of the Dark Universe, Nuclear Physics B, Optics Express, Applied Physics B, Chinese Physics C, Advances in Space Research kabi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etildi hamda astrofizika, nazariy fizika, qora o‘ralar fizikasi, gravitatsiya nazariyalari, lazer fizikasi, nochiziqli optika, materialshunoslik, biotexnologiya va bioorganik kimyo yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Ushbu natija Ilg‘or tadqiqotlar institutida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarning yuqori ilmiy salohiyatini, shuningdek, institut olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini yana bir bor namoyon etadi.

📄 2026-yilning birinchi yarim yilligida chop etilgan Scopus indeksatsiyasidagi maqolalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

🔗 [Havola]

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilg‘or tadqiqotlar instituti doktor Asifullah Khanni jamoamiz safida qutlaydi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti Biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi tarkibiga postdoktorant (Postdoc Fellow) sifatida doktor Asifullah Khan qo‘shilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

Doktor Asifullah Khan biokimyo, genomika, bioinformatika va molekulyar biologiya yo‘nalishlarida ko‘p yillik ilmiy va pedagogik tajribaga ega. U Gomal universitetida bakalavr, Peshovar universitetida magistratura bosqichini tamomlagan hamda Karachi universitetining H.E.J. Kimyo ilmiy-tadqiqot institutida PhD darajasini olgan.

Faoliyati davomida doktor Khan Xitoy Fanlar akademiyasining Shanxay biologiya fanlari instituti huzuridagi CAS–MPG Partner Institute of Computational Biologyda postdoktorant sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Abdul Wali Khan University Mardan (Pokiston) da assistent professor, dotsent va professor lavozimlarida ishlagan.

Uning ilmiy faoliyati molekulyar biologiya va genomika, bioinformatika, bakterial, virusli va parazitar patogenlarning genomik tahlili, metagenomika, transkriptomika, proteogenomika, antimikrob rezistentlikni o‘rganish, reverse vaccinology, molekulyar doking hamda molekulyar dinamika modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Doktor Asifullah Khanning ilmiy tajribasi va malakasi institutimizda olib borilayotgan biotexnologiya va bioinformatika yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Ilg‘or tadqiqotlar instituti jamoasi doktor Asifullah Khanni samimiy qutlaydi va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Ilg‘or tadqiqotlar instituti professor Marina Karakazovani jamoamiz safida qutlaydi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti Biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi tarkibiga yetakchi ilmiy xodim sifatida professor Marina Karakazova qo‘shilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

Professor Marina Karakazova molekulyar biologiya, molekulyar genetika, biokimyo, hujayra biologiyasi va mikrobiologiya sohalarida ko‘p yillik ilmiy tajribaga ega. U M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida biokimyo yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan hamda Rossiya Fanlar akademiyasining Gen biologiyasi institutida molekulyar genetika bo‘yicha PhD darajasini olgan.

Faoliyati davomida professor Karakazova University of Pennsylvania (AQSH), University of Pittsburgh (AQSH), Skolkovo Institute of Science and Technology, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Belozerskiy instituti hamda boshqa nufuzli ilmiy muassasalarda faoliyat yuritgan.

Uning ilmiy faoliyati molekulyar biologiya, rekombinant DNK texnologiyalari, oqsillar biokimyosi, hujayra biologiyasi, zamonaviy mikroskopiya usullari hamda mikrobiologiya yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Professor Marina Karakazovaning boy tajribasi va yuqori ilmiy salohiyati institutimizda olib borilayotgan tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yangi ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Ilg‘or tadqiqotlar instituti jamoasi professor Marina Karakazovani samimiy qutlaydi va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🇺🇿 O‘zbekiston mustaqilligi — 35 yil!

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzulari, milliy o‘zligimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.

🇺🇿 Mustaqillik yillarida yurtimiz ulkan o‘zgarishlar va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ezgu orzu-intilishlari va kelajakka bo‘lgan ishonchi mamlakatimizni yangi marralar sari yetaklab kelmoqda.

✨ Bugun “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi ostida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🎓 Biz, “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi, yurtimizning ertangi taraqqiyoti uchun bilimli, tashabbuskor va global miqyosda raqobatbardosh yangi avlodni tarbiyalashni o‘zimizning sharafli vazifamiz deb bilamiz.


🌍 Zero, mustaqil yurtning buyuk kelajagi — ilmli va salohiyatli yoshlar qo‘lidadir.

Aziz yurtdoshlar!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, qalblarimizda Vatanga muhabbat va kelajakka ishonch bardavom bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,

“Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

#Newuu #35yil #Mustaqillik #Yangi O‘zbekiston

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar institutida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul boshlandi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.

Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot loyihasini taqdim etishlari va himoya qilishlari lozim. Tadqiqot loyihasini tayyorlash, taqdim etish va baholash tegishli uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan talab va mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Chet tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talab

Bakalavriat va/yoki magistratura ta’limini to‘liq ingliz tilida tamomlagan talabgorlardan, ushbu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.

Hujjatlarni topshirish tartibi

Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Arizalar daraja.ilmiy.uz elektron tizimi orqali topshiriladi.

Qabulga oid batafsil ma’lumotlar

Qabul kvotalari, ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqot loyihasini tayyorlash va baholash talablari, shuningdek, PhD va DSc darajalari uchun taqdimot namunalari institutning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

🔗 Batafsil ma’lumot: ias.newuu.uz

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📚 O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni muborak bo’lsin!

Bugun biz nafaqat bilim beradigan, balki mustaqil fikrlashni shakllantiradigan, rivojlanishga ilhomlantiradigan va yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadigan ustozlarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, ilhom, kasbiy muvaffaqiyatlar va minnatdor shogirdlar tilaymiz.

Ta’lim kelajagiga qo‘shayotgan hissangiz, mehnatingiz va kasbingizga bo‘lgan fidoyiligingiz uchun tashakkur!


🔁 English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
👍3👏1
Özbekiston va Qozoğistonlik tayanç doktorantlar Harbin Institute of Technologyda xalqaro ilmiy stajirovkada iştirok etmoqda

2026-yil 29-sentabrdan 28-oktabrga qadar Özbekiston va Qozoğistonning olti nafar yoş tadqiqotçisi Xitoy Xalq Respublikasining Harbin şahrida joylaşgan Harbin Institute of Technology School of Physicsda xalqaro ilmiy stajirovkada iştirok etmoqda.

Mazkur ilmiy almaşinuv taşrifi “Yangi Özbekiston” universiteti huzuridagi Ilğor tadqiqotlar instituti hamda Harbin Institute of Technology School of Physics örtasidagi Memorandum of Understanding doirasida, şuningdek, Abdus Salam International Centre for Theoretical Physics (ICTP) tomonidan “Theoretical Astrophysics, Gravitation and Cosmology” yönalişi böyiça ajratilgan grant asosida amalga oşirilmoqda.

Stajirovkaning asosiy maqsadi nazariy fizika, astrofizika, gravitatsiya va kosmologiya yönalişlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş hamda yoş tadqiqotçilarning xalqaro ilmiy muhitdagi faolligini oşirişdan iborat.

Xalqaro stajirovkada quyidagi tayanç doktorantlar va mustaqil izlanuvçi iştirok etmoqda:

• Jumaniyozov Şohzod Maxsudbek öğli — “Nazariy fizika” mutaxassisligi böyiça 2-kurs tayanç doktoranti, “Yangi Özbekiston” universiteti;

• Boltatoşova Munisa Ğiyosiddin qizi — “Astronomiya” mutaxassisligi böyiça 1-kurs tayanç doktoranti, Ilğor tadqiqotlar instituti;

• Isaqjonov Yoqubjon Yorqinjon öğli — “Nazariy fizika” mutaxassisligi böyiça 1-kurs tayanç doktoranti, “Yangi Özbekiston” universiteti;

• Sayfiyev Şerzod Şavkat öğli — “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” mutaxassisligi böyiça 2-kurs tayanç doktoranti, Samarqand davlat universiteti;

• Otaboyev Sirajiddin Komiloviç — “Astronomiya” mutaxassisligi böyiça mustaqil izlanuvçi, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Yadro texnologiyalari instituti;

• Zhantay Muratkhan — “Fizika” ta’lim dasturi böyiça tayanç doktoranti, Al-Farabi Kazakh National University (Almati, Qozoğiston).

Stajirovka davomida doktorantlar Harbin Institute of Technologyda taşkil etilgan ilmiy seminar va akademik tadbirlarda öz tadqiqotlari böyiça ma’ruzalar bilan iştirok etmoqdalar.

Jumladan, Ilğor tadqiqotlar instituti tayanç doktoranti Boltatoşova Munisa Ğiyosiddin qizi ham uşbu xalqaro ilmiy stajirovkada faol qatnaşib, umumiy nisbiylik nazariyasi va astronomiya yönalişidagi ilmiy izlanişlari bilan iştirok etmoqda.

Mazkur xalqaro stajirovka Özbekiston, Qozoğiston va Xitoy örtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, qoşma tadqiqotlarni kengaytiriş hamda yoş olimlarni xalqaro ilmiy maydonga keng jalb etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1👍1
Ilğor tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi

2026-yil 29-oktabr kuni “InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida “Yangi Özbekiston” universiteti huzuridagi Ilğor tadqiqotlar instituti Biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori (DSc) Farhod Eşboyev Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Mazkur kökrak nişoni innovatsion ğoya va texnologiyalarni rivojlantiriş, ularni amaliyotga tatbiq etiş hamda innovatsion taraqqiyotga munosib hissa qoşgan şaxslarga topşiriladi.

Farhod Eşboyevning mazkur mukofot bilan taqdirlanişi uning ilm-fan, biotexnologiya va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi samarali faoliyati hamda ilmiy yutuqlarining yuksak e’tirofidir.

Bugungi kunga qadar olim öz ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida 10 ta patent, jumladan, 4 ta xalqaro patent olgan. Şuningdek, uning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda çop etilgan.

Ilğor tadqiqotlar instituti jamoasi Farhod Eşboyevni uşbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi!

🔄 English

🌐 Veb-sayt | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2❤1👏1