Huquqshunos yordami
68.9K subscribers
728 photos
70 videos
76 files
994 links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

⚡️Endilikda Farzandingizni chet elga olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga yetmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, oʻzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar roʻyxatidan tanlaydi.

Shundan soʻng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid maʼlumotlarini kiritadi.

Avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi.

Notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi.

Belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi.

Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM