Huquqshunos yordami
59.7K subscribers
775 photos
76 videos
78 files
1.05K links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
#Bilasizmi

Fuqarolik ishlar bo'yicha sudlarga to'lanadigan davlat boji miqdori:

👉 Nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 2 baravarida, ya'ni 490 000 so'm miqdorida

👉 Takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 4 baravarida, ya'ni 480 000 so'm miqdorida

👉 Bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqliy zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 2 foiz miqdorida to'lanadi.

☝️Davlat boji nikohdan ajratishni so'rab sudga ariza topshirgan tomondan undiriladi.

@Huquqshunos_yordami Савол юбориш учун👉👉@Online_maslaxatchi
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
IELTS sertifikati seriyasi va raqami qaysi ekanini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

👨‍💻 Bunda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari lozim.

Hozirda ayrim abituriyentlar tomonidan IELTS sertifikati ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga nima kiritiladi degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.

IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

📌 Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:

🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq:

🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

📎
Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;

📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi;

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi;

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi

💼Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi

💼Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi

🔅Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan fuqarolik holatlari dalolatnomalari qay tartibda qayd qilinadi ?

Hukumatning 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o‘lim holatlarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

📌Fuqarolik holatlarini qayd etishda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik yig‘imi undiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#bilasizmi

⚡️Professional ta’lim muassasalarining ilmiy daraja (PhD, DSc)ga ega bo‘lgan xodimlari ham belgilangan tartibga muvofiq faoliyati natijalariga ko‘ra quyidagilar uchun lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq olishlari mumkin:

yoshlarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar yaratgani uchun;
ta’lim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bog‘liq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun.

✔️Shu bilan birga, ma’lum bir davr uchun erishilgan natijalar yig‘indisidan kelib chiqqan holda yoki zarur shartlar bajarilganda lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin:
🔹 fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagani uchun;
🔸 zamonaviy o‘quv-ko‘rgazmalarni yaratganligi uchun;
🔹 noan’anaviy yo‘nalishdagi (robototexnika, mental arifmetika va boshqalar) o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilganligi uchun;
🔸 o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Bilasizmi

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda qanday qulayliklar mavjud?

🔊Endilikda:

🗺 Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin.

👨‍💻 Qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etilgan.

📃 Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʼlumotnoma va spravkalar qisqartirildi.

📌Xususan:

🔸18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.

🔸 Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

💻Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

👨‍👩‍👦Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

❗️Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

📁 Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
▫️qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
▫️ pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

❗️ Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

💰Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🌐My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

@Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
#bilasizmi

❗️BUGUN BARCHA XODIMLAR 1 SOAT OLDIN ISHDAN KETISHI MUMKIN.

🗓 Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Agar ishni qisqartirish imkoni bo'lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo'shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o'sha vaqt uchun 2 hissa haq to'lanadi.

     @Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot
#Bilasizmi

Mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Muhim qoidalar
 
Xo‘sh, avvalambor, mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Jarimani to‘lamasa ham, mashinani “qamash” mumkinmi? Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun qanday hujjat kerak? Jarima maydonchasida turgan mashinaga nimadir bo‘lsa, uni kim to‘laydi?

👉Batafsil

@Huquqshunos_yordami

     Savol yuborish uchun 👇👇

     @Online_maslaxatchii

     @Oylikhisoblaydibot