#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Taʼlim krediti olish uchun arizalar my.gov.uz orqali topshiriladi
📝 “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi.
👉 Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔴 oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;
🟣 taʼlim krediti:
↪️ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
➡️ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
💰 2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
@Huquqshunos_yordami
Savol yuborish uchun 👇👇
@Online_maslaxatchii
@Oylikhisoblaydibot
❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
@Huquqshunos_yordami
Savol yuborish uchun 👇👇
@Online_maslaxatchii
@Oylikhisoblaydibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM