"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.66K subscribers
4.16K photos
758 videos
3 files
1.88K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli iste’molchilar!

So‘nggi vaqtlarda ayrim fuqarolar tomonidan aholiga sotuv uchun mo‘ljallanmagan “aqlli” (zamonaviy) gaz hisoblagichlar noqonuniy ravishda sotilayotgan holatlar kuzatilmoqda.

E’tibor bering, mazkur hisoblagichlar aslida aholi uchun “Hududgazta’minot” AJ tomonidan bepul o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ustida “Savdo uchun mo‘ljallanmagan” degan maxsus belgilarni ko‘rish mumkin.

Har bir hisoblagich o‘ziga xos IP-manzil va ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan berilgan unikal raqamga ega. Ushbu hisoblagichlar “Hududgazta’minot” AJning mulki hisoblanadi va faqat belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda qonuniy tarzda o‘rnatiladi.

Ta’kidlash joizki, noqonuniy sotib olingan hisoblagichlar gaz tarmog‘iga texnik jihatdan ulanmaydi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, hisoblagichlar jamiyat foydasiga musodara qilinadi, iste’molchi esa qonuniy va texnik muammolar bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Shu sababli, o‘z manfaatini ko‘zlayotgan ayrim shaxslarning soxta takliflariga aldanib qolmang. Sotuv uchun mo‘ljallangan hisoblagichlarni maxsus do‘konlardan sotib oling.

Shunday holatga duch kelgan taqdirda isteʼmolchilardan "Hududgaztaʼminot" AJ Komplayens nazorat boshqarmasining aloqa kanallari yoki 1104 qisqa raqami orqali xabar berishlarini soʻraymiz.

Ogoh bo‘ling, e’tiborli bo‘ling!

“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati
Kuchli shamol tufayli Yunusobod va Yashnobod tumanidagi gaz quvurlariga daraxtning yiqilishi natijasida tabiiy gaz tarmoqlariga shikast yetgan

Ayni vaqtda gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadalari tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda holatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2025 #yangiruhiyat

“Hududgaztaʼminot” AJda “Yoshlar forumi–2025”ga start berildi


“Hududgaztaʼminot” AJning faol va tashabbuskor yosh xodimlari “Yoshlar forumi–2025” doirasida tashkil etilgan 3 kunlik tadbirlarda ishtirok etishadi.

Mazkur forumda yoshlar uchun intellektual va liderlik salohiyatini rivojlantirish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, innovatsion gʻoyalarni ilgari surish hamda kasbiy yetuklikni mustahkamlashga qaratilgan maʼrifiy-madaniy, sport tadbirlari va treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, forum doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari 22-may kuni Toshkent shahrida kutib olindi hamda tadbir boʻlib oʻtadigan Boʻstonliq tumanida joylashgan “Humson buloq” oromgohiga yoʻl olishdi.

Yoshlar oromgohga yetib kelishlari bilan tabiat qoʻynida sayr qilib, dam olish va tadbirlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tadbirning birinchi kunida tajribali psixolog ishtirokida trening o‘tkazildi. Shundan so‘ng forum qatnashchilari turli sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishdi.

Forum tadbirlari davom etmoqda.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod tumani "Assalom sohil" 56-harbiy shaharcha hududidan oʻtgan yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida hududdagi 6 ta yerli xonadon va 1 ta koʻp qavatli uyda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2025 #yangiruhiyat

“Yoshlar forumi–2025” doirasida yoshlar va rahbariyat vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi–2025” doirasida yosh xodimlar va rahbariyat vakillari oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mutasaddilar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot davomida forum qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, tizim faoliyati boʻyicha takliflar va kelgusi rejalar haqida oʻz fikrlarini bayon etdilar. Rahbariyat vakili tomonidan esa Jamiyatda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yosh kadrlar salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish va ish unumdorligini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar haqida fikr yuritildi.

Muloqot ochiq va doʻstona ruhda oʻtib, yoshlar uchun unutilmas tadbirga aylandi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikriga quloq tutish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va rahbariyat bilan yaqin muloqotni taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani “Xonobodtepa” MFYda gaz taʼminoti tizimi modernizatsiya qilindi

Bu haqda Yoshlar radiosining “Davr” informatsion dasturida so‘z bordi.

https://t.me/HToshGaz

"Hududgaz Poytaxt" GTF  Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyatida suyultirilgan gaz taʼminotidagi noqonuniy “bunker” faoliyatiga chek qoʻyildi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi topshirigʻi bilan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida suyultirilgan gaz taʼminotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.

Joriy yilning 23-may kuni tuman suyultirilgan gaz xizmati taʼminotchi-chilangari M. U. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi M. Oʻ. “Yangiobod” MFY isteʼmolchilariga yetkazib berilishi lozim boʻlgan 109 dona maishiy gaz ballonlarini mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro R. L. ning xonadonida noqonuniy tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlandi. Xonadon koʻzdan kechirilganda olib kelingan ballonlardan tashqari yana 72 ta boʻsh maishiy gaz ballonlari borligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=14117

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining quyidagi hududlariga 28-may kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Nomdanak”, “Izzatli” va "Keng Makon" MFYlari
Aholi xonadonlar soni: 329 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta


Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Darxon” MFY
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2025 #yangiruhiyat

“Yoshlar forumi–2025” doirasida timbilding va sport tadbirlari tashkil etildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumi ishtirokchilar uchun timbilding mashgʻulotlari va sport tadbirlariga boy boʻldi.

Forum doirasida yoshlar oʻrtasida jamoaviy ishlash, oʻzaro hamjihatlik va doʻstona muhitni shakllantirish maqsadida turli koʻngilochar timbilding mashgʻulotlari tashkil etildi. Estafeta oʻyinlari, jamoaviy topshiriqlar va birdamlikni talab qiluvchi mashgʻulotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, sportni sevuvchi yoshlar turil yakkalik va jamoaviy sport turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Bu oʻz navbatida ishtirokchilarning jismoniy chiniqishini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va musobaqa orqali doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bellashuvlar yakunida gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar maxsus kuboklar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarning faolligini oshirish, jamoada ishlash koʻnikmalarini mustahkamlash va forum ishtirokchilari oʻrtasida ijobiy muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot tumani “Yo’ldosh” MFYning ayrim hududlariga 29-may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: 85 ta yerli xonadon
Ulgurchi iste’molchilar soni: 2 ta


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi gaz sizib chiqish holati bartaraf etildi

Gaz tarmoqlarida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida joylarda qoʻllanilayotgan gaz sizib chiqishini aniqlaydigan mobil laboratoriya oʻz samaradorligini namoyon etmoqda. Mazkur zamonaviy qurilma orqali gaz sizib chiqishlari aniqlanib, turli koʻngilsiz holatlarning oldi olinmoqda va aholi xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Katta Darxon koʻchasidagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida yuzaga kelgan sizib chiqish holati aynan shu mobil laboratoriya yordamida aniqlandi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali va “Mirzoulugʻbekgaz” gaz taʼminoti boʻlimi avariya brigadalari tomonidan tezkor choralar koʻrildi hamda nosozlik qisqa fursat ichida bartaraf etildi. Natijada gaz yoʻqotilishining va ehtimoliy xavfli holatlarning oldi olindi.

“Hududgaz Poytaxt” Matbuot xizmati
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor tumanining ayrim hududlariga 30-may kuni soat 10:30 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni:
“Miskin”, “Taraqqiyot”, “Qichqiriq” va “Oltinsoy” MFYlaridagi 725 ta yerli xonadon va 50 ta ko‘p qavatli uylar
Ulgurji iste’molchilar soni: 88 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📸“Hududgaz Poytaxt” GTFda Milliy liboslar kuni🇺🇿

An’analarni e’zozlaymiz, milliylikni qadrlaymiz! 💫

#MilliyLiboslarKuni #Ananaviylik #Qadriyatlar

"Hududgaz Poytaxt" GTF
Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” xodimlari farzandlari bilan birgalikda bayram tadbirida ishtirok etishdi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va gaz taʼminoti bo‘limlari xodimlari farzandlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Turkiston” saroyida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘ngilochar dastur bolajonlarga quvonchli kayfiyat ulashib, ular miriqib hordiq chiqarishdi. Tadbir davomida bolalar turli sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va interaktiv o‘yinlar orqali haqiqiy bayram shukuhini his qilishdi

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha bolajonlarni samimiy muborakbod etadi!

Farzandlarimiz – Vatanimizning ertangi kuni, baxtli va farovon kelajakning poydevoridir. Ularning sog‘lom ulg‘ayishi, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun imkoniyat yaratish barchamiz uchun ustuvor vazifadir.

Bu yorqin bayram har birimizga – ota-onalar, ustozlar va jamiyat a’zolariga – bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning baxtli hayoti uchun mas’ul ekanimizni eslatadi. Keling, ular uchun yanada mehrli, xavfsiz va quvonchli muhit yaratishda birgalikda harakat qilaylik!

Yurtimizdagi har bir bola sog‘lom, bilimli va baxtli bo‘lib ulg‘aysin!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialida bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayramga tashrif buyurgan bolalarni sevimli multfilm qahramonlari kutib olib, ularga ajoyib kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir doirasida turli sport musobaqalari, oʻyinlar va koʻngilochar dasturlar oʻtkazildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati