"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.32K photos
1.24K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
“MirzoUlug‘bektumangaz”GTB: “Lashkarbegi” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi

2026-yil 29-iyul kuni “MirzoUlug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X.X. Sharaxmedov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “MirzoUlug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamkorligida Mirzo Ulug‘bek tumanining “Lashkarbegi” MFYda aholining tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish va iste’molchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Jami 9 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Астану.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 30-iyul kuni Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani "Zabardast" MFY.
soat 10:00 dan 18-00 gacha.

Yangihayot tumani “Chortoq” MFY.
soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#jarayon

Fargʻona tumanida ustuvor vazifalar ijrosiga kirishildi


Prezidentimiz raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi M.Xodjayev Fargʻona tumanida boʻlib, gaz taʼminoti tizimidagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida Jamiyat rahbari tumandagi gaz taqsimlash stansiyasi faoliyati bilan tanishib, tabiiy gazni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi, gaz hisobidagi tafovutlarni qisqartirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda zamonaviy texnik yechimlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti holati oʻrganilib, isteʼmolchilarga gazni belgilangan bosimda va uzluksiz yetkazib berish, ichki gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, qoʻshqator gaz quvurlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish boʻyicha zarur vazifalar belgilandi. Boshqaruv raisi aholi bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan masalalarni tingladi hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.

Fargʻona tumanida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar Prezidentimiz tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish, gaz taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish hamda isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz taʼminlashga xizmat qiladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
“Hududgaz Poytaxt” GTF rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Yunusobod tumani, 9-mavze, “Sobirobod” mahallasida joylashgan gaz taqsimlash punkti (GTP) hududi mas’ul xodimlar tomonidan ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur obyekt atrofi chiqindilar va begona o‘tlardan tozalanib, hudud sanitariya talablariga muvofiq tartibga keltirildi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
Forwarded from MINENERGY.UZ
#murojaatingiz_biz_uchun_muhim

15 ta hududda elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shtablarga murojaat qiling

Joylardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida respublikamizning 15 ta hududida maxsus shtablar tashkil etildi.

Ularning har biriga energetika tizimi tashkilotlari rahbarlari shtab rahbari sifatida biriktirildi, tuman hokimlari esa shtab rahbarining o‘rinbosari etib belgilandi.

Agar sizda yuqoridagi masalalar yuzasidan murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, ushbu tumanlar hokimligida tashkil qilingan shtablarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

💙Andijon tumani — vazir maslahatchisi Dadajon Isakulov;

💙Davlatobod tumani — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;

💙Denov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Bexzod Sobirov;

💙Farg‘ona tumani — “Hududgazta’minot” AJ raisi Marufxon Xodjayev;

💙Koson tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Xurshidjon Eshqo‘ziyev;

💙Mirzo Ulug‘bek tumani — vazirning 1-o‘rinbosari Umid Mamadaminov;

💙Qo‘shtepa tumani — “O‘zenergosotish” AJ raisi Jahongir Obidjonov;

💙Sirdaryo tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Bahodir Jo‘rayev;

💙To‘rtko‘l tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Ozod Axunov;

💙Urganch tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Bobur Islomov;

💙Urgut tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isakulov;

💙Xatirchi tumani — vazir o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;

💙Yangiyo‘l tumani — Energetika vaziri Sherzod Xodjayev;

💙G‘ijduvon tumani — “O‘ztransgaz” AJ raisi Askar Isakov;

💙Sh.Rashidov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Axad Isoqjonov.

Nega aynan ushbu tumanlar tanlandi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklar yuqori bo‘lgani, elektr energiyasi va tabiiy gazdagi yo‘qotishlari oshgani, tarmoqlarning eskirganligi bo‘yicha murojaatlarning ko‘pligi va boshqa bir qator omillar hisobga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari ishchi-xodimlari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, gaz ta’minoti tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, gaz quvurlari hamda gaz taqsimlash punktlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish, hududlarni obodonlashtirish va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, iste’molchilar bilan muloqotlar o‘tkazilib, gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF jamoasi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazorat ostida davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati