Huquqshunos yordami
70.4K subscribers
718 photos
70 videos
75 files
989 links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Xalqaro olimpiadalarida 1-, 2-, 3-o'rin sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra quyidagi Xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi:

xalqaro matematika (IMO),

fizika (IPhO),

kimyo (IChO),

biologiya (IBO)

informatika (IOI)

Yuqortida sanab o'tilga xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Оилавий тадбиркорлик дастурлари доирасида кредит ажратилади

Президент имзолаган қарор билан энди Ўзбекистонда "Кичик бизнесни узлуксиз қўллаб-қувватлаш" дастури амалга оширилади. Дастурнинг 2023–2026 йиллари учун бюджетдан 6 трлн сўм, халқаро ташкилотлардан 1,2 млрд доллар ажратилади.

Дастурда қуйидагилар иштирок этиши мумкин:

— Камида бир йил фаолият юритган ЯТТлар, ўзини ўзи банд қилганлар, деҳқон хўжаликлари, ҳунармандлар, НТТлар;

— оилавий тадбиркорлик дастурлари доирасида муваффақиятли фаолият юритган, ижобий кредит тарихига эга бўлган аҳоли ва бизнесменлар.

Бундан ташқари, 2024 йил 1 январдан бошлаб оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида кредитлаш бошланади. Бунда кредит 3 йилгача муддатга 6 ойлик имтиёзли давр билан берилади. Ставка эса Марказий банкникидан 4 фоизга баланд бўлиши (18 фоиз) кўзда тутилган.

@bank_yangiliklari1
CHQBT fani o‘g‘il va qiz bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi?

Savol: CHQBT darslari maktabda o‘g‘il va qizlar bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi? Qizlarga bu fandan biologiya o‘qituvchisi dars bersa bo‘ladimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomning 17-bandiga ko‘ra taʼlim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.

Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida CHQBT fani o'qituvchisining malaka talablari belgilab berilgan.

Unga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi shaxs oliygohning "Chaqiriqqacha harbiy taʼlim" yo‘nalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi ofitser bo‘lishi lozim. Boshqa fan o‘qituvchisining bu fandan dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida"gi Nizomning 26-bandiga ko'ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va hududiy bo'linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ma'lumot uchun: Ayni vaqtda ko'plab hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 5-10 fevral kunlari qo'shimcha ta'til kunlari etib belgilanmoqda.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

❗️Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.

Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:

maktab direktorlariga — 50 %;
direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida
qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?

Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.

Batafsil javob: Telegramda shu xabar rosa aylandi. Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lgani uchun, izoh berib o‘tmoqchiman.

Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.

Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.

Maʼlumot uchun: “suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.

Bir necha yillar oldin ushbu “suyunchi puli”ni ishlayotganlar ish joyidan, o‘qiyotganlar o‘qish joyidan, ishsizlar esa Pensiya jamg‘armasidan olar edi.

Ammo bu tizim o‘zgarib ketganiga 4 yil bo‘ldi.

Bugungi kunda bola tug‘ilganda “suyunchi puli” olish uchun hech qayoqqa murojaat qilish shart emas. Kimgadir ariza berish ham, qayoqqadir borib uchrashish ham shart emas. Barchasi avtomatlashgan.

Bola tug‘ilganda avtomatlashgan tizimning o‘zi JShShIR raqam beradi, tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun ariza yuboradi, bog‘chaga navbatga qo‘yadi, poliklinikaga ro‘yxatga kiritadi. Xuddi shunday “suyunchi puli” ham ota-onadan birining plastik kartasiga avtomat tushadi. Yana qaytaraman, buning uchun hech qayoqqa borish yoki ariza berish shart emas.

Shu tizimni yaratishda bosh-qosh bo‘lganlarga katta rahmat, baraka topishsin.

❗️Xulosa: bola tug‘ilganda rektor nomiga ariza bersak, pul olarkanmiz, degan xabarlar eski. Hozir bunaqa tizim yo‘q.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#савол_жавоб

Мен давлат ташкилотида ишлайман. Турмуш ўртоғим ҳеч қаерда ишламайди. Турмуш ўртоғим учун ижтимоий солиқ тўласам иш стажига инобатга олинадими?

Жисмоний шахс томонидан меҳнатга ҳақ тўлаш тарзидаги ўз даромадларидан 2021 йил 1 июндан кейинги даврда ишламайдиган эри (хотини) учун ихтиёрий асосда Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексида белгиланган тартибда ижтимоий солиқ тўланган давр пенсия ҳисоблашда иш стажи ҳисобида инобатга олинади.

🗣️ Жисмоний шахс мавжуд имкониятлардан келиб чиқиб турмуш ўртоғи учун Пенсия жамғармасига ижтимоий солиқ миқдорини мустақил равишда тўлаш ҳуқуқига эга.

🗣️ Жисмоний шахс томонидан тўланган тўлов ҳужжатида унинг ишламайдиган эри (хотини)нинг фамилияси, исми, отасининг исми, ЖШШИР ва тўлов амалга оширилаётган давр албатта кўрсатилиши шарт.

Батафсил

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Ота-она фарзандини мактабга юборишни истамаса, қандай чора кўриш мумкин?

Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 47-модда. Болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик.

➡️ Ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик, шу жумладан вояга етмаган болаларнинг маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этишига олиб келиши — базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан 5 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Болаларнинг мажбурий умумий ўрта таълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими олишига ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан тўсқинлик қилиш  — базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 бараваридан 15 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

➡️ Ушбу модданинг 3-қисмида назарда тутилган ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 15 бараваридан 25 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача муддатга маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
‼️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek bo’ladi, hech narsa o’zgarmagan. Ya’ni jami 5 ta fan, 90 ta savol. Maksimal ball — 189.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

1) Ona tili
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) — 10 ta savol;
2) Matematika — 10 ta savol;
3) O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol.

🔘 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

2 ta mutaxassislik fanidan:

1️⃣-fan:
30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball;
2️⃣-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball.

🔘 60 ta savol uchun jami 156,0 ball.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Кимларга автомобил бензини сотиб олиш харажатларининг бир қисми учун ойлик пул компенсацияси тўланади?

Қуйидаги тоифадаги шахсларга автомобиль бензини сотиб олиш харажатларининг бир қисми учун ойлик пул компенсацияси тўланади:

уруш қатнашчилари ва уларга тенглаштирилган шахслар;

уруш фахрийлари ва уларга тенглаштирилган шахслар;

меҳнатда майиб бўлиш ва касб касаллиги туфайли I ва II гуруҳ ногиронлар;

I ва II гуруҳ болаликдан ногиронлар.

❗️ Ушбу компенсацияни олиш учун юқорида келтирилган тоифадаги шахслар енгил автомобиль, мотоаравача ёки мотоциклга эга бўлиши ҳамда ундан фойдаланаётган бўлиши керак.

⚡️ Эслатиб ўтамиз, 2023 йил 3 июлда ушбу турдаги компенсациянинг янги миқдори белгиланган.

Компенсация олиш ҳуқуқига эга бўлган шахслар яшаш жойи бўйича пенсия ва нафақалар тайинлайдиган органларга мурожаат қилишлари мумкин.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda qanday qulayliklar mavjud?

🔊Endilikda:

🗺 Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin.

👨‍💻 Qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etilgan.

📃 Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʼlumotnoma va spravkalar qisqartirildi.

📌Xususan:

🔸18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.

🔸 Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

💻Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

👨‍👩‍👦Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

⚠️ Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

⚠️ Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

⚠️ Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 🔽🔽

@Online_maslaxatchii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM