"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.68K photos
1.12K videos
3 files
2.38K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
1-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida “Hududgaz Poytaxt” GTF majlislar zalida keng qamrovli targ‘ibot-tashkiliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Filialning barcha tarkibiy bo‘linmalari xodimlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o'qituvchisi va Toshkent shahar Yakkasaroy tumani FVB vakillari ishtirok etdilar. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi va xodimlarning xavfsizlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari, gazdan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish, shuningdek, turli favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy va nazariy tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Bunday tadbirlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini mustahkamlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 30-aprel kuni Olmazor tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Olmazor tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Qo‘shtut”, “Zarhal”, “Go‘zarboshi”, “X. Ko‘hakiy”, “Achobod” MFYlari.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Bektemir tumanida gaz ta’minoti tizimi takomillashtirilmoqda


“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali, Bektemir tuman gaz ta’minoti bo‘limi hamda Bosh prokuratura hamkorligida Bektemir tumani “Ustozlar” MFYda gaz ta’minotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish va qo‘shqator gaz quvurlarini bir qatorga keltirib, estetik jihatdan tartiblash ishlari boshlandi.

“Ustozlar” mahallasida 951 ta yerli xonadonlar mavjud bo‘lib, MFYdagi iste’molchilarga 8 ta gaz taqsimlash punkti hamda 25,6 km gaz quvurlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida aholiga tabiiy gazni barqaror va bir me’yorda yetkazib berish hamda gaz sarfini iqtisod qilishga erishiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.

Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.

Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.

Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yilda energiya samaradorligi yanada oshiriladi


Prezidentimizning 2026-yil 29-apreldagi “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–70-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida ko‘rsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

2026-yil 1-oktyabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida energiya iste’molini va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

—————
#новости_законодательства

В 2026 году меры по повышению энергоэффективности будут усилены


Принят Указ Президента от 29 апреля 2026 года № УП-70 «О дополнительных мерах по дальнейшему повышению энергоэффективности, экономии и рациональному использованию энергоресурсов в 2026 году».

Согласно указу, с 1 июля 2026 года министерства и ведомства, государственные организации и учреждения социальной сферы, а также предприятия с государственным участием должны обеспечивать категорию энергоэффективности «С» и выше для вновь строящихся, реконструируемых (модернизируемых) и капитально ремонтируемых зданий и сооружений.

Не допускается экономия электрической энергии и природного газа за счет отключения потребителей от сети или введения ограничений.

Национальному агентству по энергоэффективности предоставляется право осуществлять гарантированные платежи за энергосервисные услуги, оказываемые энергосервисными компаниями (ЭСКО), на основе государственного заказа через Фонд стимулирования и поддержки энергоэффективности.

С 2026 года на государственных объектах, где энергопотребление значительно превышает установленные нормативы, ежегодно будут реализовываться программы коренного повышения энергоэффективности на основе международных стандартов и механизмов энергосервиса.

До 1 октября 2026 года будет налажена практика анализа энергопотребления и показателей эффективности в разрезе объектов на основе технологий больших данных (Big Data), бизнес-аналитики (Business Intelligence) и искусственного интеллекта.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.Xodjayevning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha murojaati

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan boʻlib, bu borada har bir fuqaro va ayniqsa, davlat tashkilotlari xodimlari zimmasiga alohida masʼuliyat yuklanadi. Shu munosabat bilan, sizlardan mazkur yoʻnalishda qabul qilingan barcha qonunlar, qarorlar va farmonlar talablariga qatʼiy rioya qilishingiz, ularning ijrosini toʻliq taʼminlashingiz talab etiladi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti sohasi aholining hayot sifati bilan bevosita bogʻliq ekanini inobatga olgan holda, har bir xodim oʻz xizmat vazifasini vijdonan, halollik, xolislik va yuksak masʼuliyat bilan bajarishi, shuningdek, faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilishi shart.

Ayni paytda gaz taʼminoti tizimida raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida zamonaviy axborot tizimlarining joriy etilishi inson omilini qisqartirish, xizmat koʻrsatishda shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsiya xavflarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Mazkur islohotlar izchil va uzluksiz davom ettiriladi.

Korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish barchamizning burchimizdir. Agar siz korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, ularni yashirmasdan, zudlik bilan quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni soʻrayman:

☎️ Ishonch telefoni: +998 (71) 202-1104 yoki 1104

📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz

📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz

📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tumani “Qo‘sh tut” MFYda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali, Olmazor tumani gaz ta’minoti bo‘limi hamda Bosh prokuratura hamkorligida Olmazor tumani “Qo‘sh tut” mahallasida gaz ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hududni uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punkti zamonaviy yangisiga almashtirilmoqda. Shuningdek, qo‘shqator quvurlar tartibga keltirilib, hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash maqsadida bo‘yash ishlari ham olib borilmoqda.

Mazkur ishlar aholi uchun xavfsiz, barqaror va uzluksiz gaz ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari “Siyosiy ma’rifat soati” dasturining navbatdagi sonini katta e’tibor va qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida jamoa a’zolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda jamiyat hayotidagi eng muhim yangiliklar bilan yaqindan tanishib, o‘z siyosiy-huquqiy savodxonligini yanada oshirmoqda.

Shu kabi ma’rifiy chiqishlar xodimlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat va yurt taraqqiyotiga mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проводимых реформах и дальнейших приоритетных задачах в сфере искусственного интеллекта и цифровизации.

#Mirziyoyev #taqdimot #IT #SI

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energetikaning_100_yilligi

100 yillik energetika tarixi — insonlar tarixi

1926-yilda ishga tushgan birinchi elektr stansiyasi mamlakat energetikasining yangi davrini boshlab bergan edi.

Bugun esa energetika tizimi — yuzlab obyektlar, minglab mutaxassislar va millionlab iste’molchilarni birlashtirgan ulkan tizim.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz