"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.31K photos
1.24K videos
3 files
2.59K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Hurmatli isteʼmolchilar!

Toshkent shahar Yunusobod tumani 10-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli 29-iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Yunusobod tumanining quyidagi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari:
Yunusobod 6–19-dahalaridagi koʻp qavatli uylar;
“Kulolqoʻrgʻon”, “Yoʻlariq”, “Hasanboy”, “Islomobod”, “Bobodehqon”, “Obod” MFYlaridagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar;
Baraka, Katta soy va Yuqori Qoraqamish koʻchasidagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar.

Ulgurji isteʼmolchilar:
Mazkur hududlardagi yirik isteʼmolchilar hamda kichik va oʻrta biznes korxonalari

Shuningdek, tumanning quyidagi hududlaridagi isteʼmolchilar gaz bosimida pasayish kuzatilishi mumkin:
“Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulugʻbek”, “Buyuk Turon”, “Boʻzsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Turkqoʻrgʻon”, “Yangiariq”, “Usta Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFYlari.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari:

📌 O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi;

📌 Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida;

📌Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab;

📌 Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi;

📌 Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda;

📌 Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda;

📌 Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur;

📌 Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust;

📌 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda;

📌 Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi;

📌 Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi;

📌 Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi;

📌 Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

Soha oldidagi asosiy vazifa — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, shuningdek, tabiiy gazni aholi va tadbirkorlarga bir me’yorda yekazib berish.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi qozonxonani kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по модернизации котельной города Нукуса на основе когенерационных технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #Nukus #kogeneratsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ustuvor vazifalar belgilab olindi

Prezidentimiz raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqqa muvofiq, “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayevga Fargʻona viloyati biriktirildi. Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Boshqaruv raisi rahbarligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Fargʻona viloyatida tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti holati, gaz tarmoqlaridagi tafovutlar va yoʻqotishlarni qisqartirish, muammoli gaz hisoblagichlari, debitor qarzdorlikni undirish, suyultirilgan gazni xavfsiz va oʻz vaqtida yetkazib berish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda gaz taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan hududiy filiallar hamda shahar va tuman gaz taʼminoti boʻlimlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
❗️Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 29-iyul kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Yangihayot tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Tabiiy gaz ta’minoti “Jaloyir” MFY, Jaloyir ko‘chasidagi iste’molchilar uchun vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’sir doirasi:

Aholi iste’molchilari — 85 ta yerli xonadon;
Ulgurji iste’molchilar — 3 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
“MirzoUlug‘bektumangaz”GTB: “Lashkarbegi” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi

2026-yil 29-iyul kuni “MirzoUlug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X.X. Sharaxmedov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “MirzoUlug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamkorligida Mirzo Ulug‘bek tumanining “Lashkarbegi” MFYda aholining tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish va iste’molchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Jami 9 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati