Huquqshunos yordami
75.8K subscribers
682 photos
65 videos
68 files
953 links
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Download Telegram
#xushxabar Barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) Yangi yilda ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoniga ko’ra, 30-dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6324664

Demak, shunda Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3️⃣ kun dam olishlari aniq: 30-dekabr — shanba, 31-dekabr — yakshanba, 1-yanvar — dushanba (Yangi yil).

2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiga ko'ra, 2024-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilishi mumkin:

6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2-yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6-yanvar — shanba esa ish kuni bo'ladi.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2-yanvar seshanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.

⚠️ Yana bir bor qaytaramiz, bu farmon loyihasiga ko'ra. Farmon e'lon qilinsa, barchasi aniq bo'ladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
#Xushxabar

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii