"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.38K photos
1.25K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#Dolzarb_40_kun

Toshkent shahridagi barcha AGTKSHlarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida “Hududgaz Poytaxt” GTFning Ulgurji iste’molchilar bilan ishlash xizmati hamda barcha tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi barcha avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) keng ko‘lamli targ‘ibot va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida elektron gaz hisoblash uskunalari (EGXU)ning soz holati, tamg‘alarning butligi hamda gaz hisoblash tarmoqlariga masofadan o‘chirib-yoqish klapanlari o‘rnatilgani tekshirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori talablari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, gazdan xavfsiz foydalanish, gaz ballon uskunalarini belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosoz jihozlardan foydalanmaslik hamda avariya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Targ‘ibot jarayonida haydovchilar va AGTKSH xodimlariga xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatmalar tarqatilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilmoqda.

Mazkur profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi — gazdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish, fuqarolar hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in va favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirishdan iborat.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#Dolzarb40kun

Dolzarb 40 kun doirasida “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.I. Yuldashev boshchiligida “Abdulla Qodiriy” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglanib, aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar ijro uchun mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Qabul davomida jami 4 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Тошкент шаҳар прокурори в.в.б А.Урманов, ИЖҚКД бошлиғи С.Кенжаев, ИИББ бошлиғи Р.Султанходжаев, шаҳар ҳокимининг ўринбосари О.Мўминов, барча туман прокурорлари, департамент ва ИИО ФМБ бошлиқлари ҳамда таъминотчи корхона раҳбарлари ва ўринбосарларидан иборат ишчи гуруҳларга “Энергетика хавфсизлиги ойлиги” юзасидан йўриқнома ўтказилди.

Йўриқномада, Давлат раҳбарининг 01.04.2025 йилдаги ПҚ-133-сонли қарор ижросини самарали ташкил этиш, пойтахтда энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланишга қаратилган рейд тадбирларини олиб бориш, таъминотичи корхоналарининг АСКУЭ ва АСКУГ электрон тизимларида ишловчи ҳисоблагичга ташқи таъсир бўлган ёки узоқ вақт мобайнида алоқага чиқмаган истеъмолчиларни манзилли ўрганиш, шунингдек, йўқотишлар юқори бўлган туманларда кучайтирилган рейд тадбирларини ўтказиш юзасидан раҳбарий топшириқлар берилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyatida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan joylardagi oʻrganish va nazorat tadbirlari davom etmoqda.

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, gaz hamda elektr taʼminoti korxonalarining hududiy rahbarlari ishtirokida Fargʻona tumanidagi “Novkent”, “Beruniy” va “Dilkusho” mahallalarida navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida gaz va elektr taʼminoti infratuzilmasi, gaz taqsimlash punktlari, gaz tarmoqlari hamda elektr transformatorlari koʻzdan kechirildi. Shuningdek, hisoblagichlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, hisob balansini yuritish, gaz tarmoqlaridagi qoʻshqator quvurlarni tartibga keltirish, yoʻqotishlar va tafovutlarning oldini olish boʻyicha amaliy ishlar koʻrib chiqildi.

Oʻrganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda gaz va elektr taʼminoti samaradorligini yanada oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Сергели туманида “Долзарб 40 кунлик” ишларини самарали ўтказиш мақсадида “Дарё буйи” МФЙ ҳудудида умумий саф йиғилиши ўтказилди.

Умумий саф йиғинида шахар ва Сергели тумани рахбарлари ва 500 га яқин соҳавий хизмат аъзолари қатнашди.

Жумладан, тумандаги барча 46 та маҳалла еттилиги аъзолари, 24 та БСК бригада гуруҳлари, коммунал ташкилот раҳбарлари, авариявий-таъмирлаш гуруҳлари ҳамда 45 та махсус техникалар жалб қилинди.

Йиғилишда маҳаллаларда ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш, санитария ҳолатини яхшилаш ва ҳудудларни тартибга келтириш ишларини тизимли ташкил этиш юзасидан тегишли топшириқлар берилди.