"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.38K photos
1.25K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri – I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев награжден одной из высших государственных наград Кыргызской Республики – орденом «Манас» I степени.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fikringiz_muhim

Hurmatli iste’molchilar!

Energetika vazirligi elektr va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha Call-markazlar 🤩 1154 va 1104 faoliyatini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Sizning fikr va takliflaringiz Call-markazlar faoliyati samaradorligini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda aholiga yanada tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

So‘rovnoma natijalari asosida Call-markazlar ishini takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish va iste’molchilarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanadi.

Sizlarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Har bir fikringiz biz uchun muhim!

—————
#ваше_мнение_важно

Уважаемые потребители!


Министерство энергетики проводит опрос с целью дальнейшего совершенствования деятельности Call-центров 🤩 1154 и 1104 по вопросам электро- и газоснабжения, а также повышения качества услуг, оказываемых потребителям.

Ваши мнения и предложения позволят оценить эффективность работы Call-центров, выявить существующие недостатки, а также обеспечить более оперативное и качественное обслуживание потребителей.

По результатам опроса будут определены дополнительные меры по совершенствованию работы Call-центров, повышению качества работы с обращениями и улучшению качества услуг, оказываемых потребителям.

Приглашаем вас принять активное участие в опросе. Каждое ваше мнение важно для нас!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Call-markaz operatorining xushmuomalaligi va kasbiy mahoratini qanday baholaysiz?
Anonymous Poll
13%
Qoniqarsiz
31%
Qoniqarli
31%
Yaxshi
25%
A’lo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energetika sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

“MY5” telekanalinining “Hudud” informatsion dasturida Prezidentimiz raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z bordi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#Dolzarb_40_kun

Toshkent shahridagi barcha AGTKSHlarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida “Hududgaz Poytaxt” GTFning Ulgurji iste’molchilar bilan ishlash xizmati hamda barcha tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi barcha avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) keng ko‘lamli targ‘ibot va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida elektron gaz hisoblash uskunalari (EGXU)ning soz holati, tamg‘alarning butligi hamda gaz hisoblash tarmoqlariga masofadan o‘chirib-yoqish klapanlari o‘rnatilgani tekshirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori talablari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, gazdan xavfsiz foydalanish, gaz ballon uskunalarini belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosoz jihozlardan foydalanmaslik hamda avariya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Targ‘ibot jarayonida haydovchilar va AGTKSH xodimlariga xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatmalar tarqatilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilmoqda.

Mazkur profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi — gazdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish, fuqarolar hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in va favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirishdan iborat.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#Dolzarb40kun

Dolzarb 40 kun doirasida “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.I. Yuldashev boshchiligida “Abdulla Qodiriy” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglanib, aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar ijro uchun mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Qabul davomida jami 4 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati