Minimalizm
538 subscribers
181 photos
77 videos
2 files
237 links
Kanalni "minimalizm"ga aloqasi yoʻq 🌚

Faqat o'rganganlarimni, tushunganlarimni, o'z fikrlarim va g'oyalarimni yozaman. Malumotlar 100% toʻgʻri emas.

Admin: @HexaGonical
@Mein_Channels
Download Telegram
"Sharq Allomalari" — Ilm Fan tili (1-Qism)

#Hujjatli_Film #BBC #MTRK

🕌 “Sharq Allomalari” — bu Jim Al-Halil ishtirokidagi BBC hujjatli film bo‘lib, Islom olamidagi ilm-fan yutuqlari va ularning zamonaviy dunyoga ta’sirini ochib beradi. Ushbu uch qismli serialda siz 7-asrdan 14-asrgacha bo‘lgan “Islomning Oltin davri”da musulmon olimlari qanday qilib matematikadan tortib tibbiyot, astronomiya va mexanikaga qadar ilm-fanning barcha yo‘nalishlarida ulkan kashfiyotlar qilganiga guvoh bo‘lasiz.

Kim edi ular? Nega ularning ismlari bugun unutilgan? Va ular yaratgan bilimlar qanday qilib G‘arb tsivilizatsiyasining poydevoriga aylangan?

Jim Al-Halil — fizika professori va tarixshunos sifatida — bu olimlar merosini chuqur tahlil qiladi, ularning ishlanmalarini zamonaviy ilm bilan taqqoslaydi va Sharqdagi ulug‘ allomalar haqiqatda dunyoni qanday o‘zgartirganini ochib beradi.

YouTube'da ko'rish: https://www.youtube.com/watch?v=CJjGBt1nbOs

😄@Fanilo_Tv ☑️
5👍4🔥3
Uyqu

Bizda uyquni tartibga solish uchun ikkita sistema bor. Birinchisi bu sirkada tsikli, ikkinchisi esa adenosinning ko'yishi.

Sirkada tsikli bu insonlar, hayvonlar va hatto o'simliklarda mavjud boʻlgan ichki takrorlanuvchi tsikldir. Uni ichki biologik budilnikka qiyoslasa boʻladi. Masalan oʻsimliklarning kechga yaqin so'lishi, tonga yaqin yana jonlanishi ham sirkada tsikliga misol boʻla oladi. Insonlarda sirkada tsikli, bizning kechasi uyqumiz kelishiga sabab ham shu sikl, miyamiz kechga yaqin bizga uyqu vaqti bo'lgani haqida habar beradi, tonga yaqin esa uygʻonish vaqti kelganligi haqida maʼlumot berib turadi. Bu jarayon aslida hech qanday vaqt yoki yorugʻlik taʼsirida ishlamaydi, u budilnik kabi ishlayveradi. Masalan agar siz g'orga kirib ketsangiz (barcha elektronikalarsiz, faqat fonar bilan), sizning miyangizga o'ziga qachon uxlash va uygʻonish kerakligini eslatib turadi.

Adenosin ham uyquda muhim roʻl o'ynaydi. Adenosin molekulasi siz qancha vaqt uygʻoq bo'lsangiz, shuncha koʻp yigʻiladi. Agar adenosin qancha koʻp yigʻilsa, shuncha uyqu tortadi.

© "Why We Sleep" kitobidan
👍6
Minimalizm
Quyidagi rasmda yuqoridagi ikkita tizim birgalikda qanday ishlashi haqida grafik malumotlar keltirilgan.
🟩 Yashil chiziq bu sirkada ritmi. U shunday ko'tarilib, pasayib turadi. Qancha baland ko'tarilsa shuncha uygʻoq boʻlasiz, qancha koʻp pastga tushsa shuncha uyqu keladi.

🟦 Tepadagi koʻk chiziq esa adenosin miqdorini bildiradi. Deylik siz kechki 11da uxlasangiz, shu paytgacha adenosin molekulasi yig'ilib boradi, 11 dan keyin esa tanadagi adenosin miqdori kamaya boshlaydi. Agar 7 da tursangiz, adenosin yana yigʻila boshlaydi va hk. Aslida adenosinning qancha yigʻilishi, qanchasi kamayishi sizning qachon uxlaganingiz va turganingizga bogʻliq.

Sizda demak ikki narsa uyquni kucharytiradi. Yashil chiziq qancha past boʻlsa, yani miyangizdagi budilnik vaqti yaqinlashsa, miyangiz uyqu haqida habar beradi, miyangizda melotanin ishlab chiqariladi. Bu gormon esa oʻsha ko'zingizni yumishga, kino ko'rayotib uxlab qilishingizga javob beradi. Koʻk chiziq qancha baland boʻlsa, shuncha uyqu tortadi.

Uxlash uchun eng qulay vaqt bu sirkada tsikli va adenosin miqdori orasida eng katta oraliqdir. Yani rasmda ikkita chiziq bir biridan qancha uzoqda boʻlsa (masalan 11pm da shunaqa), sizning uxlashingiz shuncha oson boʻladi. Agar teskarisi, chiziqlar orasi qancha kichik boʻlsa uyqungiz qochiq, uygʻoq boʻlasiz.
👍32
Minimalizm
🟩 Yashil chiziq bu sirkada ritmi. U shunday ko'tarilib, pasayib turadi. Qancha baland ko'tarilsa shuncha uygʻoq boʻlasiz, qancha koʻp pastga tushsa shuncha uyqu keladi. 🟦 Tepadagi koʻk chiziq esa adenosin miqdorini bildiradi. Deylik siz kechki 11da uxlasangiz…
Agar bir necha kun uxlamasangiz koʻk chiziq kattalashib ketaveradi balandga. Chunki adenosin yigʻilib boraveradi, uxlamasangiz adenosin kamaymaydi. Qancha koʻp adenosin yigʻilsa, shuncha kuchli uyqu bosadi.
🔥5👍2
Qanday qilib yorugʻlik tezligi har doim, har qanday kuzatuvchi uchun bir xil boʻlib qoladi?

Yorugʻlik tezligi, barcha kuzatuvchilar uchun doimo bir xil boʻladi. Xatto siz 150 000 000 m/s da ketayotgan boʻlsangiz ham 300 000 000 m/s da ketayotgan yorugʻlik nuri siz uchun 150 000 000 emas 300 000 000 (keyin "c tezlik" deb qo'llayman) boʻlib qoladi.

Yorugʻlik tezligi, c ≈ 300 000 000m/s. Bu tezlikda koinotda fundamental eng katta tezlik hisoblanadi. Unga massali jismlar yeta olmaydi. Hech nima bu tezlikdan oshib ketishi ham mumkin emas. Bu fizikadagi gʻalati ammo real qonun. Oddiy Nyuton fizikasida agar siz velikda 5 metr sekund bilan 15 metr sekund tezlik bilan kelayotgan motosiklga qarab ketayotgan boʻlsangiz, sizga nisbatan motosikl 20 metr sekund bilan harakat qilayotganday tuyuladi. Ammo, yorugʻlik tezligiga yaqinlashgach bu o'zgaradi. Siz 250 000 000 tezlik bilan harakat qilsangiz ham, yorugʻlik siz uchun c (300 000 000) tezlikda harakat qilayotganday koʻrinadi, 550 000 000 o'rniga. Ammo buning uchun vaqt sekinlashishi kerak, vaqt sekinlashgani uchun uzunlik ham qisqarishi kerak.

Tasavvur qiling siz tezligi c ga yaqin, 299 999 999.99 metr/s tezlik bilan kelayotgan kemada ketyapsiz. Bu yorugʻlik tezligiga deyarli 1 sm/s yetmayapdi degani. Siz o'rningizdan turib 1 metr oldinga yurib bu tezlikdan oʻtib keta olmaysiz. Chunki siz uchun vaqt sekinlashgan boʻladi. Siz 1 qadam bosguncha juda koʻp vaqt oʻtib ketadi va siz 1 metrni bosishga 1 soniya emas, soatlab balki yillab vaqt ketib qoladi va siz hech qachon c ga erisha olmaysiz. Shuning uchun ham vaqt sekinlashishi kerak tezlik kattalashgan sari.

Yana tasavvur qiling. Agar siz kemada turib chiroq yoqsangiz, yorugʻlik tezligini qanday koʻrasiz? Siz 299 999 999 tezlikda ketyapsiz, yorugʻlik tezligi esa 300 000 000, siz uni 1 metr sekund bilan ketayotganday koʻrishingiz mumkin emas. Chunki yorugʻlik tezligida har bir kuzatuvchi uchun doimo bir xil boʻlib qoladi (c). Ammo, yorugʻlik tezligi siz uchun 300 000 000 boʻlishi uchun, yorugʻlik kema ichida 599 999 999 tezlikda harakat qilishiga toʻgʻri keladi. Ammo bu mumkin emas. Ammo qanday bu sodir boʻladi.

Bu paradoksni yechimi sifatida uzunlik qisqarishi haam kiritilgan. Deylik kema 0.866 c tezligida ketyapdi. Agar yerdagilar uchun 2 soniya oʻtsa, kemadagilar uchun bu 1 (kemadagilar uchun 2 soniya esa, tashqaridagilar uchun 1) soniya oʻtganday tuyuladi. Chunki kemada vaqt sekinlashgan boʻladi. Kemani uzunligini 300 000 000 km deylik (bu juda katta, ammo hisob kitobga oson boʻlishi uchun), kema ichidagilar kemaning bir boshidan yorugʻlik nurini chiqarsalar fonor orqali, ular yorugʻlik kemaning bir chetiga yetib borishini deyarli 1 soniyada kuzatadilar. Ammo, tashqaridagi odamlar uchun kemadagi 1 soniya bu tashqaridagi 0.5 soniya, shunda ular 0.5 sonidaya yorugʻlik 300 000 000 m bosib oʻtganini koʻrishadimi? (Ya'ni yorugʻlik tezligi ikki karra tezlashgan boʻlib koʻradimi?) Yoʻq, ular kemaning uzunligi kichrayganini koʻradi. 300 000 000m kema yerdagi kuzatuvchilar uchun 150 000 000 boʻlib koʻrinadi. Yerdagilar yorugʻlik kemani 0.5 soniyada bosib oʻtganini koʻradi. v = 150000000/0.5=c.

Vaqt va fazo ham har bir kuzatuvchi uchun har xil egiladi. Shuning uchun c tezlik hamma uchun bir xil boʻlib qolaveradi.
🔥4
Forwarded from Arkhamites
2020-yilga 2020 kun bo'libdi
❤‍🔥10🔥3💔3😨2
Forwarded from Yumor AI 81±
Menga qiziq koʻringani mahalliy hokimiyat haqidagisi, bizning tumanda issiq, qoʻshni tumanda salqin boʻlmasa kerak. Butun Oʻzbekiston Quyoshdan 150mln km uzoqlikda va bir xil Geografik kenglikdamiz shekilli. Uning ustiga atmosfera fizikasi degan narsalar ham bor...

@Intellektual_yumor 😮
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5
271k-1
🔥15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tezlik nisbiy
👍4
Ko'pdunyo yoki multikoinot nazaryasi

Bu (ochig'i gipoteza) bizning dunyodan, koinotdan boshqa dunyo va koinotlar borligi haqidagi nazarya. Har safar kvant miqyosida biror superpozitsiya sodir boʻlsa (masalan bitta atomning spini sal qiyaroqqa o'zgarsa) yoki kvant tizim (masalan zarracha yoki to'lqin) koʻplab superpozitsiyalar holatida boʻlsa, dunyo ikkiga ajraladi. Birida spin yuqoriga qaragan zarracha, ikkinchi dunyoda esa pastga qaragan zarracha boʻladi. Bu haqida oldin ham post qilganman, ammo, yana eslatib o'tmoqchiman.

Shrodinger mushugi. Mushuk quti ichiga solinadi. Qutiga zaharli idish solinadi va ustiga bolg'a bogʻlab qoʻyiladi, va radiatsiyani aniqlovchi moslama ham qo'yishadi, va ozgina radiatsion modda ham joylanadi. Agar radiatsion modda radiatsiya chiqarsa yoki parchalansa, radiatsiyaning aniqlovchi moslama ishga tushib bolg'ani yechib yuboradi va zaharli idish sinib mushuk oʻladi. Ya'ni kvant miqyosida sodir boʻlgan radiotsion parchalanish mushuk oʻlimiga sabab boʻladi. Ammo bunaqa parchalanish va radiatsiya chiqarilishini aniq oʻlchab bo'lmaydi, ularning harakati bizga mutlaqo taxminiy va tasodif boʻlib koʻrinadi. Masalan radiatsiya bir necha soniyadan keyin yoki oldin boʻlishi mumkin edi, yoki sodir bo'lmasligi ham mumkin edi, ammo kvant fizikasida bu holatlarning hammasi birgalikda sodir boʻlishi mumkin. Ya'ni radiatsiya bir vaqtning oʻzida ham parchalanishi ham parchalanmasligi mumkin. Bu jarayon esa moslamaning ham ishlab ham ishlamasligi, zaharli idish ham sinishi va sinmasligi, mushuk esa ham omon qolib ham o'lishiga sabab boʻladi. Shrodinger mushugi aslida shunday holatdan naqadar aqlga sigʻmasligini ko'rsatib berish uchun ishlab chiqilgan.

Bu paradoksga esa keyinchalik multikoinot nazaryasi orqali javob berishga harakat qilishgan. Bu nazaryada, radiatsiya bitta dunyoda sodir boʻladi va mushuk oʻladi, bittasida sodir bo'lmaydi va mushuk o'lmaydi. Atrofimizdagi deyarli butun koinotda atomlar, kvant tizimlari, toʻlqinlar va hokazolar har biri 1 soniyada million trilliondan ortiq superpozitsiya holatida boʻlishadi. Bu degani bizning bu dunyo million trilliondan ortiq nusxalarga ega boʻladi degani. Agar koinot, Big Bang vaqtidan boshlab shunaqa boʻlinib kelayotgan boʻlsa, unda biznikidan butunlay farq qiladigan dunyolar ham bor. Va balki cheksizta koinotlar mavjuddir.

Agar cheksizta koinot, cheksiz hil holatda mavjud ekan, demak siz o'ylagan tasavvuq qilgan va qilmagan har qanday narsa qaysidir koinotda mavjud va u koinotning ham milliondan ortiq nusxasi mavjud. Sizning ham cheksizta nusxangiz mavjud.

Qisqasi multikoinot bu cheksiz har xil kombinatsiyalar yigʻindisiga o'xshaydi, har qanday holat aniq bir koinotda roʻy beradi. Masalan boshqa koinotda gravitatsiya kuchliroq boʻlishi mumkin, baʼzi koinotda hatto vaqt mavjud bo'lmasligi mumkin, balki fazo ham mavjudmasdir, uning o'rniga umuman biz tasavvur ham qilolmaydigan boshqa bir maydon bordir. Nazariya bo'yicha cheksizta koinot bor, va hech bir koinot mutlaqo bir-biriga o'xshamaydi. Bu esa cheksizta takrorlanmas koinotlarning mavjud boʻlishiga sabab boʻladi.
👍4👏21
Minimalizm
Ko'pdunyo yoki multikoinot nazaryasi Bu (ochig'i gipoteza) bizning dunyodan, koinotdan boshqa dunyo va koinotlar borligi haqidagi nazarya. Har safar kvant miqyosida biror superpozitsiya sodir boʻlsa (masalan bitta atomning spini sal qiyaroqqa o'zgarsa) yoki…
Agar koinotlar soni cheksizta boʻlsa, va har biri takrorlanmas boʻlsa. Demak siz o'ylagan tasavvur qilgan oʻsha maxluqlar, yoki ajdarholar, boshqa koinotda mavjud. Va ularning nusxalari ham millionta
👏51
Bu hammasi oʻsha mushukning tirik yoki oʻlikligiga javob berish uchun ishlab chiqilgan gipoteza holos.
👍3🆒1
Rick and Morty Theme Song [HD]
PacoPateros
😁61
Oʻzi nimaga hamma narsa mavjud boʻlishi kerak?
🤔2